Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat

Dunyoda har bir narsaning o‘z qonuniyati, yozilgan-yozilmagan qoidalari bo‘ladi. Baxt, ruhiy va jismoniy kuch muvaffaqiyatga erishishning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Omadli bo‘lish qiyin, deb qo‘l qovushtirib o‘tirish aqlli kishilarning ishi emas. Quyida sizni muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur odatlar bilan birma-bir batafsil tanishtirib chiqamiz.

Muvaffaqiyatga yetaklovchi zarur odatlar

1 — Zarur vaziyatda «yo‘q» deya oling.

To‘g‘ri paytda aytilgan «yo‘q» sizni ham, bu javobni olgan kishini ham muqarrar ko‘ngilsizliklardan himoya qiladi. Ko‘nglingizdagi doimo tilingizda bo‘lsin.

Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur 10 ta sir

2 — Xayrixohlik va hurmat ko‘rsatish.

Bugun xayrixohlik anqoning urug‘iga aylanib qoldi. Shu bois bo‘lsa kerak, o‘zaro hurmat ham kamayib qolgandek. Odamlarga hurmat ularni tushunishga, ular haqida shoshilinch xulosa chiqarmaslikka xizmat qiladi. Bu odat sizga odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.

Muvaffaqiyat oxir-oqibat sizdagi odamlarning ko‘ngliga yo‘l topa olish qobiliyati bilan hisoblashadi. Mohir jang san’ati ustasi Bryus Li aytgani kabi, bilim sizga kuch bersa, fe’l-atvoringiz hurmat keltiradi.

3 — O‘zgarish.

«O‘zgarish birdan-bir doimiylikdir» degan gapda jon bor. Dunyoni ko‘rish uchun avvalo o‘zgarish kerak. Hayot ham muntazam yangilanishlar bilan go‘zal. Hayot qonuniga ko‘ra, atrofimizdagi odamlar, narsalar, lahzalar, hislar, vaziyat muntazam o‘zagaradi.

Shunday payt bo‘ladiki, moslashish eng yaxshi choraga aylanadi. Albert Eynshteyn aytgani kabi, muammoni uni yuzaga keltirgan tafakkur bilan hal qilib bo‘lmaydi.

4 — Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turish

Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turish

Muvaffaqiyat 7 marta yiqilib, 8 marta oyoqqa turish degani. Oyoqqa turishni o‘rganish uchun esa yiqilish kerak bo‘ladi. Har bir omadsizlik saboq bo‘lsin. Shuni anglasak, yanada kuchli, irodali bo‘lib boramiz.

Taniqli siyosiy arbob Nelson Mandela aytgani kabi, odamga uning muvaffaqiyati bilan emas, necha marta yiqilib, so‘ng yana oyoqqa turganiga qarab baho berish kerak.

5 — Jamoa bilan ishlash.

Xohlagan muvaffaqiyatli odam jamoa bilan ishlashning ahamiyatli ekanini aytadi. Maslahatli osh tarqamas. Hamkasblarni hurmat qilish, ish yuzasidan fikr almashish, ularga yordam berishga odatlanish kerak.

Bu odat insonning oilaviy hayotiga ham ta’sir o‘tkazadi. Mashhur tadbirkor Genri Ford ayttgani kabi, agar jamoa birgalikda harakatlansa, muvaffaqiyat ham o‘zi haqida qayg‘urib qoladi.

6 — O‘z-o‘zini boshqara olish.

Insonning eng ulkan jangi o‘z-o‘zi bilan kechadi. Jahlni tiyish, g‘azabni jilovlash insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Xitoy faylasufi Lao Szi aytganidek, boshqalarni boshqarish – kuch, o‘z-o‘zini boshqarish esa qudratdir.

7 — Qaror qabul qilishda ikkilanmang.

O‘z xohishini bilmaslik ikkilanishga olib keladi. Ikkilanish ko‘pincha noqulay vaziyatga sabab bo‘ladi. Tushlikda nima yeyishga uzoq vaqt bosh qotirgan odam hayotdagi muhim qarorlarni qabul qilishga ham qiynaladi.

Qaror qabul qila olmagandan ko‘ra xato bo‘lsa ham, qaror qabul qilgan yaxshi. Hech bo‘lmasa to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun.

Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz

8 — Maqsadli harakat va uni sevish

Maqsadli harakat va uni sevish

Maqsad qanchalar aniq bo‘lsa, unga yetish ham shu qadar oson bo‘ladi. Unga mehr qo‘yish esa muvaffaqiyatga yanada tezroq yetishimizga xizmat qiladi.

Aslida qancha harakat qilganimiz emas, to‘g‘ri yo‘lda harakat qilayotganimiz va unga qanchalar mehr bilan yondashishimiz muhim. Unutmang, noto‘g‘ri tanlagan maqsad va ish – butun umrlik dushman.

9 — Xato va kamchiligingizni so‘rang.

Har doim muvaffaqiyatsizlikning oxiriga yeting, ya’ni qilgan xatolaringizni topib, ojiz nuqtangizni aniqlang. Ko‘pchiligimiz bunday vaziyatda boshqalardan shubha qilamiz, ulardan nafratlanamiz va aybdorni izlaymiz.

Bunday vaziyatda bahoni his-tuyg‘ular emas, aqlimiz berishi kerak. Taniqli tadbirkor Bill Geyts aytgani kabi, barchamiz bizga aslida qandayligimiz aytadigan odamga muhtojmiz. Ular bizga o‘z ustimizda ishlashimiz uchun kerak.

10 — Rahmat aytish.

Atrofingda sen bilan birga odamlar garchi sezilmasa ham, muvaffaqiyating uchun xizmat qilayotgan bo‘ladi. Ota-onang, turmush o‘rtog‘ing, hamkasblaring, do‘stlaring, hamkorlaringga tez-tez minnatdorchilik bildirib tur. Bu odat rishtalarni mustahkamlaydi.

11 — Chin dildan kechirim so‘rash

Chin dildan kechirim so‘rash

Ba’zida uzr so‘rash eng mushkul ishga o‘xshab ko‘rinadi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun uzr so‘ramoqlik eng yaxshi imkon. Ammo u samimiy bo‘lmasa, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Kimnidir xatoingiz bilan xafa qilsangiz, u insonga boshqa bunga yo‘q qo‘ymasligingiz haqida bildiring.

Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa

12 — Xokisorlik.

Birovni nazar-pisand qilmaslik – muvaffaqiyat yo‘lini to‘sib turadigan bosh omil. Xokisor va shikastanafas, tavozega to‘la odamga barcha eshiklar ochiladi. Bu odat o‘z egasining halol, diyonatli ekanini anglatadi. Barchaga teng munosabatda bo‘ling.

Takabburlik qanchalar baland bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlik darajasi ham shu qadar yuqori bo‘ladi. Taniqli adib Robindranat Tagor aytgani kabi, eshikni muloyimlik bilan taqillatishni o‘ylagan odamga eshiklar doimo ochiq.

Bir kunda muvaffaqiyatli bo‘lishning imkoni yo‘q. Omad esa boshqa narsa. Shubhasiz, muvaffaqiyat qattiq mehnat samarasi. Ammo mehnatning o‘zi kifoya qilganida eshak dunyodagi eng muvaffaqiyatli jonzod bo‘lishi kerak edi.

Demak, muvaffaqiyatli bo‘lishning ham o‘z sirlari bor. Quyida shular haqida ma’lumot beramiz.

  1. Gulhayot:

    Assalomu aleykum. Bu tavsiya va maslahatlarga allbatta amal qilaman. Rahmat kattakon

    • UzBaza.uz:

      Gulhayot assalomu alayko’m. Maqolamizni foydali deb hisoblaganingizdan bag’oyatda mamnunmiz. Samimiy fikringiz uchun tashakkur.

  2. Luiza:

    Assalomu alayko’m. Foydali maslahatlar uchun UzBaza.uz saytiga kotta raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *