Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat

To’g’ri deb ishonilgan ba’zi narsalar aqliy salohiyatni rivojlanishiga aks ta’sir qilishi mumkin. Quyida ana shunday odatlardan 5 tasini keltiramiz.

Aqliy salohiyatni susaytiruvchi yomon odatlar

1 — Bilmaganlarimizni «Google»dan so’rash. Albatta, sizni o’ylantirgan, qiziqtirgan va ayni paytda javobi zarur savolni shundoqqina internetga yozib, javobini zumda topish oson. Biroq ruhshunoslarning tadqiqotiga ko’ra, tez sur’atda internetdan olingan ma’lumot xotiramizga o’rnashib ham ulgurmas ekan. Shunday ekan, shoshmang, yaxshisi, bilimlaringizni uyg’otishga yoki kitob orqali izlab topishga harakat qiling.

Реклама

Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar

2 — Joningiz og’rib tursa ham ishlash! Fidoyilikmi bu yo ishga o’ta mukkasidan ketish — farqi yo’q. Avvalo, betoblikda ishda unum bo’lmaydi, zavqi hissi-ku begonalashadi va nimadir o’rgana olmaysiz. Kasalliklarni tik oyoqda engish ham salomatlikka, ham hayotiy quvvatga zarar. Anglaganingizdek, davolanib, keyin ishga chiqish darkor!

Aqlan qilinadigan ishlarni bajarish

3 — Muloqotdan qochish. Siz juda ishchansiz, hamkasblar bilan mundoq fikr almashish, gaplashishga vaqt sarflash — jinoyatdek gapmi? Bu bilan ishim tez, oson va vaqtida bitadi deb o’ylaysiz. Yangilishasiz, bora-bora o’z qobig’ingizga o’ralib qolasiz. Muloqot dunyoqarashni kengaytiradi, unutmang.

Реклама

Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol

4 — Hadeb telefonga qarayverish, internetga mo’ralayverish diqqatni jamlay olmaslik, qilayotgan ishingizga mehr bilan yondashmaslik, kam-kamdan, ammo ko’p vaqtni havoga sovurishga olib keladi. O’zingiz uchun tartib o’rnating, ya’ni vaqtni har bir narsaga alohida taqsimlang.

Diqqatni jamlay olmaslik nima

5 — Yog’li va yarimtayyor eguliklar dangasalikka olib keladi. Xotirani sustlashtirishi, aqliy faoliyatga salbiy ta’sir ko’rsatishi, uyqu chaqirishi mehnat unumdorligini paysatirmay qolmaydi. Ish orasida mevalar eyishga odatlaning, yong’oqni ermak qiling, yog’li taomlar jonu dilingiz bo’lsa, ko’proq yog’li baliq go’shtini iste’mol qilishingiz mumkin.

Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat

Реклама

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar
  2. Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol
  3. Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat
  4. Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida
  5. Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri
  6. Quyosh chiqqunga qadar uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab
  7. Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
  8. Milliarderlardan muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari
  9. Maqsadlar tezda amalga oshmasligining asosiy 10 sababi
  10. Maqsadni to’g’ri qo’yish hamda unga erishish usullari
  1. Mahliyo:

    Assalomu alaykum. Ramazon oyiningiz muborak bo’lsin, maqola hamda saytga gap yo’q.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *