Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi

Tirnoq tishlash, esnash, o’tirganda oyog’ini likillatish, qo’liga ilashgan yumshoq mayda jismlar (gugurt cho’pi, daraxt novdalari va h.k)ni sindirish, duch kelgan qog’ozga imzo qo’yish va shunga o’xshash «o’rganish»lar kishilarning u yoki bu muammoga yo’liqqanini bildiradi.

Bunday xunuk odatlar, birinchi navbatda, kishining madaniy darajasini belgilab berishi sir emas. Biroq, siz uning o’zini tutishiga qarab, uni qanday muammo qiynayotganini bilib olishingiz va unga yordam berishingiz mumkin.

Inson zararli odatlarida xarakteri oydinlashadi

1 — Duch kelgan joyda uxlab qolaverish — odatiylikdan, bir xil hayot tarzidan qattiq charchash, butunlay zerikish. «Har yostiqning tushi bo’lakcha» qabilida yashab, hayotini hech bo’lmasa tushida o’zartirishga urinish.

2 — Pastki lablarni tez-tez tishlash — qo’yilgan har bir qadamni xato, deb baholash, o’ziga ideal sifatida qaray olmaslik. O’zini haddan tashqari ko’p ayblashga moyillik yashashga xalal berishini unutmaslik lozim.

3 — Bir necha qatlam qilib yopishtirilgan karton qog’ozlar (kitob muqovalari, karton qutilardan ajralgan bo’laklar) qatlamini ochish odati — e’tiborga muh­tojlik, o’zini yolg’iz his qilish. Ochilmagan qirralarini ko’rishlarini istash.

Shaxsiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan 10 qadam

4 — Tushlik chog’ida yuzning turli nuqtalarida yegulikning mitti bo’lakchalari «paydo» bo’lishi — hamma narsaga qo’l siltash. Uning hayotida rang yetishmaydi.

5 — Beixtiyor, qaysidir ofisda qo’lida o’ynab turgan biror buyum (ruchka, qalam, o’chirg’ich)ni o’zi bian olib ketishga moyillik — yaqinlar maslahatiga muhtojlik. Bunday odati bor odamning yonida doim yaqin do’stlari bor bo’lishi maqsadga muvofiq.

6 — Burun kovlash — hayotda ma’lum pog’onalarga ko’tarilgan shaxslarning «o’ziga xos» di­mog’dorligi.

7 — Quloq kovlash — atrofdagilar unga ishonishlarini istash, qiziqishlarga vaqt ajratish imkoni yo’qligi.

Duch kelgan qog'ozga qo'l qo'yish

8 — Duch kelgan qog’oz (jurnal, gazeta, daftar yoki kitob)ga imzo qo’yishga odatlanish — xudbinlik. O’ziga bino qo’yish, boshqalarni kamsitishga urinish.

9 — Tirnoq tishlash — asabiylik, mayda-chuydalarga o’ralashib qolish. Bu odat, shuningdek, uning madaniy hayotiga tahdid qilib, mavqeini tushirishga «xizmat qi­luvchi» omillardan biri.

10 — Ko’p kulish — hayotda quvonch yetishmasligi va buni boshqalardan yashirishga urinish.

11 — Og’izni kaft bilan to’smay esnash — atrofdagilar, yaqinlariga o’zini befarq ko’rsatishga urinish.

Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat

12 — Oyog’ini likillatib o’tirish — qilingan qaysidir xato oqibatidan qattiq qo’rqish. Kechirim so’rashni o’rganish lozim.

13 — Tupuk sachratib gapirish — hissiyotlar junbishga kelishi: g’azab, qo’rquv, hayajon, vahima… Voqealar rivojini kuzatishga bardoshi yetmaydi.

14 — Barmoqlarni qisirlatish – e’tiborni tortishga, diqqat markazida bo’lishga urinish. Bu odat, ayniqsa o’smir yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi va buning sababi — ota-ona ro’zg’or tashvishlariga ko’milib, bolaga yetarlicha vaqt ajratmasligidadir.

Doim saqich chaynash oshqozon kasalliklaridan darak

15 — Saqich chaynash — hazm qilish a’zolaridagi kasalliklarni yashirishga urinish. Doimiy saqich chaynab yurish osh­qozon kasalliklariga sabab bo’lib, kelib chiqadigan noxush hidni shu «madaniyat» bilan yashirishga urinadilar. Aslida esa, muntazam ravishda bu odatni takrorlash mavjud muammolarning yanada quloch yozishiga olib keladi.

16 — Shuningdek, bunday xunuk odatlar safiga chekish ham kiradi. Bu odat ojizlik, muammolar girdobida qolish sabab, namoyon bo’ladi.

Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar

17 — Tasodifan qo’liga tushib qolgan kichik buyumlar (gugurt cho’pi, ruchka qopqog’i, daraxt novdasi va h.k.)ni sindirish — alamzadalik, gina saqlash, o’ch olishga moyillik. Bunday odamlarga qilayotgan har bir ishining tub mohiyati va undan kelib chiqqan natijani batafsil tushuntirib borish zarur.

18 — Ichkilikbozlik esa zararli odat emas, balki kasallik, illatdir.

Xulosa: Zararli odatlar va ularni keltirib chiqaradigan sabablar haqida muxtasar tasavvurga ega bo’ldingiz. Agar do’stlaringizda shunday odatlar bor bo’lsa, ularga ma’naviy ko’mak berishga shoshiling!

  1. Risolat:

    Salom hammaga, ushbu «Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi» deb nomlangan maqoladagi bu fikrlarni to’g’ri deb o’ylayman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *