Quyosh nurlarining zararli xususiyati

Jazirama kunlarning issiq xavosi-yu hech nimani pisand qilmas quyoshni inson tanasining holsizlik muammosi bilan to‘qnash kelishiga sabab bo‘ladi.

Bu pallada teri yuzasida kuygan jaroxatlarning paydo bo‘lishi xam bejizga emas.

Quyosh nurlarining zararli xususiyati

Xo‘sh, issiq mavsum «lashkarlari» bilan kurashmoq uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozim? Bu davrda teri yuzasini xech qanday jarohatsiz saqlash maqsadida qanday choralar qo‘llash mumkin?

Ming afsuski, inson terisi ultrabinafsha nurlarining bevosita ta’siri qarshisida o‘ta chidamsiz. Janubiy mamlakatlarda istiqomat qiluvchi qora tanli insonlar bu borada oq-sariq teri soxiblariga nisbatan quyosh nurlariga chidamliroq ekanliklari bilan ajralib turadilar.

Voz kechishingiz kerak bo‘lgan 10 zararli buyum

Buning boisi teri tarkibidagi melanin moddasiga bevosita bog‘liq. Teri yuzasiga quyosh nurlari tushgan paytda teri to‘qimalarida melanin moddasining ishlab chiqarilishi jadallashadi, bu esa tananing pigment dog‘lar bilan qoplanishi va qorayib ketishiga sabab bo‘ladi.

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kuyish xolati qora tanli insonlarga nisbatan ko‘prok terisi och rangdagi insonlarga tahdid qiladi.

Kuygan jarohatlarni davolash muolajasi

Kuygan jarohatlarni davolash muolajasi ikkita bosqichda o‘tkaziladi. Avvalo terining kuygan sohalarida tana harorati tushiriladi, undan keyin esa zararlangan sohadagi quruqlik bartaraf etiladi.

Kuygan jarohatlarni davolash muolajasi

Mana shu ikki usul qo‘llanilgandan keyin kuyish darajasi va og‘riq hissi sezilarli darajada kamayganini xis qilish mumkin. Shu bilan birga zararlangan terini turli bakteriyalardan himoya qilish lozim.

Teri avvalgi sog‘lom xolatiga qaytgunga qadar bemor quyosh nuri ostida uzoq vaqt davomida qolib ketishi tavsiya etilmaydi.

Yuz terisining keskin ravishda qizarishi

Yuz terisining keskin ravishda qizarishi va shishgan xolatga kelib qolishi teri kuyishinining eng asosiy belgilari hisoblanadi.

Yuz terisining keskin ravishda qizarishi

Bu xolatning oldini olish uchun issiq kunlarda muntazam ravishda quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus vositalardan foydalanish, ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi.

Kosmetologlar bu borada ko‘chaga otlanishdan avval tozalangan yuz terisiga SPF belgili krem surtib olishni maslahat beradilar.

Hayotimizni osonlashtirgan oddiy 25 kashfiyot

Terining qayta tiklanishi uchun qatiqning foydasi beqiyos

Kuygan teri yuzasidagi yoqimsiz og‘riqni bartaraf etish va terining qayta tiklanish jarayoniga ko‘mak berishda qatiqning foydasi beqiyos.

Qatiqning foydasi beqiyos

Buning uchun terining kuygan sohalariga 1 soat davomida iliq qatiq ustma-ust surtib boriladi. Bunda qatiq qatlamlarining qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muxim.

Avvalgi qatlam qurib qolmasdan turib keyingi qatlam surtib boriladi va iliq suv yordamida ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlanadi.

Kartoshkali malham

Kartoshkali malhamni tayyorlash uchun xom kartoshka qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi va sharbati siqib chiqariladi. Kartoshka suvi kuygan sohalar ustiga surtilib, kompress qilinadi.

Moychechak damlamasi ijobiy natija berishi mumkin

Moychechak damlamasi xam kuygan teri yuzasini davolashda ijobiy natija berishi mumkin.

Moychechak damlamasi

Uni tayyorlash uchun 1 oshqoshiq quritilgan moychechak gullari ustiga 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 30 daqiqa davomida tindiriladi.

Damlama sovigach, suzib olinadi va toza doka yordamida kuygan sohalarga kompress qilinadi.

Aksirish inson hayoti uchun qanchalik xavfli

Qo‘l ostingizda dorivor giyohlar topilmay qolsa

Qo‘l ostingizda dorivor giyohlar topilmay qolsa, oddiygina qora choydan xam malham sifatida foydalanishingiz mumkin.

Buning uchun 1 choyqoshiq quruq choy ustiga 1 ∕ 4 stakan qaynagan suv quyib, achchiq choy damlanadi.

Doka iliq choyda namlab olingach, kuygan soha ustiga 20 daqiqa davomida kompress qilinadi.

Muolajani kun davomida 3 marta takrorlash maqsadga muvofiq.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *