Quyosh umuman botmasligi mumkin bo‘lgan 5 joy

Ko‘pchiligimizga maktabda quyosh sharqdan chiqib, g‘arbga botishi haqida o‘rgatishgan. Sayyoramiz kutilmagan hodisalarga to‘la va unda g‘alati hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Ana shunday hodisalardan biri Yer yuzida quyosh botmaydigan hududlarning mavjudligidir. Bu hududlarda quyosh sutkasiga 20-24 soat porlab turadi.

Xammerfest va Shpitsbergen, Norvegiya

Norvegiya quyosh umuman botmaydigan joy

Norvegiya yarim tunda quyosh botadigan mamlakatdir. Shimoliy qutb doirasida joylashgan bu mamlakat o‘zining go‘zal manzarasi va yorqin quyoshi bilan mashhur. Norvegiyaning eng shimoliy shahri bo‘lmish Hammerfest YuNESKOning Butunjahon merosi obekti ro‘yxatidan ham joy olgan.

Hammerfestda quyosh tungi 00:43 da botadi va 40 daqiqadan keyin yana porlay boshlaydi. Norvegiyaning yana bir mintaqasi – Shpitsbergenda 10 apreldan 23 avgustgacha quyosh uzluksiz porlab turadi.

Kattalarning yordamisiz mustaqil millionerga aylangan bolalar

Kaanaak, Grenlandiya — kam aholiga ega shahar

650 nafardan kam aholiga ega bu shahar Grenlandiyaning eng shimolida joylashgan. Arktika doirasining shimoliy qutbida joylashgani uchun shaharda qish qorong‘i va sovuq. Ammo apreldan avgustgacha bu yerda yarim tunda ham quyosh porlab turgan bo‘ladi.

Qorong‘i muhitni yaratish uchun qalin pardalardan foydalanish talab etiladi. Kechalar shunchalar go‘zalki, hech bir inson ularni ta’riflay olmaydi.

Yukon, Kanada — katta qismi qor bilan qoplangan bo‘ladi

Bu hududda yilning katta qismi qor bilan qoplangan bo‘ladi. Biroq yozda mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida quyosh 50 kun umuman botmaydi. Kanadadagi Yukon o‘zining go‘zal osmoni va yozda cheksiz yorug‘ligi tufayli yarim tungi quyosh mamlakati sifatida tanilgan. Bu hududda yovvoyi gullar va turli xil ko‘chmanchi qush turlari yanada go‘zal muhit yaratadi.

Islandiya — shimoliy shu’lalari bilan mashhur

Islandiya shimoliy shulalari bilan mashhur

Yigitlar va Qizlar haqida eng qiziqarli 50 fakt

Bu mamlakat o‘zining shimoliy shu’lalari bilan mashhur. Bu esa mamlakatda quyosh botishi yo‘qligini aniq ko‘rsatadi. Islandiya Buyuk Britaniyadan keyin Yevropada ikkinchi o‘rinda turuvchi eng katta orol va bu yerda chivinlar umuman yo‘q.

Chivinsiz tunni xushlovchilar uchun Islandiya haqiqiy zavqdir. Ammo iyun oyida bu yerda quyosh umuman botmagani uchun bu orolda tun bo‘lmaydi. Arktik doiradagi Grimsi oroli va Akureyri shahri yarim tunda quyoshni ko‘rish uchun eng yaxshi joylardan ikkitasidir.

Kiruna, Shvetsiya — quyosh 100 kundan ortiq  vaqt davomida umuman botmaydi

Shvetsiyaning 19 000 kishilik aholiga ega eng shimoliy shahrida quyosh yiliga 100 kundan ortiq  vaqt davomida umuman botmaydi. Quyoshsiz davr har yili maydan avgustgacha davom etadi va tashrif buyurish uchun eng tig‘iz vaqt hisoblanadi.

Mintaqadagi yana bir diqqatga sazovor joy — Art Nouveau Kiruna cherkovi, u dunyodagi har qanday cherkovning eng ta’sirchan me’moriy shakllaridan biriga ega.

Kompyuter sichqonchasi haqida eng qiziqarli malumotlar

5/5 - (15 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Kattalarning yordamisiz mustaqil millionerga aylangan bolalar
  2. Yigitlar va Qizlar haqida eng qiziqarli 50 fakt
  3. Kompyuter sichqonchasi haqida eng qiziqarli malumotlar
  4. Poliz tabibi tarvuz haqida sara qiziqarli ma'lumotlar
  5. Google korporatsiyasi haqida eng qiziqarli 11 fakt
  6. Alisher Navoiy kashf etgan zamonaviy 5 texnologiya
  7. Amir Temur haqida qiziqarli malumotlar
  8. Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
  9. Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar haqida qiziqarli malumotlar
  10. Dunyodagi eng baland ko’priklar haqida qiziqarli malumotlar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *