Kattalarning yordamisiz mustaqil millionerga aylangan bolalar

Bola millioner bo‘lishi uchun har doim ham uning ota-onasi boy bo‘lishi shart emas ekan. To‘g‘ri, bu kamdan-kam uyraydigan holat, lekin baribir oramizda ana shunday baxtga muyassar bo‘lgan bolalar bor.

Kattalarning yordamisiz millionerga aylangan bolalar

Tavi Gevinson — 2009-yili Chikagoga tutashgan qishloqda yashovchi Tavi Gevinson ismli 11 yoshli amerikalik o‘quvchi qiz shunday omadli qadam bosganlardan biri. Otasi ingliz tili o‘qituvchiligidan pensiyaga chiqdi, onasi esa ivritdan ta’lim berish orqali tirikchilik qiladi.

Tavi moda va dunyoda o‘z o‘rnini izlayotgan o‘smir qizning ruhiy kechinmalariga bag‘ishlangan blogini ochishga qaror qilganda o‘rta maktab o‘quvchisi edi. Uning blogi «Style Rookie» — «yangi uslubchi» deb atalgan. U buvisining eski sandig‘idan olgan kiyim-kechaklarni suratga olib, moda haqidagi mulohazalarini aralash-quralash tarzda blogiga joylay boshlaydi.

Yigitlar va Qizlar haqida eng qiziqarli 50 fakt

Ko‘p o‘tmay unga minglab kishilar a’zo bo‘ladi, moda olamida jahonga mashhur jurnalist Derek Blasberg esa deyarli har kuni o‘zining «Twitter»ida Tavining postlarini muhokama qilishga tushadi. Keyinroq uni yuksak modalar haftaligiga taklif eta boshlashadi.

Hozir Tavi 23 yoshda, u mashhur yozuvchi va kolumnist, kinoda suratga tushadi, mol-mulki esa 7 million dollarga baholangan. 12 yoshli qizchadan «Nyu-Yorker»ga yozib turishni taklif qilishgandan keyingina ota-onasi uning blogiga jiddiyroq e’tibor bera boshlashdi.

Eshli Kvollz — 14 yoshli Eshli Kvollz 2004-yili xobbi sifatida «whateverlife.com» saytini yurita boshlaydi. U «MySpace» bepul dizayn sahifalarini va o‘zining yoshidagi o‘smirlar uchun HTML dasturlash bo‘yicha oddiy yo‘riqnomalarni taklif etadi. Bu vaqtda u ikki xonali uyda onasi va singlisi bilan birga yashardi.

Kompyuter sichqonchasi haqida eng qiziqarli malumotlar

Sayt joylashgan reklamalar tufayli juda tez daromad topa boshlaydi. Idora sifatida Eshli ota-onasining uyidagi yerto‘ladan foydalanadi. Dastlabki oylarda u 70 ming dollar ishlagan bo‘lsa, 16 yoshida o‘z uyi uchun 250 ming dollar naqd to‘laydi.

17 yoshida esa 1 million dollarga egalik qiladi. Uning saytiga har oyda qariyb 7 million kishi kiradi. Bir kunda uning saytiga Jastin Timberleyk konsertidan ko‘ra ko‘proq o‘smir qiz tashrif buyuradi.

Jek Blumfild — Avstraliyalik o‘quvchi Jek Blumfild 12 yoshida qo‘shnilarining maysasini kesish orqali ishlab topgan puli evaziga ye-tijorat bilan shug‘ullana boshlaydi.

— Bu ishni qanday bajarish to‘g‘risida juda ko‘p o‘qiganman, — deydi u.

Hozir 17 yoshli seriyali tadbirkor quyidagi jadval asosida yashaydi: ertalab 5:30 uyg‘onadi: maktabga borishdan avval o‘zining «Bloom Ventures» onlayn-biznesi bilan ikki soat shug‘ullanadi. Kechasi uy vazifalarini bajarib bo‘lgach ishiga qaytadi.

Poliz tabibi tarvuz haqida sara qiziqarli ma’lumotlar

Bugun kunga kelib uning bu ishi qariyb 1 million dollarga baholangan. Yaqinda u «2019 Success Summit» biznes-forumi ishtirokchilari oldida nutq so‘zladi. Jekning ota-onasi o‘rtamiyona tadbirkorlar. Uni faqat ruhan qo‘llab-quvvatlashgan.

5/5 - (27 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Yigitlar va Qizlar haqida eng qiziqarli 50 fakt
  2. Kompyuter sichqonchasi haqida eng qiziqarli malumotlar
  3. Poliz tabibi tarvuz haqida sara qiziqarli ma'lumotlar
  4. Google korporatsiyasi haqida eng qiziqarli 11 fakt
  5. Alisher Navoiy kashf etgan zamonaviy 5 texnologiya
  6. Amir Temur haqida qiziqarli malumotlar
  7. Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
  8. Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar haqida qiziqarli malumotlar
  9. Dunyodagi eng baland ko’priklar haqida qiziqarli malumotlar
  10. Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilmagan qiziqarli ma'lumotlar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *