Hoziroq voz kechishingiz kerak bo‘lgan 10 zararli buyum

Sayyoramizni o‘z qulayliklarimizdan voz kechmasdan turib ham qutqarsa bo‘ladi. Biz hammamiz bir martalik buyumlardan ko‘p foydalanamiz.

Masalan: yo‘l-yo‘lakay stakanli kofe sotib olamiz, polietilen paketlardan, ho‘l sochiqlardan foydalanamiz. Bizni qo‘limizga tushgandan 10-15 daqiqa o‘tib, bu buyumlarning umri tugaydi. Lekin tashlab yuborilgandan keyin ularning parchalanib ketishiga ancha vaqt kerak bo‘ladi.

Hoziroq voz kechishingiz kerak bo‘lgan 10 zararli buyum

Quyosh nurlarining zararli xususiyati

Masalan: qog‘ozni parchalanib ketishi uchun — 2 yildan 10 yilgacha, polietilen paketlar uchun – 200 yilgacha vaqt kerak bo‘ladi. Plastik idishlar parchalanishiga esa – 500 yil kerak bo‘ladi.

Chiqindilar to‘planib boryapdi, axlathonalar ko‘paymoqda, ummonlar ifloslanmoqda. Lekin ko‘pchilik odamlar sayyorani qutqarish uchun o‘z qulayliklaridan voz kechishni xoxlamaydi.

Lekin odam doimiy odatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirsa, chiqindilar miqdorini biroz kamaytirish mumkin.

Masalan: bir martalik buyumlarni ko‘p marta ishlatiladigan buyumlarga almashtirsa, bu nafaqat tabiatga balki ko‘p hollarda tejamkorlikka olib keladi.

Polietilen paketlar

Polietilen paketlar

O‘n dona bir martalik paketlar o‘rnini bitta ko‘p marta ishlatiladigan sumkaga almashtirsa bo‘ladi.

Unday sumkaga hamma sotib olingan narsalarni jamlasa bo‘ladi. Bunday sumkalarni chiroylisini tanlasangiz, kayfiyatni ham ko‘taradi.

Yana bu sumkani qo‘lda yoki kir yuvish mashinasida bemalol tozalasa bo‘ladi.

Plastik suv idishlari

Plastik suv idishlari

Suv idishlari asosan polietilentereftalatadan ishlanadi. Bu idishlar hamma vaqt ham maxsus ahlat idishlariga yig‘ilmaydi, ba‘zida ichib, to‘g‘ri kelgan joyga otib yuboriladi.

Bunday plastik suv idishlarini ham ko‘p marta ishlatiladigan shisha idishlarga almashtirsa bo‘ladi.

Yozda o‘zingiz bilan termos olib yursangiz bo‘ladi. Havo issiq paytda ham ichidagi suv sovuq holda saqlanib turadi.

Kofe uchun bir martalik stakanlar

Kofe uchun bir martalik stakanlar

Agar siz qog‘oz stakanlarni mutlaqo zararsiz deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ha bu stakanlar parchalangan sellyulozadan tayyorlanadi, lekin uni ichi polipropilen bilan qoplanadi.

Devorlari namlanmasligi uchun bunday qog‘oz stakanlarni ishlab chiqarishda bisfenol-A dan foydalaniladi. Bu dengiz hayoti uchun xavfli xisoblanadi.

O‘zingizga yoqadigan ichimliklardan voz kechishingiz shartmas. Buning yo‘li oson, yoningizda hamisha bitta termokrujka olib yuring va kofeni shunda iching. Bunday qilsangiz pulingiz ham tejaladi.

Paxtali tayoqchalar

Paxtali tayoqchalar

Lor vrachlar quloqni paxtali tayoqchalar bilan tozalash havfli deb hisoblashadi. Quloqdagi oltingugurtni baribir oxirigacha chiqarib olib bo‘lmaydi, uning qoldiqlari esa tiqin xosil qiladi.

Yaxshisi ko‘p marta ishlatiladiganidan foydalaning. Oddiy tayoqchani oling va ikkala uchiga ham paxta o‘rab qo‘ying. Keyin ishlatilgan uchlarini tashlab yuborasiz va yana toza paxta o‘raysiz.

Hayotimizni osonlashtirgan oddiy 25 kashfiyot

Taglik va qistirmalar

Taglik va qistirmalar

Bu gigienik vositalar ko‘plab ayollar va yosh ota-onalar xayotini yengillashtirib kelyapti, lekin bularni atrof-muhitga yomon ta‘siri polietilen paketlarnikidan kam emas.

Vaziyatni yumshatish uchun, hamma vaqt yuvish va dazmollashga to‘g‘ri keladigan paxta matodan tayyorlangan tagliklarga qaytish shart emas.

Faqat oddiy ko‘p marta ishlatiladigan tagliklarni sotib olsangiz kifoya. Ular ko‘pchilik bolalar kiyimi sotiladigan do‘konlarda topiladi.

Ayollar uchun esa, aptekalarda besh yilgacha ishlatsa bo‘ladigan qistirmalar bor.

Ichimlik ichadigan naychalar

Ko‘pgina bar va kafelarda ichimliklarni ichish uchun metal va shisha naychalarni taklif qilishadi. Lekin ular faqat shu joyda ichiladigan ichimliklar uchun to‘g‘ri keladi.

Agar siz kofe yoki sharbatlarni ko‘p sotib olsangiz o‘zingiz bilan somondan yoki zanglamaydigan metaldan ishlangan naychalarni olib yuring.

Yana bir yo‘li naychaga o‘xshash makaronlardan foydalansangiz bo‘ladi. Lekin ularda issiq ichimliklarni ichib bo‘lmaydi, sharbat, limonad va yaxna choylar ichish uchun mos keladi.

Xo‘l sochiqlar

Xo‘l sochiqlar

Bunday xo‘l sochiqlar sintetik tolalardan iborat, bunday tolalar bir necha ming yillarda parchalanadi.

Bularning o‘rniga tabiat uchun mutlaqo zararsiz bo‘lgan oddiy paxta matodan ishlangan dastro‘molchalar allaqachon kashf qilingan.

Agar dizinfeksiya qilish kerak bo‘lsa, oddiy antiseptik gel bilan ho‘llasangiz bo‘ladi. Astiseptiklarni xamma supermarket yoki dorixonalardan topsa bo‘ladi.

Idish yuvadigan cho‘tkalar

Oddiy idish-tovoq yuvadigan cho‘tkalar, deyarli tabiy yo‘l billan parchalanmaydi va qayta ishlashga yaroqsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularning yaroqlilik muddati bir necha haftaga yetadi holos.

Agar muammoni oson xal qilishni hohlasangiz, yaxshisi idish yuvadigan mashina sotib oling.

Aksirish inson hayoti uchun qanchalik xavfli

Yana bir yo‘li tabiy cho‘tka sotib oling bunday cho‘tkalar hidlarni o‘zida ushlab turmaydi va uzoq vaqt hizmat qiladi.

Choy paketchalari

Oddiy qog‘ozdan ishlangan choy paketchalari bilan hech qanday muammo yo‘q, ular tez va izsiz parchalanadi. Lekin plastik setkadan bo‘lgan panjaralari axlathonalarda yuz yillab turib qolishi mumkin.

Agar siz tez-tez choy ichishni yaxshi ko‘rsangiz, yaxshisi oddiy qadoqlangan choylarni sotib oling. Bu nafaqat tabiiy, balki mazaliroq bo‘ladi.

Oziq-ovqat plyonkasi

Oziq-ovqat plyonkasi

Oziq-ovqatlarni toza saqlash uchun albatta oziq-ovqat plyonkasi yoki folga ishlatishingiz shart emas.

Yaxshisi ko‘p marta ishlatiladigan, paxta matodan tayyorlangan mumli salfetkalardan foydalaning. Bunday salfetkalarni tozalash ham oson bo‘ladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *