Uzoq umr ko‘rish va uning siri nimada?

Hamma uzoq umr ko‘rishni istaydi. Har joyda, har bir mamlakatda uzoq umr ko‘ruvchilar bor. Xo‘sh, buning siri nimada?

Uzoq umr ko'rish haqida

Finlandiya. 1970 yillarda Finlandiya yurak kasalligidan vafot etganlar bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turardi. To‘g‘ri ovqatlanish, toza havoda mashq qilish orqali bu muammo hal etilgan. 70 foiz finlar sport bilan shug‘ullanadi. 50 foiz xotin-qizlar ishga piyoda yoki velosipedda borib keladi.

Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarda ovqatlanish odati

Tibet. Tibetliklarning tavsiyasiga ko‘ra, 100 yil umr ko‘rish uchun bir nechta qoidaga amal qilish kerak. Muammoni asabiylashmasdan, xotirjam hal qilishga harakat qiling. Iloji bo‘lmasa hayajonlanishning nimaga keragi bor?

Tibetliklarda uzoq umr ko'rish siri

Tez-tez o‘zingizni bo‘sh tuting. Burundan nafas olib, og‘izdan chiqaring, nafasni ko‘proq ushlab turing.

Boshingizni massaj qilishni o‘rganing. Doimo yangi tanishlar orttirishga harakat qiling. Ovqat ratsionidan qovurilgan taomlarni chiqarib tashlang. Ko‘proq go‘sht, dukkakli — no‘xat, loviya, moshli taomlar yeng. Har qanday turdagi tomatlarni yeyishni kanda qilmang.

Yaponiya. Yaponlar an’anaviy ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiladi: baliq, guruch, soya va sabzavot. Soya yurak xastaliklarining oldini oladi, suyaklarni mustahkamlaydi. Ayrim rak turlari, jumladan, o‘pka rakining xavfini kamaytiradi. Ko‘k choy insultni oldini olib, insulin faolligini kuchaytiradi.

Agar bir oy umringiz qolsa: Ibratli voqe

Doimiy ravishda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi, ochiq havoda ko‘proq piyoda yuradi, hech qachon shosha-pisha yoki yo‘l-yo‘lakay ovqatlanmaydi, bemalol o‘tirib, xotirjam ovqatni chaynab yeydi.

Avstraliya. O‘rtacha umr – 90 yil. Bu yerda asosiy prinsiplardan biri – hech qachon siyosat haqida gapirilmaydi, faqat ishla, dam ol, o‘yna-kul. Albatta, toza havo, tabiat qo‘ynida ko‘proq bo‘lish. Avstraliyaliklar pivoni yaxshi ko‘radi.

Avstraliyada o'rtacha umr yili

Sherni qanday qilib tezda yodlash mumkin?

Taomlar esa faqat yangilaridan tayyorlanadi, muzlatilgan, qayta ishlangan oziq-ovqatlarni og‘izga olishmaydi. Muammolardan kuyinish, asabiylashish, afsuslanish yo‘q. G‘am-tashvishlar xotirjamlik bilan qabul qilinadi.

Boshqa mamlakatlarda ham uzoq umr ko‘rishning o‘ziga xos sirlari bor. Hammasiga xos bitta sir – to‘g‘ri ovqatlanish, doimo jismoniy harakatda bo‘lish, yaxshi kayfiyat, hayotga muhabbat, deb yozadi «Mir novostey» haftanomasi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *