Qorong‘uda nega rang ajratib bo‘lmaydi?

Birdan chiroq o‘chib qoldi, deylik. Darrov sham qidira boshlaysiz. Lekin topib bo‘lmaydi. Asabingiz buziladi. Axiyri fonar yoki telefonni ishlatasiz. G‘ira-shira yorug‘da shamni izlab topasiz.

Qorong‘uda nega rang ajratib bo‘lmaydi

Nega qorong‘uda topolmadingiz? «Qorong‘uda ko‘z ko‘radimi, kallavaram?» deb savol berishingiz mumkin, savolingiz o‘rinli. Lekin ko‘ra olmasligimizning sababi nimada? Bugun shu haqda ozgina bosh qotiramiz.

Quyosh yoki boshqa issiqlik manbaidan tarqaladigan yorug‘lik oq deb hisoblanadi. Lekin aslida, Nyuton isbot qilib berganiday, bunday oq rang mavjud emas. Oq – turli ranglarning yig‘indisi.

Yorug‘lik nuri oyna prizmasiga yoki sinig‘iga tushirilganda xuddi kamalakka o‘xshash ranglar jilosi – qizil, sariq, yashil, moviy va binafsha rang hosil bo‘ladi. Bu narsa spektr deb ataladi.

Sizni baxtli qilishga qodir 40 mayda va oddiy narsalar

Nur xuddi oqqa o‘xshab ko‘rinaveradi

Yuqorida sanalgan ranglarning hammasi quyosh nurida mavjud. Lekin ular oyna prizmasiga tushmaguncha ko‘rinmaydi. Rang hosil qilinganda esa qizil rang kamroq, binafsha rang ko‘proq paydo bo‘ladi. Ranglarning bu shaklda ajralishi fanda dispersiya deyiladi. Disperisiyasiz nur xuddi oqqa o‘xshab ko‘rinaveradi.

Rang nur to‘lqinining uzunligini bildiradi. Eng qisqa to‘lqin binafsha rangda, eng uzun to‘lqin esa qizil rangda hosil bo‘ladi.

Ko‘pchilik ranglar rang to‘lqinining ko‘rish organlarimizga ko‘rsatgan taʼsiri natijasi emas, balki bir necha to‘lqinlarning yig‘indisidir. Lampa nuri qaysidir buyumga tushganda nurning maʼlum bir qismi qaytadi, yaʼni akslanadi, qolgan qismi esa singib ketadi.

Lampa nuri qaysidir buyumga tushganda

Dunyodagi 8 ta eng murakkab tillar reytingi

Aslida, ko‘zimizga bordek ko‘rinadigan ranglar mavjud emas. Biz ranglarni nur vositasidagina ajratamiz. Shu sababli ham rang – yorug‘lik nurining bir qismi, xolos.

Demak, qorong‘uda ko‘rmasligimiz, rang ajrata olmasligimizning sababi nurning yo‘qligi. Bu hamma biladigan gap, yangilik emas. Xulosamiz boshqa. Buyumga yorug‘lik tushganda unda nurni «yutish» va qaytarish hodisasi hosil bo‘ladi. O‘sha qaytgan nur buyumning rangini ifodalaydi. Bugungi bosh qotirishimizdan yuzaga kelgan yangilik shu.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *