Dunyodagi eng baland ko’priklar haqida qiziqarli malumotlar

Dunyodagi barcha ko’priklar imkoniyatlari va belgilangan joyiga qarab bir nechta toifalarga bo’linadi. Biroq, barcha toifalar orasida eng baland va eng uzun ko’priklar ham bor.

Dunyodagi eng baland ko'priklar

Ma’lumki temir yo’l, piyoda, avtomobil ko’priklarga qo’shimcha ravishda:

  • Yo’llarni tutashtiruvchi (yo’llar ustiga qurilgan ko’priklar);
  • Suv havzalari ustidagi (suvni bir nuqtasidan boshqasiga o’tish uchun);
  • Viaduklar (daralar orqali o’tish uchun ko’priklar) mavjud.

Bugungi maqolamiz orqali ko’priklar ichida eng uzun bo’lgan 5 nafarini saraladik.

Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

Tarn daryosi ustida joylashgan Miyo ko’prigi

Miyo ko'prigi

Dunyodagi uchinchi eng baland ko’prik Fransiya janubidagi Tarn daryosi ustida joylashgan. 2004 yilda qurilgan me’moriy loyiha ingliz “Foster & Partners” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.Bu ko’prik ajoyib ko’rinishni taqdim etadi.

Ko’prik Miyo shahriga yaqin joylashganligi sababli shunday nomlangan. Strukturaning balandligi 343 metrni tashkil etadi. Avtotransport harakati har bir yo’nalishda ikkita bo’lakda o’tkaziladi. Ko’prikning  uzunligi — 2,46 kilometr, og’irligi — 36000 tonna. Ko’prik go’yoki bulutlar uzra qad rostlaganga o’xshaydi.

Siduhe daryosi bo’ylab o’tgan Duge ko’prigi

Duge ko'prigi

Dunyodagi eng uzun ko’prik 2016 yilda Xitoyda ochilgan bo’lib, nafaqat hajmi, balki texnik qismi bilan ham o’zgacha edi. Birinchi tashuvchi trosslar raketalardan foydalangan holda daralar orqali otilgan. Ta’kidlash kerakki, ko’prik tog’li hududda joylashgan bo’lib, ishchilar tosh orqali tunnel qurishgan.

Duge ko’prigi bugungi kunda dunyodagi eng baland ko’prik sanaladi. Ko’prikning uzunligi 1.222 kilometr, balandligi esa 496 metrga teng. Bu ko’prik Chunsin va Shanxayni bog’laydigan yo’nalishning bir qismidir.

G’oyib bo’lgan kutubxonalar haqida qiziqarli malumotlar

Xitoydagi daryoni kesib o’tuvchi Puli ko’prigi

Puli ko'prigi

2015 yilda qurib bitkazilgan ko’prik Xitoydagi daryoni kesib o’tadi. Ushbu osma ko’prikda to’rtta harakat yo’laklari mavjud. Ko’prikning balandligi 485 metrni tashkil qiladi. Xitoy har yili quriladigan ko’priklar soni bo’yicha dunyoning barcha mamlakatlaridan ustun turadi.

Rossiya ko’prigi

Rossiya ko'prigi

Vladivostokda Rossiya orolini va Nazimov yarimorolini bog’laydigan yotqizilgan inshoot. Ustunlarning balandligi 324 metr, ko’prikning uzunligi — 1885,5 metr. Kechasi ko’prik dizayni yorqin yoritilgan. Yoritish ishlari MT Electro tomonidan amalga oshirilgan.

Dunyodagi eng qashshoq davlatlar haqida nimalarni bilasiz

Sutung Yangtsze orqali

Sutung yangtsze orqali

Yangtse deltasi ustidagi Xitoy ko’prigi dunyodagi eng katta ko’priklardan biridir. Uzunligi bo’yicha (1088 km) u Vladivostokdagi Rossiya ko’prigidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Suchjou shahrida joylashgan.

Ko’prik 7 ta ustun bilan bog’langan, ularning har biri 306 metr balandlikda. 2008 yilda uning rasmiy ochilishi bo’lib o’tgan.

  1. Foydalanuvchi:

    Dunyoda shunaqangi biri-biridan baland, osmono’par ko’priklar bor deb o’ylamagandim, raxmat sizlarga malumotlar uchun.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *