Eng baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi?

Zamonaviy dunyoda bir-biridan terisining rangi, ko‘z shakli va albatta, bo‘yi bilan farq qiladigan 5 mingdan ortiq turli millat va elatlar bor.

Masalan, ruslar ayniqsa taylar (Tailand yashovchisi) bilan solishtirganda juda baland bo‘yli xalq.

Ammo taylar tom ma’noda aholisining o‘rtacha bo‘yi bir yarim metrdan oshmaydigan Madagaskar aholisiga “past nazar” bilan qarashadi.

Antropolog mutaxassislar turli xil xalqlarni o‘rganayotib, qiziqarli xulosaga kelishdi: Mamlakat qanchalik qashshoq bo‘lsa, aholisining bo‘yi shunchalik past bo‘lar ekan.

Bu mavzu bo‘yicha ingliz olimlari NCD «Risk Factor Collaboration» ilmiy hamjamiyati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazishdi.

Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?

Baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi

Mutaxassislar bir necha o‘ndan ortiq mamlakatlar aholisi parametrlarini o‘rganib, eng baland va eng past bo‘yli odamlar qayerda yashashini aniqladilar.

Shunday qilib, tadqiqotlar dunyodagi eng baland bo‘yli erkaklar Sharqiy Yevropada yashashini ko‘rsatdi. Masalan, Latviyadagi erkaklarning o‘rtacha bo‘yi 181,4, ayollar bo‘yi esa 169 santimetr ekan.

Estoniya ham o‘zining qo‘shnisidan unchalik uzoqqa bormadi: bu yerda erkaklar o‘rtacha 181, ayollar 168 santimetr bo‘yga teng.

Skandinaviyaliklar ham o‘z qad-qomati bilan maqtansa bo‘ladi, masalan, norvegiyalik erkak o‘rtacha 179,7, ayollar esa 165,6 santimetrgacha o‘sadi. Finlandiyadagi surat ham taxminan shunday.

Tadqiqot eng baland odamlar, shuningdek, Rossiya, Shimoliy Amerika va Avstraliya aholisi ekanligini ko‘rsatdi (erkaklar 177-179 sm, ayollar 163-165 sm).

1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?

Biroq, Janubiy Sudanda yashovchi “Dinka” nomli nilot xalqi barchani ortda qoldirdi. Bu xalq nafaqat Afrikada, balki butun dunyoda eng baland bo‘y hisoblanadi.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Dinka erkaklarining o‘rtacha bo‘yi 185-190, ayollar bo‘yi esa 175-180 santimetrga yetar ekan.

Mutaxassislar Dinkaning qomatrasolik siri ratsionidagi qaymog‘i olinmagan sut va tabiiy mahsulotlar iste’moli deb ta’kidlamoqda. Bunda parhez ham katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, biroq genetikani yengib bo‘lmaydi.

E’tiborlisi, tabiiy mahsulotlar va sog‘lom ovqatlanishga rioya qiladigan boshqa qabiladagi unchalik baland bo‘lmagan bo‘yi ham genetika foydasiga “tosh” bosdi.

Tadqiqot qashshoq odamlar bo'yi pastligini ko'rsatadi

Qiziqarli fakt: Bir vaqtlar “Miami Heat”, “Golden State Warriors” va “Washington Bullets” basketbol klublarida o‘ynagan NBA tarixidagi eng uzun bo‘yli o‘yinchi Manute Bol ham Dinka xalqining vakili bo‘lgan. Uning bo‘yi 231 sm!

Medalning ikkinchi tomoni bor, deganlaridek, sayyoramizda eng past bo‘yli aholi yashaydigan burchaklar ham bor. Afrikaning markaziy qismida pigmeylarga mansub “Tva” qabilasi yashaydi.

Ochig‘i, ularning vakillari terisining qora rangi, daraxtlarga tez chiqa olishi va juda kichik bo‘yi bilan (atigi 140 sm.) odamlardan ko‘ra ko‘proq maymunlarga o‘xshaydi. “Tva” nomining o‘zi esa yunon tilidan “mushtakkina odam” deb tarjima qilinadi.

Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?

Genetik tadqiqotchi, “Genotek” tibbiy-genetik loyihasi asoschisi Valeriy Ilinskiy o‘sish fenomenini shunday izohladi: “Muayyan odamlarning bo‘yi yashash sharoitlariga bog‘liq emas, bu ko‘p jihatdan genetikaga bog‘liq. Bunga Dinka va pigmeylar kabi ikkita Afrika xalqi yorqin misol bo‘la oladi.

Ular bir xil sharoitda yashasa-da, birining bo‘yi juda baland, ikkinchisi esa juda past. Men ma’lum bir mamlakatda aholining bo‘yi va turmush darajasi o‘rtasida tasdiqlangan o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rmadim”.

Rivojlangan mamlakat odamlari baland bo'yli

Biroq, antropoliya mutaxassisi Igor Vishev biroz boshqacha fikrda. U “Mamlakat qanchalik rivojlangan bo‘lsa, u yerda shunchalik baland bo‘yli odamlar yashaydi. Masalan, Skandinaviya yoki Norvegiyani olaylik, mamlakatlarning o‘zi yaxshi rivojlangan.

Odamlar yaxshi ovqatlanish, yaxshi jismoniy rivojlanish, yuqori o‘sishga ega. Iqlim ham juda muhim: shimolliklar janubliklarga qaraganda balandroq”, deydi u.

Nima deb o‘ylaysiz, insonning bo‘yi uning yashash joyiga bog‘liqmi?

Aysberglar haqida eng qiziqarli 23 fakt

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *