Eng badavlat odamlar bo‘sh vaqtida nimalar bilan shug‘ullanadi?
Mazkur milliarderlar tig‘iz ish jadvaliga qaramay, hordiq chiqarish uchun, albatta, bo‘sh vaqt topishadi. Bunday paytlarda esa hamma o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan .
Sergey Brin — adrenalinga boy mashg‘ulotlarni afzal ko‘radi. Google hammuassisi akrobatika bilan shug‘ullanadi. Brin, shuningdek, gimnastika va xokkey kabi sport turlari bilan shug‘ullanishni ham yaxshi ko‘radi.

Larri Ellison — suv sportining haqiqiy muxlisi. Ellison 2010-yilda Amerika kubogi 33-poygasida g‘olib chiqqan Oracle Team USA yelkanli jamoasini qisman moliyalashtirgan. Ammo u shunchaki homiy emas. Oracle kompaniyasining texnik direktori Ellisonning o‘zi ham 1990-yillardan beri yaxta poygasida qatnashadi. U, shuningdek, suvda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi.

Qashshoqlikda kun kechirgan 5 nafar mashhur milliarder
Mark Sukerberg — yakkakurash sport turlariga qiziqadi va gitara chaladi. So‘nggi yillarda Mark Sukerberg aralash yakkakurashlarga bo‘lgan muhabbati haqida gapirgan. U UFC janglari paytida ringda kuzatilgan va hatto noyabr oyida sparring paytida jiddiy jarohat olgan. Agar uning ijtimoiy tarmoqlarini varaqlasangiz, Sukerberg akustik gitarani yaxshi chalishini ko‘rish mumkin.

Jeff Bezos — fitnesga sodiq. Yillar o‘tishi bilan u tobora baquvvat bo‘lib bormoqda va, ehtimol, ko‘p jihatdan sportga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli. Bezosning qallig‘i Loren Sanches Vogue nashriga bergan intervyusida Amazon asoschisi “trenajyor zalidagi maxluq” ekanini aytadi. Ma’lum qilinishicha, uning shaxsiy murabbiyi Ues Okerson Tom Kruz bilan ham ishlagan.

Larri Peyj — tabiat qo‘ynida faol dam olishni yaxshi ko‘radi. Google hammuassisi Larri Peyj San Fransisko hududida Atomic Farm organik fermasiga egalik qiladi. Hamkasbi, Google asoschilaridan biri Brindan farqli o‘laroq Larri Peyj rahbar lavozimidan ketganidan keyin nimalar bilan shug‘ullangani haqida lom-mim demaydi. Peyj Tinch okeanning janubiy qismidagi bir nechta xususiy orollarga egalik qiladi va organik fermasiga qaraganda, tabiatni yaxshi ko‘radi. Uni kaytbordda sayr qilib yurganini ham ko‘rishgan.

Shaxsiy rivojlanish uchun eng sara 7 kitob
Bill Geyts — avtomobillarni kolleksiya qiladi. Microsoft hammuassisi Bill Geytsning haqiqiy milliarderga o‘xshab, jiddiy mablag‘ talab qiladigan sevimli mashg‘uloti bor. Geyts hashamatli avtomobillarni yig‘ishni yaxshi ko‘radi, ayniqsa, unga Porsche yoqadi. Uning Vashingtondagi Medina shahridagi mulkida 20 ta avtomobilga mo‘ljallangan garaji bor. Uning birinchi yirik xaridi 1979-yilda Porsche 911 superkari bo‘lgan.

Sundar Pichay — futbol ishqibozi. Alphabet bosh direktori “Barselona”ning katta muxlisi. Pichay jamoa bilan 2017-yilda uchrashgan va individual futbolka olgan. Tashrif davomida u “Oltin to‘p” va Lionel Messi sovrini bilan suratga tushgan.

Ilon Mask — geymer. Ko‘p yillar davomida u videoo‘yinlarga bo‘lgan muhabbatini ochiqchasiga e’lon qilgan. Uning sobiq sevgilisi — Greyms nomi bilan tanilgan Kler Bush biograf Uolter Ayzeksonga Mask Elden Ring o‘yinini o‘ynab tun bo‘yi uxlamaganini aytgan.

Mashhur insonlar qaysi universitetda o‘qigan?
Sem Altman — poyga mashinalarini yaxshi ko‘radi va oxirzamonga tayyorgarlik ko‘radi. 2016-yilda Altman The New Yorker gazetasiga beshta poyga avtomobili, jumladan, ikkita McLarens va Tesla’si borligini aytgandi. Shuningdek, u yadroviy urush yoki odamlarga qarshi sun’iy intellekt qo‘zg‘oloni uchun “qurol, oltin, antibiotiklar, batareyalar, suv va gazniqoblar zaxirasi borligini” qistirib o‘tgan.

Satya Nadella — kriketning katta muxlisi. Microsoft bosh direktori Amerikaning Seattle Orcas professional kriket jamoasining hammuassisi. 2023-yilgi kriket bo‘yicha jahon chempionati paytida u The Times of India nashriga o‘yinga bo‘lgan muhabbati haqida gapirib bergan.










