Dunyoning eng qimmat mevalari 1600 / 45 000 dollargacha

Ba’zi qimmatbaho mevalar o‘zining g‘ayrioddiy shakli yoki mashaqqatli o‘stirish jarayoni tufayli yuqori baholanadi, boshqalari esa optimal hajmi va vaznini belgilaydigan qat’iy sifat nazorati qoidalari sababli astronomik bahoga erishadi. Bugun dunyodagi eng qimmat mevalar bilan tanishamiz.

Dunyodagi eng qimmat mevalar

Helligan tashlandiq bog‘ ananaslari —  bir donasi 1600 dollar

Bu ananaslar Angliya janubidagi Kornoull grafligi tasarrufidagi yerlarda XVIII asrdan beri o‘ziga xos tarzda yetishtiriladi. Helligan ananaslari o‘sadigan tuproqni urug‘lantirish uchun ko‘p miqdordagi ot go‘ngi, shuningdek, unga aralashtirib namlangan pichan ishlatiladi.

Bu qimmat mevani yetishtirish uchun ko‘p qo‘l mehnati talab etiladi. Ular o‘sgan sari qayta ekilishi kerak. Mevalar oddiy do‘konlarda sotilmaydi — faqat auksionda. Donasi o‘rtacha 1600 dollarga sotiladigan bu mevani do‘konlarda hamma ham sotib ololmaydi-da. Shunday ananaslardan biri Yelizaveta II nikohining 50 yilligi munosabati bilan unga sovg‘a qilingan edi.

Odamlarda uchraydigan eng noyob 9 kasalliklar

“Quyosh tuxumlari” deb nomlangan Mango – ikkitasi 3000 dollar

Quyosh tuxumlari deb nomlangan mango

Bu ajoyib mevalar faqat Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Miyadzaki perefekturasida o‘stiriladi. Har bir mevaning vazni kamida 350 gramm bo‘lib, eksklyuziv sotuvga chiqarilishi uchun uning yuqori shakar miqdori o‘lchanadi.

Taiyo no Tamago nomga ega mangolar shakli va jozibali rangi tufayli “Quyosh tuxumlari” deb tarjima qilinadi, go‘yo ular xaridorga “Oxirgi pulingizga bo‘lsa-da, meni sotib oling!” deyayotgandek.

Taiyo no Tamago mangolari mazali bo‘lgani kabi juda foydali hamdir: ular beta-karotin, foliy kislotasi va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ularni juda qimmat bo‘lsa-da, yaxshigina pulga sotuvini ta’minlaydi.

Dunyoda ro‘y bergan eng sirli va g‘aroyib tasodiflar

«Densuke» tarvuzlari – bir donasi 6100 dollar

Densuke tarvuzlari qimmat mevalardan biri

Dunyodagi eng qimmat tarvuz Xokkaydo orolida yetishtiriladi. Og‘irligi taxminan 11 kilogrammlik densuke oddiy tarvuzdan biroz shirinroq. Ushbu tarvuzlarda oddiy tarvuzlar tanasida uchraydigan dog‘lar yoki yorqin chiziqlar yo‘q, qobig‘ining rangi esa qora.

Ularning eksklyuzivligi ishlab chiqarishning yiliga 10 000 donadan ziyod bo‘lmasligi bilan bog‘liq. 2008 yilda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida bir dona densuke 6100 dollarga sotilgan.

“Qirol Yubari” qovuni – bir jufti 45 000 dollar

Qirol Yubari qovuni

Bu qovun Xokkaydoning Yubari mintaqasida yetishtiriladigan boshqa shirin qovunlarning gibrididir. Ular ehtiyotkorlik bilan quyoshning zararli nurlaridan himoyalanib, vulqon kulidan foydalangan holda issiqxonalarda saqlanadi.

Bu navli qovunning bir donasining o‘rtacha bahosi taxminan 12 000 dollarni tashkil qiladi, biroq 2019 yilda ushbu poliz ekinining bir jufti auksionda 45 000 dollarga sotildi, bu esa sezilarli farq bilan “Qirol Yubari”ni dunyodagi eng qimmat mevaga aylantirdi.

Dunyodagi ba’zi mamlakatlarda g‘alati soliq turlari

Rubi Roman uzumlari – bir boshi 8400 dollar

Yaponiya Rubi Roman uzumlari

Yaponiya meva qimmatligi bo‘yicha jahonda ildam: bu safar xayolan superqimmat uzum yetishtiriladigan Isikava prefekturasiga o‘tamiz. Tanlov jarayoni juda qat’iy: shingildagi har bir uzum donasi stol tennisi koptogi kabi katta, har biri 20 grammdan ortiq vaznga ega bo‘lishi va 18 foiz shakarni o‘z ichiga olishi kerak.

Bir boshi 700 gramm, uzum donasi esa 30 grammdan ortiq bo‘lgan tuplar premium hisoblanadi va bu nav minglab dollarga sotilishi mumkin. Rubi Roman uzumining hatto eng qimmat vinolar uchun ishlatilishi dargumon, chunki u past kislotaliligi bilan ham mashhur. Shuning uchun uni borligicha iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

5/5 - (6 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Dunyodagi eng qimmat hayvonlar haqida bilasizmi?
  2. Eng baland va past bo‘yli odamlar qayerda yashaydi?
  3. Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?
  4. 1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?
  5. Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?
  6. Aysberglar haqida eng qiziqarli 23 fakt
  7. Kuchuklar haqida eng keng tarqalgan 7 afsona
  8. Hasharotlar hayotidan qiziqarli va ajabtovur 25 fakt
  9. Quyosh umuman botmasligi mumkin bo‘lgan 5 joy
  10. Kattalarning yordamisiz mustaqil millionerga aylangan bolalar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *