To‘y va Motam haqida maqollar to‘plami

To‘y va motam haqida eng sara maqollar to‘plami. «To‘y qilish uchun er-xotin bo‘linmaydi. Er-xotin bo‘lish uchun to‘y qilinadi. Orzu-havasni to‘yda bir marotaba emas, to‘ydan keyin har kuni ko‘rish kerak» (Abdulla Qahhor).

To‘y va motam haqida maqollar

O‘zakli jonda o‘lim bor.

To‘y — to‘nliniki.

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

Qazosi yetsa qozi o‘lar.

Sevinch va g‘am haqida maqollar

Yomg‘ir yog‘sa, to‘ning ho‘l bo‘lar,
Otang o‘lsa, uying cho‘l bo‘lar.

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

O‘tgusiz daryo bo‘lmas,
O‘limsiz dunyo bo‘lmas.

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to‘yda kerak.

To‘y siltovi bilan to‘n bitar

Qari o‘lsa — davlat,
Yosh o‘lsa — qiyomat.

To‘y siltovi bilan to‘n bitar

O‘lim qosh bilan qovoqning orasida.

Qo‘y semizi — qo‘ychidan,
To‘y tamizi — to‘ychidan.

O‘lim shoh-u gadoga barobar.

O‘lim — haq, meros — halol.

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Tirikligida siylamasang, o‘lganida yig‘lama.

O‘limdan qochib bo‘lmas.

Qari qiz er tanlamas,
O‘lgan odam yer tanlamas.

To‘yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o‘rin bor.

Kelinning keldisi yaxshi,
To‘yning bo‘ldisi yaxshi.

To‘yga qo‘shiq, azaga yig‘i

O‘g‘ilning to‘yi — o‘yin,
Qizning to‘yi — qiyin.

To‘yga qo‘shiq azaga yig‘i

O‘lgan kelmas, o‘chgan yonmas.

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Urishsiz uy yo‘q,
Azobsiz — go‘r.

O‘lganiga chidasang, qo‘y qil,
Eganiga chidasang, to‘y qil.

To‘yganga — to‘y, to‘ymaganga — tomosha.

Har kim to‘ygan to‘yini maqtar.

Uyquning tinchi yaxshi,
O‘limning — kechi.

To‘y ginasiz bo‘lmas.

To‘yga borsang, to‘yib bor,
Yomonliging qo‘yib bor.

Tozalik va bemorlik haqida maqollar

To‘yni bo‘ldi-bo‘ldisi qiziq

O‘lim borning molini sochar,
Yo‘qning sirini ochar.

To‘yni bo‘ldi-bo‘ldisi qiziq

To‘yga borsang, to‘yib bor,
To‘y to‘ningni kiyib bor.

O‘lmak, o‘lmakning ishi — ko‘mmak.

Atala bo‘lsa ham to‘y bo‘lsin.

Og‘rigandan uzilgan yomon.

O‘tganni qaytarib bo‘lmas,
O‘lganni — turg‘izib.

O‘limdan achchiq narsa yo‘q,
Shodlikdan ortiq boylik yo‘q.

Mamnunlik va afsuslanish haqida maqollar

To‘ylikning to‘ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.

O‘lsang go‘ring keng bo‘lsin,
Tiriklikda — fe’ling.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *