Dehqonchilik va Chorvachilik haqida maqollar to‘plami

Chorvachilik va dehqonchilik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Hatto «dehqonlar» oyga qarab urug‘lar sochish, ekish, ko‘chatlar o‘tqazish, payvand qilish va changlatish, hayvonlarni urchitish va boshqa vaqtlarni aniqlaydilar» (Abu Rayhon Beruniy).

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Xotin chiroyi — erdan,
Hosil chiroyi — yerdan.

Yer charchasa, hosil bermas.

Yer siylaganni el siylar.

Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil.

Sut bermagan sigir etga so‘yilar.

Eksang terak, elga kerak.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Shishak so‘ydim — pishak so‘ydim.

Qo‘y qassob qo‘lida halol.

Yerini aldagan och qolar.

Sog‘lik va tozalik haqida maqollar

Yerga oshatsang, osh bitar,
Oshatmasang — tosh.

Semiz qo‘y o‘zini kanorada ko‘rar.

Elda yurgan el tanir,
Choida yurgan yer tanir.

Shaftolidan bog‘ qilma,
Echkidan mol qilma.

Suvsiz yer — jonsiz jasad.

Qo‘y semizi — qo‘ychidan.

Dehqonning o‘zi kasal bo‘lsa ham,
Ho‘kizi kasal bo‘lmasin.

Tomiri ochiq daraxtga hamma shamol xavfli.

Uyqu kasal chaqirar.

O‘rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar.

Bo‘lsa agar oqliging,
Bilinmaydi yo‘qliging.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yerga bersang — yer,
Bermasang, qora yer.

Yer ochganning baxti ochilar.

Yerni boqsang, boqadi.

Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang, topasan.
Bog‘ ichida kumush bor,
Kavlaybersang, topasan.

Qo‘zichoqdan qo‘y bo‘lar,
Qulunchadan — toy.

Yomon dehqon yer qo‘rir, yomon xotin er

Suvning ozi ham bir balo,
Ko‘pi ham bir balo.

Kariz suvi — jon suvi.

Yomon dehqon yer qo‘rir

Dehqon bo‘lsang, qoshida bo‘l,
Sipoh bo‘lsang — boshida.

Dehqonning uyi kuysa-kuysin,
Ho‘kizi o‘lmasin.

Ovchining zo‘ri sher otar,
Dehqonning zo‘ri yer ochar.

Tokni qirqmasang,
Qashqarga yetar.

Kosibning qo‘lidan dehqonning oyog‘i halol.

Echki boqqan chorvador bo‘lmas,
Shaftoli ekkan — bog‘bon.

Jo‘xori changda bitar,
Tariq — balchiqda.

Qo‘y tug‘ar, qo‘zi bo‘lar,
Yil o‘tmay o‘zi bo‘lar.

Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qilar.

Qovun ekkan qovoq olmas.

Cho‘ponning tayog‘i — otlining oyog‘i.

Yer — don, dehqon — xazinabon.

Hosilning otasi — suv,
Onasi — yer.

Yer — xamir, o‘g‘it — xamirturush.

Pishgan qovun palakda yotmas.

Bog‘bon bog‘ini tuzar,
Dehqon dalasin suzar.

Yaxshi go‘sht — yaxshi sho‘rva,
Yaxshi sut — yaxshi qaymoq.

Erta ekkan xirmon qilur,
Kech ekkan armon qilur.

Eshak munchoq toj bo‘lmas,
It uzumi tok bo‘lmas.

Bog‘ni qishda ko‘l qil,
Yozda cho‘l qil.

Erta ekkan butun olar,
Kechga qolgan — o‘tin.

Yer to‘ydirar,
O‘t kuydirar.

Yerga sochsang, yer beradi,
Elga sochsang — el.

Dehqon yoqqanda tinar, cho‘pon o‘lganda

Qirq kun yoqqan yog‘indan,
Elib o‘tgan suv yaxshi.

Sigir olsang, sog‘ib ol,
Sutin-moyin tatib ol,

Dehqon yoqqanda tinar

Tuyali boy — dunyoli boy.

Yerga mehr — elga mehr.

Yerga rosh yarashar,
Qizga — qosh.

Sho‘rali yerda ekin bitmas.

Hosiling kam bo‘lsa,
havodan ko‘rma.

Yer deganing oltin qoziq,
G‘ajib yesang, tugamas.

Omoch chiqdi — ko‘moch keldi.

Sinamagan sigirni sog‘ish qiyin.

Suv keldi — nur keldi.

Qo‘zining sarasi uzoqdan bilinar.

Qo‘y kerak bo‘lsa, sunbulada qirq,
Jun kerak bo‘lsa — mezonda.

Mamnunlik va afsuslanish haqida maqollar

Bog‘bon bo‘lsang, sarxar qil,
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil.

Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter.

Katta xirmon qizil bo‘lsa, chori chiqmas.

Dehqon odam don sochar,
El-yurtiga non sochar.

Tol eksang, tagini ho‘l qil,
Uzum eksang, tagini cho‘l qil.

Quruq yog‘och yonar, so‘nar,
Ho‘l yog‘ochdan hosil unar.

Kosib tikkanini maqtar,
Dehqon ekkanini maqtar.

Sara urug‘ — hosili bo‘lug‘.

Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.

Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar terar.

Bedov boylovda semirar,
Qo‘y-qo‘zi — yaylovda.

Yer boyligi — el boyligi.

Dehqon ishlab don sochar, elga rizq yo‘lin ochar

Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.

Suvning ko‘rinishi muloyim,
Bag‘ri — tosh.

Dehqon ishlab don sochar

Bug‘doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo‘zga ek.

Dehqon bo‘lsang, roshida bo‘l,
Cho‘pon bo‘lsang — qoshida.

Uch oylik ko‘kcha — boylik.

Qo‘yni o‘t ichidan o‘tkazma,
O‘tni qo‘y ichidan o‘tkaz.

Qo‘yni boqsang, qo‘zilar,
Molni boqsang, buzoqlar.

Sada soya berar,
Tol — xoda.

Yer tekis — hosil tekis.

Tarvuz — davo, qovun — sabo.

Ekin ekmoq oson,
Suv keltirmoq qiyin.

Yerga qarasang, bog‘ bo‘lar,
Ko‘ngil ochilib, chog‘ bo‘lar.

Sada eksang, soyasi bor,
Makka eksang — poyasi.

Kurkurak ko‘rmay, tok ochma.

Yer to‘ymaguncha, el to‘ymas.

Tuyali yerda tut bo‘lmas.

Cho‘ponga — suhbat harom.

Arpaga — o‘rim,
Bug‘doyga — ko‘rim.

Suv — g‘o‘zaning joni,
O‘g‘it — uning darmoni.

Uypang joyda o‘t bitar,
Unga yetguncha, mol ketar.

Sigiri bor och qolmas.

Paxtaga soya ham kerak emas,
Hamsoya ham.

Sigirli uyda sil bo‘lmas.

Paxtadan echki o‘tsin,
Jo‘xoridan — tuya.

Bug‘doy olaman desang, qovun polga ek,
Paxta olaman desang — jo‘xori polga.

Dehqonchilik chilik-chilik, bo‘lmasa quruqchilik

Rosa ekkan soz olur,
Ola ekkan oz olur.

Yeri semizning — eli semiz.

Dehqonchilik bo‘lmasa quruqchilik

Qo‘yni qo‘y, Echkini so‘y.

Zar bo‘lmasa, zargar — xarob,
Yer bo‘lmasa, dehqon — xarob.

Yantoqdan yog‘ chiqmas,
Jangaldan — bog‘.

Toshsiz tog‘ bo‘lmas,
Ko‘chatsiz bog‘ bo‘lmas.

Omoch seni to‘ydirgay,
Omboringni to‘ldirgay.

Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.

Qarovsiz bog‘ bo‘lmas,
Qorsiz — tog‘.

Tuya tilini karvon bilar.

Yerga tushgan gul bo‘lar,
O‘tga tushgan — kul.

Arpa yotsa, ombor sol.

Ega qo‘li em bo‘lar,
Siypalasa, yem bo‘lar.

Sigirning yeliniga qarama, yemiga qara.

Yeri boyning — eli boy,
Eli boyning — yeri.

Ehtiyotsizlik va ehtiyotkorlik haqida maqollar

Terakning soyasi tagiga tushmas.

Echkisi ko‘pning so‘zi ko‘p.

To‘qsonga borsang ham, tok ek,
Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.

El hayoti yer bilan,
Yer hayoti suv bilan.

Yerni boqsang, elni boqar.

Tani — tuproqdan, hosili — ketmondan.

Dehqon qorda tinar,
Cho‘pon — go‘rda.

Yer qudrati — dehqon quvvati.

Jo‘xori eksang, tagiga ko‘za botsin.

Yer-suv — bitmas kon.

Javdar joyiga tushsa, bug‘doy bo‘lar,
Bug‘doy joyiga tushmasa, javdar bo‘lar.

Urug‘ eksang, namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek.

Yer dehqon xazinasi

Dehqon ekkanini yeydi,
Cho‘pon — boqqanini.

Urug‘ sepmay, ekin o‘rmas.

Yer dehqon xazinasi

Qo‘y semirsa, qovurg‘asi kichrayar.

Yer ola — yurt ola.

Yomon cho‘pon tikonga berar,
Yaxshi cho‘pon — do‘konga.

Yung olaman desang, jaydari,
Boy bo‘laman desang, hisori.

Pilla — tilla.

Uyutqisiz qatiq uyumas,
Achitqisiz — qimiz.

Suv qatrasi — dur qatrasi.

Dehqon bo‘lsang, shudgor qil,
Mulla bo‘lsang, takror qil.

Suv — zar, suvchi — zargar.

Ekin ekkan tekin yer.

Dehqon — yer sultoni,
Cho‘pon — yaylov sultoni.

Dehqonning rizqi yer bilan kuchiga bog‘liq.

Dehqon dehqondan qolsa, bir yilda yetar,
Cho‘pon cho‘pondan qolsa, qirq yilda yetar.

Omochning o‘n borgani —
Molaning bir borgani.

Boqmay qo‘ysang, qoqadi.

Yerni to‘ydirsang, to‘ydirar,
Chiroyini ochsang, kiydirar.

Yer olgan — er,
Yer sotgan — qora yer.

Ekkan o‘rar, qilgan topar.

Yer el bilan obod,
El yer bilan obod.

Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar

Qor yerning — ko‘rpasi,
Yomg‘ir — yerning sho‘rvasi.

Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil.

Qalpog‘ingni qaytoqi qilguncha,
Qo‘ylaringni bo‘rdoqi qil.

Qo‘sh haydagan xo‘p bilar,
O‘z ishini ko‘p bilar.

Semiz qo‘yning umri kalta.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *