Yaxshilik va Yomonlik haqida maqollar to‘plami
Yaxshilik hamda yomonlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Yaxshilik haqida o‘ylashlik o‘sha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, o‘sha yomonlikni tark etishga chorlaydi» (Abdulloh ibn Abbos).
Yomonga yog‘ yoqmas,
echkiga — quymoq.
Yaxshilikni erdan so‘ra,
er bilmasa, eldan so‘ra.
Musht ursang, shapaloq kut.
Yaxshi yurgan yerida,
tinchlik solar eliga.
Yaxshi yurgan yerida,
tinchlik solar eliga.
Itga bersang oshingni,
itlar g‘ajir boshingni.
Yomon o‘rdak avval uchar.
Yaxshi bilan yursang,
kunda bozor.
Yomon bilan yursang,
ko‘ngling ozar.
Ilon po‘stini tashlagani bilan qilig‘ini tashlamas.
To‘g‘rilik va egrilik haqida maqollar
Yomon etagingni yirtsa,
etagingni kesib qoch.
Yomondan qarz olsang, ham yo‘lda qistaydi,
ham — go‘rda.
Ko‘cha bezori — ona bezori.
It hurar, karvon o‘tar.
Yaxshi chechakka bolari qo‘nar.
Yovdan yaxshilik yuqmas.
Yomon yoniga yon olma,
yon olsang ham, yor olma.
Yaxshida gina bo‘lmas,
yomondan gina ketmas.
Odamning g‘alamisiga dunyo bir pul.
Yaxshi bitirar,
yomon yitirar.
Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top
Savobi oshkoradan
gunohi pinhona afzal.
Yaxshi suydirar, yomon so‘ndirar.
Yomonga ishing tushmasin,
qulonga — qushing.
Ilon bo‘lib yashagandan,
yilqi bo‘lib kishnagan yaxshi.
Achchiqni achchiq kesar.
Xayrli ishning xayrixohi ko‘p.
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.
Yaxshi bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
holva bilan shakar.
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
obro‘ying to‘kar.
Yomonning janozasidan
yaxshining hikoyasi foydali.
Ey til, yaxshilikni bil.
el yaxshilikni unutmas.
O‘zing yaxshi — olam yaxshi.
Olmadan bodom bo‘lmas,
tegi past odam bo‘lmas.
Yomonga yaqinlashsang, balosi yuqar,
qozonga yaqinlashsang — qorasi.
Uyi buzuq o‘ngalur,
o‘yi buzuq o‘ngalmas.
Itning irrilagani — salomlashgani.
Yomon mo‘ridan achchiq tutun chiqar,
yomon uydan — sassiq gap.
Yaramas yarog‘ yig‘ar.
Ig‘vogarga oq sut ham qora.
Ilondan—ilon, chayondan—chayon.
Yaxshilik — yuzda,
yomonlik — ko‘zda.
Yomon atalib tirik yurguncha,
yaxshi atalib o‘lgan yaxshi.
Yaxshining beli singuncha,
yomonning ko‘zi ko‘r bo‘lsin.
Yomondan yaxshi tug‘ilsa,
tengi topilmas.
Yomonning joni — aziz.
Yaxshilik nur keltirar,
yomonlik — zulmat.
Yaxshi aytar:
Yo‘l qo‘ydim,
Yomon aytar:
Men yengdim.
Yomon xotin yomon kunda qochar,
yaxshi kunda kulib, bag‘rin ochar.
Otangni o‘ldirganga yaxshilik qil.
Echki egiz tug‘ib qo‘ydan oshmas,
it egiz tug‘ib eldan oshmas.
Yomon tekkanga tegar,
tegmaganga kesak otar.
Yomonga yomon bo‘l,
yaxshiga — tomon.
Gul tikanin zahri yomon,
qizmondaning qahri yomon.
Ilon ilonning quyrug‘ini bosmas.
Yomonga bosh bo‘lguncha,
yaxshiga yo‘ldosh bo‘l.
Odam odamning dardini olar.
Yomonga yurt qolmasin,
o‘g‘riga — mol.
Yaxshilik ikki jahonni orttirar
It qilganni itorchi qilmas.
Xayrli ishning kechi yo‘q.
Yaxshida yarog‘ bo‘lmas.
Yomonning ko‘zi yurak og‘ritar.
Yomon arida bol bo‘lmas,
suvsiz yerda — tol.
Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyinma,
yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma.
Yomon xotin — dardsiz kasal.
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
yomondan burun o‘lasan.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Yomon yo‘ldan yurgan tuya cho‘kar.
Dili qoraning qilmishi — qiyiqlik.
Yaxshini ko‘rib fikr qil,
yomonni ko‘rib shukur qil.
Yaramas o‘tdan yaramas tutun chiqar.
Yomon ko‘z tosh yoradi,
yomon do‘st — bosh.
O‘t tosh yorar,
tosh bosh yorar.
Yaxshi ishga jarchi bo‘lsang, jirkanma.
Ilon po‘stini tashlasa ham — ilon.
Ezgulikning kechi yo‘q.
Yomonga el bo‘lguncha,
yag‘ir otga bel bo‘l.
Yomonning bir qilig‘i ortiq,
ustiga yoqasi yirtiq.
Yomon otni yog‘ bosar.
Yomon it kunduzi hurar.
Kishi bo‘lgan kishining,
kishi bilan ishi bor.
Quyrug‘ini bossang, sichqon ham chiyillaydi.
Birniki — mingga,
mingniki — tumanga.
Baxshi bor joyda yaxshi bor.
Yomonlikni oldingda tut,
yaxshilik kelsa — iqboling.
Yomon kelsa — buzar,
yaxshi kelsa — tuzar.
Yomon bilan yer qo‘shni ham bo‘lma,
go‘r qo‘shni ham bo‘lma.
Bir yaxshi bilan bir yomon kelishar,
ikki yomon kelishmas.
Yomon yovdan qochar.
Yomondan — yorti qoshiq.
Yomondan jar bo‘yi qoch.
Yomonning qilmishi yomonlik,
yaxshiga bermas omonlik.
Yaxshi bilan yursang,
yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
qolarsan uyatga.
Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma
Obod qilgan obod bo‘lar.
Daryoga yaxshilik qilsang,
ajrini biyobondan topasan.
Yomonning zarari tegar keng yo‘lda,
yaxshining foydasi tegar tor yo‘lda.
Olqish olgan omondir,
qarg‘ish olgan yomondir.
Yanisa, pichoq kesar,
yalinsa, yaxshi kechar.
Yomonga o‘lim yo‘q,
yaxshiga — yurim.
Ikki yaxshi qo‘shilsa,
birini biri qiymas.
Yomonning bo‘zini olguncha,
yaxshining so‘zini ol.
Er yigit elga tortar,
yomon yukin elga ortar.
Yaxshiga yov yarashmas,
yomonga — dov.
Yomonga qiz tugul, tuz ham berma.
Ilonning o‘lgisi kelsa, izda yotar.
Suvning ishi — o‘pirmoq,
o‘tning ishi — kuydirmoq.
Yomon ko‘rgan kishingga,
yomon ko‘rgan molingni ber.
Yaxshiga yetishtir,
yomondan ketishtir.
Shakar pashshasiz bo‘lmas,
arpa — kesaksiz.
Zamon seni o‘qitar,
johilliging yo‘q etar.
Ketarga kelsa — el yomon,
ko‘charga kelsa — yer yomon.
Go‘ringdan suv chiqmasin,
uyingdan — quv.
Tuzgan ham odam,
buzgan ham odam.
Kishi aybiga etak yop.
Bola bezori — kishi ozori.
Yomon farzand ota-onani yerga qaratar,
yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.
Itning oshnasi bo‘lmas.
Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.
Ilonni tushda ko‘rsang — ganj,
o‘ngda ko‘rsang—yanch.
Yomon yovga bo‘lishar.
Yomon ot to‘rva teshar.
O‘tni o‘t bilan o‘chirib bo‘lmas.
Birovga kesak otsang,
u senga tosh otadi.
Asl odam hech o‘lmas.
Yaxshi bilib so‘zlar,
yomon tilib so‘zlar.
Yomonga yondashma,
yaxshidan adashma.
Oqko‘ngillikning oti ham ozmas,
to‘ni ham to‘zmas.
Itning ishi — yirtmoq.
Itdan qolganini mushuk yemas.
Yaxshi bilan yurdim,
yo‘limni topdim.
Yomon bilan yurdim,
go‘rimni topdim.
Yomonlik itning ham qo‘lidan keladi
Iting yomon bo‘lsa, otib qutulasan,
oting yomon bo‘lsa, sotib qutulasan,
qo‘shning yomon bo‘lsa, ko‘chib qutulasan,
ering yomon bo‘lsa, ketib qutulasan,
fe’ling yomon bo‘lsa, o‘lib qutulasan.
It ochiq qolgan qozonni yalar.
Saroy qurib, shahar buzma.
Yomon ot oxur buzar,
yomon it egasini uzar.
Yaxshi ot erniki, er — elniki.
Yaxshi kishi — tegchil,
yomon kishi — kekchil.
Yomon o‘tganning o‘rog‘ini olar,
ketganning — ketmonini.
Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga.
O‘lganda go‘ring keng bo‘lsin,
tiriklikda — fe’ling.
It otasini tanimas.
Yomondan qarzdor bo‘lsang,
ko‘p ichida yoqangdan olar.
It tumshug‘ini tiqqan yerga
suv ichgali sher kelmas.
Yaxshidan ot qoladi,
yomondan — dod.
It itligini etar,
to‘n etagini yirtar.
Otning yomoni toy bilan o‘ynar,
eshakning yomoni ot bilan o‘ynar.
Yomon baliq suv loyqatar.
O‘chakishgan it qopmay qo‘ymas.
Tilagi yaxshi kamol topar,
tilagi yomon — zavol.
Vijdonsiz kishidan o‘pkalama.
Otning o‘limi — itning bayrami.
Yaxshi oshini yer,
yomon — boshini.
Urushqoq xo‘roz semirmas.
Qilich tutgan qilichdan o‘lar.
Zamon tuzalsa, yomon tuzalar.
Birov o‘lmay, birov kun ko‘rmas.
Kishi bo‘lmagan kishining
kishi bilan nima ishi bor.
Yomonga hazil qilsang, yoqangni yirtar.
Ilonga suv bersang ham, zahar tomar.
Yaxshi o‘zini yomonning yonida tanitar.
Yomondan it yaxshi,
sirkadan bit yaxshi.
Yaxshi joningga o‘rtoq,
yomon — noningga.
Yomon xotin kimniki — olaqopniki,
olaqoping bo‘lmasa, allakimniki.
Yomonning otidan yaxshining so‘zi yaxshi.
Dod qoldirma, ot qoldir.
Yomon ot suvliq tishlar.
Shaharning qa’lasi — qo‘rg‘on,
odamning yomoni — gap urgan.
Halollik va tekinxo‘rlik haqida maqollar
Enang qilsa zo‘rlikni,
bolang tortar xo‘rlikni.
Ota bolasi bo‘lma,
odam bolasi bo‘l.
Yovdan yaxshilik chiqmas
Qoshiq bilan osh berib,
sopi bilan ko‘z chiqarma.
Yaxshi uydan yaxshi tutun chiqar.
Yomonning davlati — yaxshining ofati.
Gunohi — meniki, savobi — sizniki.
Yaxshi bo‘lsang, yaqin ko‘p.
It to‘yi janjalsiz o‘tmas.
Yomon yurgan yo‘lda cho‘kar.
Yaxshidan — yaroq,
yomondan — tayoq.
Yordam bergin, kimsan, deb so‘rama.
Suzag‘on sigir shoxidan ayrilar.
Yomon oshga o‘rtoq,
boshga — to‘qmoq.
Bir ko‘ngil imorati —
ming Makka ziyorati.
Yomon osilar,
yuvvosh bosilar.
Yomon — kunchi, yaxshi — sinchi.
Yomonning balosiga,
qayga boray davosiga.
Odam bo‘lmoq asta-asta,
hayvon bo‘lmoq bir pasda.
Yomon erga mol bitsa,
yoniga qo‘shni yo‘latmas,
Yo‘latsa ham tindirmas.
Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan.
Yomondan qarz etma,
qarz etsang ham, xarj etma.
Yaxshi it o‘ligini ko‘rsatmas.
Dutorsiz baxshi bo‘lmas,
yomonsiz — yaxshi.
Yomon bilan yursang, yomon bo‘lasan,
yaxshi bilan yursang, omon bo‘lasan.
Kimki bo‘lsa dilozor,
undan el-u yurt bezor.
Yomon yo‘ldosh bo‘lmas,
yo‘ldosh bo‘lsa ham sirdosh bo‘lmas.
Yomonlarga boshchi bo‘lguncha,
yaxshilarga qo‘shchi bo‘l.
Birning kasofati yuzga,
yuzniki — mingga.
Otning yomoni — ola,
xotinning yomoni — balo.
Birovning so‘zi yaxshi,
birovning — o‘zi.
Yaxshi bir tavba qiladi,
yomon — yuz.
Bir ilon bir uy odamni tinchitmas.
Bezoridan hamma bezor.
It arazlar, egasi bilmas.
Quduqni kim qazir,
suvini kimlar ichar.
Yomon atlas bilan ham yomon.
Dili qora — tili qora.
Guruchning kurmagi bor,
yomonning to‘qmog‘i bor.
Oq degan — olqish,
qora degan — qarg‘ish.
Yaxshiga yondash,
yomondan adash.
Yomon odam til bilan kuydirar.
Qoqilsa, suya,
yiqilsa, ko‘tar.
Yaxshiga qora yuqmas,
yomonga el boqmas.
Bir kalning hiylasi,
qirq kishini charchatar.
Yaxshining nasihatiga kirmagan,
yomonning yo‘liga yurar.
Yaxshini so‘ksang, suyagidan o‘tar,
yomonni ursang, terisidan o‘tar.
Yaxshi odam o‘ynab-kulib kechirar,
yomon odam qon-u zardob ichirar.
Tosh bilan urganni osh bilan ur.
Yalang‘och igna kiyintiradi.
Yaxshilarga xizmat qilsang,
ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonlik qil, xabardor bo‘l
Yaxshilik qil, umidvor bo‘l,
yomonlik qil, xabardor bo‘l.
Yaxshi qand yedirar,
yomon — pand.
Yomonga go‘r qo‘shni qilma,
ig‘vogarga — yon qo‘shni.
Yaxshi xislat — go‘zal fazilat.
Yaxshilar topib so‘zlar,
yomonlar qopib so‘zlar.
Tosh otganga osh ot.
Oriq degan yomon toy,
yozga chiqib ot bo‘lar.
Savobning tagi — teshik.
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lma,
nodon bilan — sirdosh.
Yomon odam tuqqanini yomonlar.
Yaxshi boshlaydi yo‘lga,
yomon tushirar qo‘lga.
Ajalga davo yo‘q,
yomonga — balo.
Ilon o‘lsa ham, zahri tishida qolar.
Yomonga cho‘p botar,
yaxshiga — so‘z.
Qoramiq donasi bo‘lguncha,
bug‘doyning somoni bo‘l.
Yaxshi — sharofatli,
yomon — kasofatli.
Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang,
yaxshilik bilan unasan.
Kulganga kula boqma,
betiga kuya yoqma.
Yomon eshak ip uzar,
yomon xotin uy buzar.
Qo‘lingdan kelsa, qo‘lingdan ber,
qo‘lingdan kelmasa, yo‘lingdan ber.
Yomon sigir yozda tug‘ar.
Eshak siypaganni bilmas,
yomon — siylaganni.
Dunyo yorug‘ bo‘lsin desang,
uyingga chiroq yoq.
Yaxshi turmas, yomon o‘lmas.
Omon bo‘lsang, osh yersan,
yomon yursang, tosh yersan.
Yomonga osh berguncha,
yaxshiga bosh ber.
Birov tuzar, birov buzar.
Ikki yaxshi qasd bo‘lmas,
ikki yomon — do‘st.
Yomon — o‘z g‘amida,
yaxshi — el g‘amida.
Yomon erkak to‘y buzar,
yomon xotin — uy.
Yomonning bolasi yo‘lda yotib ot hurkitar.
Yomon o‘zini bilmas,
o‘zgani ko‘zga ilmas.
Tentak tosh terar,
qotil — bosh.
Yaxshi otga o‘g‘irlik ko‘p,
yaxshi xotinga — zo‘rlik.
Yomon yomon bilan.
yaxshi zamon bilan.
Egovni egov yeydi,
zaharni zahar yeydi.
Yomon otni maqtagan yo‘lda qolar.
Yaxshi bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
yetarsan yiroqqa.
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
tusharsan tuzoqqa.
Yaxshilik eksa, esonlik o‘rar
Yomonning dasturxonidan
yaxshining ustixoni yaxshi.
Qo‘yini birov qarar,
sutini kimlar ichar.
Yaxshiga iyarsang — oziq,
yomonga iyarsang — yoziq.
Yomon yurgan yerida,
o‘t qo‘yadi eliga.
Ilon ishi — zahar solmoq.
Dushmanni musht bilan urma,
osh bilan ur.
Yaxshining bolasi to‘rga tortar,
yomonning bolasi — eshikka.
Yaxshining ishi — jannat,
yomonning ishi — kasofat.
It egasini tanimas,
mushuk — bekasini.
Itdan yorug‘lik chiqmas,
bitdan — chorig‘lik.
Dog‘ ostida dog‘ qolmas.
Yomonning niyati — buzuq,
yaxshining niyati — tuzuk.
Yomonning yaxshisi bo‘lguncha,
yaxshining yomoni bo‘l.
Yomonning og‘ziga — yamoq,
yaxshining og‘ziga — qaymoq.
Yomon odam yo‘ldoshini qaritar.
Yomon farzand poygaga tushirar,
yaxshi farzand to‘rga o‘tqazar.
Dushmaningni asal bilan bo‘g‘.
Yomon odam to‘ymas,
yomonligini qo‘ymas.
It og‘zidan suyak olib bo‘lmas.
Birovning aybiga ko‘z-quloq bo‘lma.
Havas qilgan yetar,
hasad qilgan yitar.
Xizmatga — tuhmat.
Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas,
oxiri bir chuqurga tiqilmay qolmas.
Oxir zamon bo‘lsa,
tog‘a jiyan bilan qozilashar.
Bu dunyo o‘tar-ketar,
yuzi qoralik qolar.
Yomonga kun ham qorong‘i, tun — ham.
Oyog‘i iflos to‘r bulg‘ar,
o‘zi iflos el bulg‘ar.
Otangni o‘ldirganga onangni ber.
Yomon qiliqdan — ko‘zga yosh,
yaxshi qiliqdan — og‘izga osh.
Kul qoldirma, gul qoldir.
Qashqirning o‘yi — yomonlik,
qo‘yning o‘yi — omonlik.
Yomon otni minguncha,
yayov yurgin o‘lguncha.
Yomonning yarasi bitmas.
Yaxshi otga qamchi kerakmas,
yaxshi qizga — sovchi.
Tuyaning bo‘yni yomon,
yomonning o‘yini yomon.
Ko‘zga — ko‘kanak,
oyoqqa — tikanak.
Yomondan qorovul bo‘lsa, yov yetti bo‘lar.
It achchig‘ini turnadan olar,
bit achchig‘ini — burgadan.
Rizq ham azaliy,
yomon ham azaliy.
Yangilik yaratar bir kishi,
bahramand bo‘lar har kishi.
Yomonlikni ko‘p qilsa, yaxshi kishi yot bo‘lar
Yomonlikni ko‘p qilsa,
yaxshi kishi yot bo‘lar.
Yaxshi yigit bilan yaxshi ot — ko‘pniki.
Davlat bitsa yomonga,
o‘zin sanar xoqonga.
Yomon ho‘kiz shamiyon sindirar.
Ikki yaxshi uyada bitar,
ikki yomon — qiyada.
Yomon yaxshi bo‘lmas,
eshak — baxshi.
Bast etgan o‘zar,
qasd etgan to‘zar.
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
It vovullagani bilan tog‘ qulamas.
It yeganidan bo‘ri yegani yaxshi.
Yaxshi otdan yiqilsa, yomon — tabachi,
yomon otdan yiqilsa, yaxshi — hudaychi.
Ilon o‘z zahridan o‘lmas.
G‘araz marazdan yomon.
Yomonni tanqid qil,
yaxshiga — taqlid.
Bir tulki yetti bo‘rini yetaklar.
Ho‘kizning shoxi eshakda bo‘lsa,
tirik zotni qo‘ymasdi.
Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas.
Yomondan dog‘ qolar,
yaxshidan — bog‘.
Echkini ham o‘z oyog‘idan osarlar,
qo‘yni ham.
Yomon buqa o‘z boshiga o‘t yer.
Har zog‘,
har zog‘da ming dog‘.
Yomonning jag‘iga ilon tuxum qo‘yar.
Niyating — yo‘ldoshing.
Odam — odamning ko‘zgusi.
Bug‘doydan—bug‘doy,
arpadan—arpa.
Yomon baxil bo‘lar,
yaxshi — anil.
Itning ishi — uzmoq,
yomonning ishi — buzmoq.
Er to‘ydirar, o‘t kuydirar.
Mitaning yomoni tegirmondan butun chiqar.
Mag‘iz achchiq bo‘lsa, po‘stiga ham urar.
Yomonni ishga emas, oshga chaqir.
Bir kishi ariq qazar,
ming kishi suv ichar.
Yomondan yaxshi tuvadi,
yomonning yuzini yuvadi.
Yaxshilik qilsang, yashir,
yaxshilik ko‘rsang, oshir.
Zamon senga boqmasa,
sen zamonga boq.
Yaxshi yaxshiga yondashtirar,
yomon yo‘ldan adashtirar.
Bekorchidan bezib qoch,
chaqimchidan — ko‘chib.
Ostonadan ayvon yaxshi,
vijdonsizdan hayvon yaxshi.
Baxtiyor bo‘lsa zamon,
noshukur bo‘lma — yomon.
Rahbarning yaxshisi undirar,
yomoni so‘ldirar.
To‘yda ko‘rsa, to‘nimni ber,
uyda ko‘rsa, unimni ber.
Yomonning kuchi yapaloqqa yetar.
Yomon bola ko‘zidan,
bilinadi so‘zidan.
Bir qorin moyni bir qumaloq buzar.
Yaxshilik qil, uyingga aytma
Yomonning qulog‘iga yaxshi o‘git kirmasa,
yomon o‘git kirar.
Yoqma — pisharsan, qazima — tusharsan.
Yomon «yilg‘in» desang, «qirg‘in» der.
Ko‘ngli qoradan pes yaxshi.
Qochib ketguncha, sochib ket.
Ig‘vogarning o‘zi yomon,
o‘zidan so‘zi yomon.
Yomonga yo‘liqsang, «yov keldi» qilar.
Yaxshining qo‘li singuncha,
yomonning beli sinsin.
Yomon o‘ldi desa, ishon,
yomonligini qo‘ydi desa, ishonma.
It sarqitini yo‘lbars yemas.
Erga bersang oshingni,
erlar silar boshingni.
Echkining yog‘i bo‘lmas,
yaxshining — dog‘i.
Inson — gavhari Qobul.
Yaxshining gapi — moy,
yomonning gapi — loy.
Indamasni it qopar.
Yomon ot yoldor bo‘lar.
Omon yursang, oting o‘zar,
yomon yursang, baxting to‘zar.
Otning yomoni oxur buzar.
Savobning eshigi — ko‘p.
Yaxshi — bog‘-u bo‘ston,
yomon — qora qozon.
Yomonning jag‘i tinmas.
Yaxshi bo‘lsang, bolday bo‘l,
yomon bo‘lsang, uvday bo‘l.
Tentak cho‘qmor yig‘ar.
Ilon goh-goh chaqar,
yomon doim chaqar.
O‘tib ketguncha, ekib ket.
Yomondan yo qochib qutul,
yo — tonib.
Yomon yashar, yaxshi qaqshar.
Yomonda or bo‘lmas,
yaxshi xor bo‘lmas.
It oyga qarab hurar.
Yaxshining yaxshiga ortar himmati,
Yomonning yaxshiga ortar illati.
Aslning xatosi bo‘lmas,
Yomonning oshnasi bo‘lmas.
Shaytonning ozdirgani — o‘ziniki.
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
Odam odamdan qutular,
Yomon fe’lidan qutulmas.
Tepib o‘tma, suyab o‘t
Sharob uzumdan rang olar,
Odam odamdan rang olar.
Yomon ko‘rishni bilmagan,
Yaxshi ko‘rishni ham bilmas.
Ko‘ngilning olasi — xudoning balosi.
Ko‘ngli qoraning yuzi qora.
Yomonga osh tortguncha,
Boshiga besh tort.
Yomonga aytsang siringni,
Mingta qilar biringni.
It akillasa, og‘ziga ur.
Yomonning do‘sti ko‘p,
Piyozning — po‘sti.
Yaxshi bo‘lsang, yasharsan,
Nasibangni osharsan.
Yomon oting chiqquncha,
Totli joning chiqsin.
Yomonning oyog‘i — sakkiz,
Bin tegmasa, bin tegar.
Xayr qil o‘ladigandek,
Imorat qur o‘lmaydigandek.
Yomonga yog‘ yarashmas,
Kalga — sarimsoq.
Ikki yaxshi erikmas,
Ikki yomon birikmas.
La’nat yog‘diruvchi bo‘lma,
Rahmat eshituvchi bo‘l.
Oq it, qora it, bari — bir it.
Running yomoni ketar,
Odamning yomoni ketmas.
Yomon kun yaxshi bo‘lar,
Yomon odam yaxshi bo‘lmas.
Qalbning yuzi qora.
Yomonning oti bilan uloq olguncha,
Yaxshining eshagida otquloq ol.
Ilon zahri — tishida,
Yomon zahri — tilida.
Yaxshilik qil, daryoga tashla,
Baliq bilar,
Baliq bilmasa, xoliq bilar.
Yomon bilan yotma,
Erta turib aytma.
Qozonga yondashsang, qorasi yuqar,
Yomonga yondashsang, yarasi yuqar.
Eskisiz yangi bo‘lmas,
Yomonsiz yaxshi bo‘lmas.
Chala dovruqqa chol yiqilar.
Yaxshi bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
Ishing bitar.
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang,
Boshing ketar.
Beli og‘rimagan bel bo‘lmas,
Birovning xizmatin bilmas.
It tuqqanini tanimas.
Yaxshiga el dil ochar,
Yomondan turmay qochar.
Elchining kechikkaniga suyun.
Yaxshining tilagi ham yaxshi,
Yomonning niyati ham yomon.
Yo‘q muttahamdan bor muttaham yomon.
Gina — adovatning qo‘shnisi.
Yomondan qoch, yaxshiga yondosh.
Ig‘vogar ig‘vo tarqatar,
Iflos g‘avg‘o tarqatar.
Yomon ilon tegirmon boshida aylanar.
Taqir yerdan chang chiqarma,
Yo‘q yerdan jang chiqarma.
Tug‘iladigan bolaga to‘g‘anoq bo‘lma.
Yaxshi bo‘lsang, o‘zarsan,
Yomon bo‘lsang, to‘zarsan.
Qasd qilgan past bo‘lar.
Yomon tirtiq qilar,
Butunni yirtiq qilar.
Mevaning yaxshisini qurt yeydi.
Yaxshini yetim dema
Yomonni — o‘zim.
Odam bo‘lish — oson,
Odamiy bo‘lish — qiyin.
Yomondan hayvon yaxshi,
Bostirmadan — ayvon.
Ustalik joy bitar,
Qassoblik joy yitar.
Yomon buzoq yopig‘in yer.
Boboning tol ekkani —
O‘ziga nom ekkani.
Elchiga o‘lim yo‘q.
Har kirn o‘z qilmishidan topar.
Yaxshidan yomon tug‘ilsa,
Eli topilmas.
Yomon ho‘kizga shox bitsa, suzib o‘ldirar,
Yomon odamga mol bitsa, urib o‘ldirar.
Yomonning yaxshisi bor.
Yomonlik ko‘mib qo‘yilmas
Yomonga sir aytma, yurtga yoyar.
Bir so‘zlining yuzi — yorug‘,
Munofiqning yuzi — choriq.
Yomon kuchuk bo‘sag‘ada hurar.
Yomon bilan so‘z olishguncha,
Ko‘cha alish.
To‘riq ko‘z chiqarar.
Har kimning amali o‘z oyog‘idan.
Yaxshilik ko‘zga ko‘rinmas,
Yomonlik ko‘mib qo‘yilmas.
Yaxshiga gul — soya.
Suzadigan sigirga muguz bitmas.
Odam tug‘ilib yomon bo‘lmas,
Ulg‘ayib yomon bo‘lar.
Er qattiq bo‘lsa, ho‘kiz ho‘kizdan ko‘rar.
Yomon bilan yurguncha,
Yolg‘iz yurgin o‘lguncha.
Zamon yomon emas,
Zamonga boqmagan yomon.
Yomonni yuborsang, bildirib kelar,
Yaxshini yuborsang — tindirib.
Yaxshi yonida yomon ham o‘ngishadi.
Odam zahrini odam olar.
O‘tganlardan ibrat ol,
Kelajakka ibrat bo‘l.
Qalb qozoni qaynamas,
Qaynasa ham quyulmas.
Mahsining poshnasi bo‘lmas,
Nojinsining — oshnasi.
Tikan bo‘lib oyoqqa qadalguncha,
Gul bo‘lib ko‘krakka sanchil.
Mol boqsang, og‘zi-burning — moy,
Bo‘ri boqsang, og‘zi-burning — loy.
Yomon otga yoi bitsa,
Yoniga tursuq boylatmas.
Yomon ayg‘irda yol bo‘lmas,
O‘larmonda hoi bo‘lmas.
Chayonning kasbi — chaqish.
Yomonga gapirsang — bir balo,
Gapirmasang — ikki balo.
Ahillik va birlik haqida maqollar
Yirtqichni uyasida yanch.
Oltin olma, olqish ol,
Olqish oltin emasmi.
Yomon arava yo‘l buzar,
Yomon xotin — uy.
Yaxshi — el g‘amida,
Yomon — o‘z g‘amida.
Yomon soyga suv tushsa,
Kechuv bermas kecharga.
Yaxshidan — nazar,
Yomondan — hazar.
Yomon tuzalsa, zamon tuzalar.
O‘zingga ravo ko‘rmaganni
O‘zgaga ham ravo ko‘rma.
Zahar zaharni kesar.
Qush ko‘nglini og‘ritma.
Kaltak o‘qtalganga cho‘qmor ko‘tar.
Beqo‘nimga qo‘nim yo‘q,
Yomon odamga — o‘lim.
Yomondan to‘n kiysang,
To‘yda «to‘nim ber» deydi.
Ezgulik yani yaxshilik haqidagi maqollarga gap yo’q.
Yaxxshilik va yomonlik haqida juda yaxshi maqollar bor ekan, sayt adminlariga kattakon raxmat, shunaqangi ijod qilishdan charchamanglar.
Dunyoda faqat yaxshilik qolsin, yomonlik esa yo’q bo’lib ketsin, qani edi barcha insonlar bir-birlariga faqat yaxshilik qilsa edi.
Maqollar, topishmoqlar, she’rlar, barchasi bir biridan qiziqarli, shular uchun rahmat!
Juda yaxshi, menga kerakli maqollar bor ekan, buning uchun sayt adminlariga kattakon raxmat!