Qarindosh urug‘chilik va Begonalik haqida maqollar to‘plami
Qarindoshlik hamda begonalik haqida eng sara maqollar to‘plami. Qarindosh-urug‘chilik qadim-qadimdan insoniyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Buning zamirida shunday hikmat yotibdiki, Payg‘ambarimiz alayhissalom bu narsaga juda ko‘p bor urg‘u berganlar, e’tibor qaratganlar.
Qarindoshdan qarz olma,
Qarindoshga qiz berma.
Xotin qarindoshi — ilon boshi,
Er qarindoshi — savat boshi.
Qovunning yomoni — po‘la,
Xotinning yomoni — bo‘la.
Quda-andalik joyingdan
Qulunli biyangni ayama.
Jar yo‘l bo‘lmas,
Begona — el.
Sopol chinni bo‘lmas,
Begona — ini.
Yolg‘izlikda yor yaxshi,
Munglashganda — qarindosh.
Oila va qo‘shnichilik haqida maqollar
Begonaning dang‘illama saroyidan
O‘zingning kulbayi vayronang yaxshi.
Kelsa erning urug‘i,
Bo‘lar yurak burug‘i.
Oshnachilik — bir yilchilik,
Qudachilik — ming yilchilik.
Do‘st safarda bilinar,
Og‘a-ini — kulfatda.
Otga ayil botganin
Egar bilmas, ot bilar.
Boja bojaga bo‘z bermaydi, so‘z beradi.
Qon qarindosh — jon qarindosh
Yotdan yomon kelmasin,
O‘zingdan yomon chiqmasin.
Qarindoshing qarindosh emas,
Kasbdoshing — qarindosh.
To‘yar oshni ko‘z taniydi,
Oshnani — ko‘ngil.
Ota-bola urishar,
Og‘a-ini yuhshar.
O‘z — o‘lguncha, yot — yeguncha.
Bir — tug‘ishgandan, bir — tutingandan.
Umringdan uch kun qolsa ot ol,
Bir kun qolsa — xotin.
Urug‘-aymog‘im — quyuq qaymog‘im.
O‘gayning oti qursin,
Saksovulning o‘ti qursin.
Sigirning shoxiga ursang, tuyog‘i zirqirar.
Singan qo‘lning og‘irligi bo‘yinga tushar.
Tirnoqni etdan ayirib bo‘lmas.
To‘ng ayirgan moy yer,
Qarindosh ayirgan loy yer.
Sherikchilik — bir yilchilik,
Qudachilik — ming yilchilik.
Tug‘ishmaganning tubi tosh.
Otadoshim, otga min,
Otasi boshqa, otdan tush.
It qilig‘ini egasi bilar,
Jiyan qilig‘ini — tog‘asi.
Qaynim — qaymoq yog‘im,
Qaynsinglim — yurak dog‘im.
Uzoqlikning belgisi —
Sira kelmay yurgani.
Qarindoshdan qarz olma, qarindoshga qiz berma
Yot otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegar.
Xotin olma, qayin ol,
Borar joyga tayin ol.
O‘ng qo‘lim, so‘l qo‘lim,
Ikkovi ham o‘z qo‘lim.
Yog‘ yeganda yot yaxshi,
Qon yutganda — qarindosh.
O‘z gavroning o‘zingga qattiq tegmas.
Yog‘ochning ponasi o‘zidan.
Tug‘ishgan omonlikda emas,
Yomonlikda bilinar.
Xeshlik — xushlik.
Tol yog‘och madang bo‘lmas,
Begona dadang bo‘lmas.
Qayning kelsa, ketmon chop,
Qayrilmasa, mayrilsin.
Bosh yorilsa — bo‘rk ichida,
Qo‘l sinsa — yeng ichida.
Uzoqdagi onadan
Yaqindagi qaynona yaxshi.
Otangni sog‘insang, tog‘angni ko‘r.
Yotga balo yopishar.
Tuqqan jigarning ozori bor, bezori yo‘q.
Kuzgi oftobga qizingni qo‘y,
Yozgi oftobga keliningni qo‘y.
Qarindoshingni yomonlab,
Qaydan tuqqan topasan.
Qarindoshing kelsa-kelsin,
Bo‘z xaltasi kelmasin.
O‘zingniki o‘zagingni uzar.
Bo‘ladan qarindosh bo‘lmas
Har kim har nima deydi,
Qiz otasi bir nima deydi.
Enasi tepgan qulunning eti og‘rimas.
Sevgi va bevafolik haqida maqollar
O‘zingdan o‘tganni o‘zaging bilar.
Eli boshqa el bo‘lmas,
Etakni kessang yeng bo‘lmas.
Borsang — qarindosh,
Bormasang — begona.
Uyi boshqa — mungi boshqa.
O‘gay ota o‘kirar,
Yuragidan bo‘kirar.
Yotga yalinguncha,
Yon-veringga yalin.
Ovsinlar inoq bo‘lsa,
Og‘a-inilar chinoq bo‘lmas.
O‘z tovug‘im chaqirsa,
Qayga qarab qichqiray.
Manglayingga uradigan toshing ham o‘zingdan bo‘lsin.
Yot — yeguncha, qarindosh — o‘lguncha.
O‘z uyini yoritmagan chiroq
O‘zganikida mash’al bo‘lmas.
O‘zimdan chiqqan baloga,
Qayga boray da’voga.
Qarindoshini siylagan xoli qolmas,
To‘rkunini siylagan to‘rga o‘tmas.
Uyi boshqa g‘am bilmas,
Tanasi boshqa — dard.
O‘z otingni yomonlab,
Qaydan tulpor toparsan.
Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash,
Quda bo‘lgach, ko‘p siylash.
Yot yoqadan olar,
It — etakdan.
Qilday tomir bo‘lsa, tuqqaniga tortar.
Qarindoshdan qorishgan afzal
Jigar — jigar, digar — digar.
Jon tortmasa, qon tortar.
Qo‘yindan to‘kilsa, qo‘njiga.
Onangni kaftingda tutsang,
Singlingni boshingda tut.
O‘zingning otingga chiq,
O‘zganikidan tush.
Yaqindagi tishlashar,
Uzoqdagi kishnashar.
Qizli uy qudasiz bo‘lmas.
Yot uyida yotiq bo‘l.
Qozoni boshqaning qayg‘usi boshqa.
Quda-andaning moli bir.
Bemehr qarindoshdan
Mehr bilgan yot yaxshi.
Ovsinim — ajinim,
Ko‘rganda kelar g‘ijinim.
Qozonga qaragan qarindosh emas,
Qarashgan — qarindosh.
Etti bojani bir bo‘ri yer.
Boldiz boldan shirin.
Qozilashgan qarindosh bo‘lmas.
Kelsa xotin urug‘i,
Topiladi yo‘rig‘i.
Qudachilik — mingyilchilik.
Og‘a-ini arazli bo‘lsa ham,
G‘arazli bo‘lmas.
Kishining bolasiga kishmish bersang ham turmas.
Begona so‘z beradi, bo‘z bermaydi
Tug‘ishmagan topishmas.
Yotga yaqinlashma,
Eling bilan yovlashma.
Quda bo‘lding — judo bo‘lding.
Qarindoshing o‘lsa-o‘lsin,
Qadrdoning o‘lmasin.
Qarindoshim — qora qozonim,
Urug‘im — unli chuvolim.
Chiqqan qizdan
Ota uyidagi supurgi ham qo‘rqar.
Oltmish kulon ot bo‘lmas,
Tug‘ishganing yot bo‘lmas.
Yomon qarindoshga yalinguncha,
Qora qozoningga yalin.
Jon qarindosh mol qarindosh emas.
Yotning yonida yog‘i yo‘q.
O‘gay ota non bermas,
Non bersa ham, jon bermas.
Bir ko‘rgan — tanish,
Ikki ko‘rgan — oshna,
Uch ko‘rgan — qarindosh.
Qon yig‘laganda qarindosh,
Yog‘ yalaganda yot yaxshi.
Yot seni yotqizar,
G‘am-kuifatga botqizar.
Qaynog‘a qayin bo‘lar,
Qaynini mayin bo‘lar.
Qaynsingil — yarim kundosh.
Boja bojani ko‘rsa, ayj olar.
Qadr qimmat va hurmat haqida maqollar
Jiyan eshikdan kirsa,
Etti bo‘ri teshikdan kirar.
Xotin olmoq eshak savdosi emas.
Ovsin-ajin yig‘ilsa,
Ajina bazmi qurilar.
Qarindoshli qarimas
Onangni sirtda saqlasang,
Singlingni kaftda saqla.
O‘zingni yomonlasang,
Yotning mehri ketar.
Tuxumi birning bari bir.
Yotniki yondan o‘tar,
O‘zingniki — jondan.
Yaqinlikning belgisi —
Kelib-ketib turgani.
Qudang qui bo‘lsa, quldek bo‘l.
Og‘a-inining ozganin
O‘zlari emas, yot bilar.
Urishganing o‘z og‘ayning bo‘lsin.
Eshikli bo‘lding — beshikli bo‘lding.
Bir tog‘a yetti ota o‘rniga o‘tar.
Go‘ja tuysang, mayda tuy,
Qaynotangning tishi yo‘q.
Yaxshi yerga bersang qizni,
Silay-silay sulton qilar.
Yomon yerga bersang qizni,
Ura-ura ulton qilar.
Kasal oshdan,
Davo — qarindoshdan.
Ota — xazina, aka-uka — tayanch,
Do‘st esa — har ikkovi.
Quda bo‘lmoq — qiyin,
Judo bo‘lmoq — oson.
Qayga borsang, shunda bor,
Qaynonangning ishi yo‘q.
Terak tomiriga tayanar,
Odam — tug‘ishganlariga.
O‘z yuragingga sig‘magan sir,
O‘zganing yuragiga sig‘mas.
Tutuni boshqaning to‘shagi boshqa.
Begona — sangi devona
Qayinsingil — yarim qaynona,
Qaynegachi — butun qaynona.
Besh barmoqning birini tishlasang, bari og‘rir.
Quda bo‘lsang, qui bo‘lsa ham, siyla.
Joni boshqaning tani boshqa.
Qorong‘ida qichqirsang,
Qarindosh tovush berar.
O‘zing tug‘may ul (o‘g‘il) bo‘lmas,
Sotib olmay qui bo‘lmas.
Qayirsam — etagim,
Shimarsam — yengim.
Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma.
Qarindoshimda bo‘lguncha, chirog‘donimda bo‘lsin.
Tuqqan tuqqan bilan topishar,
Yordami yo‘q qarindoshdan
Etti yot begona yaxshi.
Begonaning oti o‘zguncha,
Ovuldoshingning toyi o‘zsin.
Tutingan tug‘ishgandek bo‘lmas.
Ota-bola — bir bog‘,
Biri — gul, biri — bog‘bon.
Inisi borning irisi bor.
Qarindoshingga qarz berma,
Bersang so‘rama.
Xolam bildi — onam bildi.
Eb-ichganda yot yaxshi,
Qayg‘u kunda — qarindosh.
Qudamning qudasi — yumurtaning sho‘rvasi.
Oziqli ot horimas,
Qarindoshli qarimas.
Qarindoshniki qorong‘u kunda belgili
Sigirning shoxiga ursang,
Sug‘urning tanasi titrar.
Yaxshi odam yot bo‘lmas.
Yaqin erintirar,
Uzoq chopintirar.
Hayvonotda bo‘ta soz,
Odamzotda boja soz.
Qiz ammaga o‘xshar,
O‘g‘il — tog‘aga.
Qarindoshning tovushi qorong‘ida belgili.
Begona bilan quyon ovlama,
Ovlasang ham, yoningga boylama.
Mehribonlik va oqibatsizlik haqida maqollar
Yaqin qiz — o‘g‘il hisobi,
Uzoq qiz — o‘lik hisobi.
O‘zga o‘zingdek bo‘lmas,
Yot — yaqiningdek.
Basharam — shajaram.
Erga berdim — emgak oldim.