Foyda va Zarar haqida maqollar to‘plami

Foyda va zarar haqida eng sara maqollar to‘plami. «Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir» (Abu Ali Ibn Sino)

Foyda va zarar haqida maqollar

Borib olsang — foyda,
Keltirib berish qayda.

Ko‘lning otini balig‘i chiqarar.

To‘ng‘izdan bir tuk uzgan naf.

Har ziyon — bir pand.

Foydasiz tulpordan toy yaxshi,
Foydasiz shunqordan — turumtoy.

Giyranda kulib yig‘lar,
Toy bersang, erib yig‘lar.

Qamishdan cho‘g‘ tushmas.

Kuch qudrat va ojizlik haqida maqollar

Bekorga mushuk oftobga chiqmas.

Olag‘on qo‘lim — berag‘on.

Salomda bo‘shlik yo‘q,
Savdoda — do‘stlik.

Yomonga el bo‘lguncha,
Yaxshiga bel bo‘l.

Daryo toshsa, quduqqa zarar.

Ota moli — bolaga uyutqi.

Oxirini otangga berma.

Qo‘lga olganning og‘iri yo‘q.

Ko‘rganning ko‘zidan ketmas.

Ko‘p gap eshakka yuk.

Har kallada ming xayol.

Savdo g‘avg‘osiz bo‘lmas.

O‘rik yeb og‘rigandan, olma yeb o‘lgan yaxshi.

Foyda bilan zarar bir xurjinning ko‘zida

Moli yo‘q deb erdan kechma,
Cho‘pi yo‘q deb — yerdan.

Och tovuq omborga yugurar.

Foyda bilan zarar bir xurjinda

Daromadga qarab buromad.
Dorining achchig‘i yaxshi.

Taka bo‘lsin, suti bo‘lsin,
Quyon bo‘lsin, eti bo‘lsin.

Otang qarisa, qui olma,
Onang qarisa — cho‘ri.

Ma’arakada teng bo‘lmasa, tarakada teng bo‘lar.

Yomonning o‘g‘li bo‘lguncha,
Yaxshining quli bo‘l.

Egan bilmas, yedirgan bilar.

Ketar kishiga yo‘l yaxshi.

Barimtadan qo‘rqqan mol yig‘mas,
Chigirtkadan qo‘rqqan ekin ekmas.

Bordan yuqar, boldan tomar.

Nari borsam, ho‘kiz o‘lar,
Beri kelsam, arava sinar.

Aroqxo‘r,
O‘ziga qonxo‘r.

Kishini ish ovutar,
Kasalni — dori.

Uyquning ozi ham chaksa,
Ko‘pi ham chaksa.

Ko‘p so‘zlagan oz o‘rganar.

Har kim o‘z uyiga qarab tortar.

Ota rozi — xudo rozi.

Chamanda — gul, otasi — pul.

Kengashda kenglik ko‘p.

Befoyda o‘g‘irdan bo‘sh kunda yaxshi

Yomonning to‘rida yotguncha,
Yaxshining bo‘sag‘asida yot.

Mol achchig‘i — jon achchig‘i.

Befoyda o‘g‘irdan kunda yaxshi

Qo‘y egasi bilan cho‘ponning sanog‘i to‘g‘ri kelmas.

Jinchiroq ostiga yog‘du bermas.

Bir balosi bo‘lmasa,
Shudgorda quyruq na qilur.

Yomonning to‘rida bo‘lguncha,
Yaxshining go‘rida bo‘l.

Ko‘z ko‘radi-yu, qosh sezmas.

Oy yorug‘i o‘g‘riga yoqmas.

Pul pulni topar,
Yo‘l yo‘lni topar.

Maraz bo‘lsang yong‘oq ye,
Qusung‘a bo‘lsang — qalampir.

Oyog‘ing bilan yurasan.

Yomonning oshiga borguncha,
Yaxshining ishiga bor.

Go‘sht shirinligini tashlasa,
O‘g‘ri o‘g‘riligini tashlar.

Tozining oshnasi ko‘p,
Boshiga foydasi yo‘q.

Yomonga el bo‘lguncha,
Yag‘ir otga bel bo‘l.

Ko‘chada ko‘p kishi,
Kim bilan kimning ishi.

Gapirib pushaymon yegandan,
Gapirmay dog‘da qol.

Yomonning qo‘liga berguncha,
Yaxshining yo‘liga ber.

Me’yorsizlik va me’yor haqida maqollar

Yomondan naf kelsa,
Keyinidan zarb kelar.

Har chinordan bir yaproq.

Foydadan foyda chiqmasa, qora sigir qayda

Yo‘qolib topilgan mol — o‘lja,
Og‘rib sog‘aygan jon — o‘lja.

Qiz ortib ketar,
O‘g‘il — tortib.

Foydadan foyda chiqmasa sigir qayda

O‘tniki — o‘tga, suvniki — suvga,
Qoldi qatiqning puli.

Kulchali bola suyumh kelar.

Chiqadigan chiqmasdan,
Kiradigan kirmaydi.

Bir qo‘yning boshi ketguncha,
Necha qo‘chqorning boshi ketar.

Ko‘p ko‘rganning kuni ortiq.

Eganning yarasi tez bitar.

Boylik o‘zingga dushman.

Edirganga yem berar,
Edirmaganga ne berar.

Nortuya — tuyalarning nori,
Vaqti kelsa, garmdori ham dori.

Qassobga oq qo‘y ham bir,
Qora qo‘y ham bir.

Ko‘rga kecha-kunduz barobar.

Oti chiqmagan yigitdan teva yaxshi.

Og‘iz qo‘lni tanir.

Kengashli el kamimas.

Qarz ol-da, xotin ol,
Qarzdor qarzin olar,
Xotin yoningga qolar.

So‘z bergan bilan bo‘lma,
Bo‘z bergan bilan bo‘l.

Qimordan kelgan qimorga ketar.

Biya o‘lsa, qulun — bosh,
Qulun o‘lsa, ko‘zing — yosh.

Foydasiz odamdan xizmatkor eshak afzal

Ko‘p gapirgan bozor,
Ko‘p yugurgan ozar.

Achchiq — dushman, aql — do‘st.

Foydasiz odamdan eshak afzal

Irimchi irim etar,
Irimi qirin ketar.

Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqirar.

Foydang qursin zarariga yetmagan,
Tuyang qursin piyodadan o‘tmagan.

Ko‘ngil uchun ko‘z ber,
Yaxshilarga so‘z ber.

O‘g‘riga otashkurak ham mol.

Puling bo‘lsa, yer ol.

Molni cho‘pon tashlasa ham, egasi tashlamas.

Jag‘likka jag‘ bo‘lguncha,
Aqllikka qui bo‘l.

Savdo — soqol siypaguncha.

Savdo ko‘p yerda g‘avg‘o ko‘p.

Sovrilgan sayohatdan
Tuhmatli jarohat yaxshi.

Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.

Oldirgan ming yozug‘lik.

Tuyada yukim yo‘q,
Yiqilsa, g‘amim yo‘q.

Olam olma, odam ol.

Buromad bo‘lmasa, daromad bo‘lmas.

Rejasizlik va reja haqida maqollar

Edirsang, yeyarsan,
Kiydirsang, kiyarsan.

Bir miri — hayon,
Uch miri — ziyon.

Foydasi yo‘q farishtadan oshno dev yaxshi

Lo‘lining eshagini sug‘or, puhni ol.

Og‘iz og‘izdan yel olar.

Foydasi yo‘q farishtadan dev yaxshi

Araq ichgan,
O‘ziga kafan bichgan.

Daryodan — bir tomchi,
To‘ng‘izdan — bir tuk.

Karvon o‘tar, izi qolar.

Oz-oz yegan mazadur,
Ko‘p-ko‘p yegan ozadur.

Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.

Tuya ham sovg‘a,
Tugma ham sovg‘a.

Katta-katta gapiiguncha,
Katta burda non tishla.

Yomonning oshnasi ko‘p,
Joniga foydasi yo‘q.

Bo‘yoqning yaxshisi — bo‘zchining boyligi.

Ko‘rpa to‘n bo‘lmas,
O‘ynash er bo‘lmas.

Olgan bir yozug‘lik,

Qiz boqquncha, qisir sigir boq.

Ishlaganing — menga,
O‘rganganing — o‘zingga.

Oz bo‘lsin, soz bo‘lsin,
Bedana bo‘lsin, yog‘ bo‘lsin.

Ortiqcha davlat bosh yormas.

O‘lik arslondan tirik sichqon afzal.

Otasini og‘ritgan
El ichida xor bo‘lar,
Onasini og‘ritgan
Parcha nonga zor bo‘lar.

Itni o‘ldirganning o‘zi ko‘mar.

Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma

Keksa qassob tushiga
Tunda mingta qo‘y kirar.

Yoshligingda eksang terak,
Ulg‘ayganda o‘zingga kerak.

Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma

Ortiqcha maqtov — ishlashga g‘ov.

Baliq chuqur soyni,
Odam yaxshi joyni istar.

Pul — qo‘lning kiri.

Bozorga kech bor, erta qayt.

Kirimiga qarab chiqimi.

Mol semirsa — foyda,
Odam semirsa — ziyon.

Yomonning o‘yini yomon,
Buqaning — bo‘yni.

Oqsoqdan — hazar, ko‘rdan — ofat.

Otaning ochgan yo‘li bor,
Onaning bichgan to‘ni bor.

Suyuq osh ichdim, qornim to‘q,
O‘rnimdan tursam, hech narsa yo‘q.

Obro‘ni izlashdan ish ko‘rsatgan afzal.

Kasalni mayiz emas,
Achchiq dori tuzatar.

Ota-ona duosi,
O‘tga, suvga botirmas.

Otadan oltov bo‘lguncha,
Onadan ikkov bo‘l.

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Tiyin,
Tiyinning ishi qiyin.

Kabob seli bilan.

Foydasi yo‘q boydan qoch, panasi yo‘q soydan qoch

Yomonning xizmatini qilguncha,
Yaxshining qurboni bo‘l.

Oz yeganga bor davo,
Ko‘p yeganga ne davo.

Bir anor ming bemorga davo.

  1. Ruxshona:

    Assalomu alayko’m. Zarar hamda foyda haqidagi ushbu maqollar menga rosa yoqdi. Shu o’rinda quyidagi maqol esimga tushdi. «Bekorga mushuk oftobga chiqmas.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *