Mehribonlik va Oqibatsizlik haqida maqollar to‘plami

Mehr-oqibat, mehribonlik hamda oqibatsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi».

Mehr oqibat va oqibatsizlik haqida maqollar

Mehr bilmas qarindoshdan,
mehr bilgan yot yaxshi.

Mehri borning sehri bor.

Yuz-yuzga tushar,
Mehr — ko‘zga.

Foydasi yo‘q yordan issiq o‘choq yaxshi.

Har kim — siylaganning quli.

Odamning yuzi quyoshni ilitar.

Odam izzatga semirar.

Sabr qanoat va shoshqaloqlik haqida maqollar

Izzatga arzimagan mehmon to‘shak bulg‘ar.

Yigit mehri — ko‘zda.

Ko‘z qayerda bo‘lsa,
Mehr ham o‘sha yerda.

Tanigan yerda bo‘y siyli,
Tanimagan yerda to‘n siyli.

Otangni ko‘rsang, otdan tush.

Och otasini tanimas.

Mehr bilmas qarindoshdan, mehr bilgan yot yaxshi

Ko‘rpang qayerda — ko‘ngling shu yerda.

Kattaga — hurmat,
Kichikka — shafqat.

Mehr bilmas qarindoshdan, mehr bilgan yot yaxshi

Bet ko‘rgandan hoi so‘r.

Yalang‘ochni hech kim siylamas.

Keksaga yo‘l ber,
O‘zing ham qartayasan.

Ko‘z ko‘zga tushsa, mehr qo‘zg‘alar.

Odamga e’tibor — olamga e’tibor.

Molga egasining ko‘zi dori.

Bir uy to‘la jonsan,
Bir-biringga mehmonsan.

Siylangan otning tishiga qaralmas.

Erni sevmagan o‘zini sevmas.

Sening gaping — sho‘rva,
Mening qulog‘im — to‘rva.

Odam odam bilan aziz.

Hurmat — bitmas boylik.

Uyat yuzda bo‘lar,
Mehr — ko‘zda.

Ilinganga ilik qo‘y.

Ustoz mehri — ota mehri

Tor yerda topishgan,
Keng yerda ko‘rishar.

Aytgan joyga erinma,
Aytmagan joyga ko‘rinma.

Ustoz mehri — ota mehri

Ko‘rmagan yot sezilar,
Ko‘rishmasang uyat bo‘lar.

Yomonga bersang oshingni,
Itga tashlar boshingni.

Yolg‘onchilik va rostgo‘ylik haqida maqollar

Uyga kelganni it qopmas.

Egasini siylagan itiga suyak tashlar.

Yaxshiga bersang oshingni,
Yaxshilar silar boshingni.

Davlat uchun erga tekkandan, yerga teg.

Yo‘l berganga qo‘l ber.

Ko‘zdan nari — ko‘ngildan nari.

Kattani maqta, kichikni saqla.

Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.

O‘z aybingni ochsang,
Elning mehri qochar.

Odamning taftini odam olar.

Mehri borning sehri bor

Borning eshigini el ochar,
Yo‘qning tuynugini yel ochar.

Siylamasang siylama, ammo xo‘rlama.

Mehri borning sehri bor

Mol egasining ko‘zidan suv ichar.

Yuz arnri — shirin.

Qo‘shni oshi qorin to‘ydirmas,
Mehr-u oqibatni oshirar.

Tanimasni siylamas.

Siylagan siy ko‘rar.

Izzat qilsang, hurmat ko‘rasan.

«Seniki — meniki» — ko‘ngil torligi.

It egasiga hurmas.

Osh-tovog‘ing kerak emas,
Qosh-qovog‘ing kerak.

Ko‘z ko‘rmasa, ko‘ngil sevmas.

Itning kallasini tovoqqa solsang,
Yumalab ketar.

Egasini hurmat qilsang, itini so‘kma.

Odamning yuzi — olmosdan o‘tkir.

Mehr xazinasi til

Xotin hurmat qilsa, hurmat ko‘radi,
Er hurmat qilsa, ne’mat ko‘radi.

Yodlaganning yori bo‘l,
Izlaganning — zori.

Mehr xazinasi til

Kuchuk tomga chiqsa ham,
Egasidan katta bo‘lmas.

Mushuk suyganidan o‘z bolasini yer.

Meniki deganning mehri issiq.

Do‘stingga qo‘shiq ayt,
Mehringni qo‘shib ayt.

Zarraday joydan ko‘ngil to‘lar,
Zarraday joydan ko‘ngil qolar.

O‘zingdan zo‘rlar chiqsa,
Ko‘zingdan sho‘rlar chiqar.

To‘ygan yerga to‘qqiz kun — ta’zim.

Otasi siylamaganni bolasi siylamas.

Kishining hurmati o‘z qo‘lida.

Ko‘z ko‘rganini qilar,
Kosov — tutganini.

Noshudlik, chaqqonlik va epchillik haqida maqollar

Ko‘zdan tushgan tildan ham tushar.

Yuz — yuzning hurmati.

Mehrli odam sevimli

Elda er atansang,
El senga oltin tovoqda osh berar.

Davlat bo‘lsa — savlat,
Savlat bo‘lsa — hurmat.

Mehrli odam sevimli

Yuzi yo‘qning ko‘zi yo‘q.

Er siylagan yerda aziz.

Siylagani puling bo‘lmasa,
Siypagani tiling bor.

Muruvvat — mehrning tuzog‘i.

It izzatni bilmas,
Ho‘kiz — hurmatni.

Mato dong‘i bilan bo‘z o‘tadi,
Ota dong‘i bilan qiz o‘tadi.

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.

Mehr — gul, qahr — tikan

Bolalilar bosh bo‘lar,
Bolasizlar yosh bo‘lar.

Siylagan sig‘imli bo‘lar.

Mehr — gul, qahr — tikan

Odam quloqdan ozar,
Ko‘ngildan semirar.

Bola — xizmatda, ota — izzatda.

Kattaga hurmatda bo‘l,
Kichikka — izzatda.

It izzatni bilmas,
Eshak — tarbiyatni.

Omad, baxt va omadsizlik haqida maqollar

O‘zini bilgan o‘zgani ham bilar.

Qari-qari demangiz,
Qarini quruq qo‘ymangiz.

5/5 - (6 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Sabr qanoat va Shoshqaloqlik haqida maqollar to‘plami
  2. Yolg‘onchilik va To‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar to‘plami
  3. Noshudlik, Chaqqonlik va Epchillik haqida maqollar to‘plami
  4. Omad va Baxtsizlik haqida maqollar to‘plami
  5. Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami
  6. Saxiylik va Baxillik haqida maqollar to‘plami
  7. Mehmon va Mehmondo‘stlik haqida maqollar to‘plami
  8. Tarbiya va Odob axloq haqida maqollar to‘plami
  9. Ilm, Ilmsizlik va Kasb hunar haqida maqollar to‘plami
  10. Nodonlik va Donolik haqida maqollar to‘plami
  1. Madina:

    Bu maqollar xalq tomonidan toʻqilgan boʻlsa kerak menimcha. Iltimos, ozgina qofiyasini keltirib yozingizlar. Qofiyasiz xunuk boʻlib qolar ekan.

  2. Muslima:

    Doimo mehrli bo’lish kerak. Men doimo mehribon bo’lganman.

    • Jonim:

      Menga bu maqollar juda ham yoqdi. Bu maqollar menga barcha dardlarimga yordam berdi.

  3. Amina:

    Men bu maqoldan mehribon bo’lish kerakligini bildim. Sizlarga RAHMAT.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *