Rizq va Nasiba haqida maqollar to‘plami
Nasiba va rizq haqida eng sara maqollar to‘plami. «Ibodat o’n qismdir. uning to’qqiz qismi halol rizq qidirishdir» (Imom Buxoriy)
Yetim yetti uydan osh ichar.
Ertagi nasibadan qolma,
Kechki nasibaga borma.
Chekingga tushsa, chekchayma.
Yutganing o‘zingniki,
Chaynaganing — gumonda.
Otangga ne qilsang,
Oldingga shu kelar.
Qayerga borsang ham, qora qozoning og‘ayning.
Tishi yo‘qning rizqi yo‘q.
Samaradorlik va besamarlik haqida maqollar
Tomoq ko‘rmay o‘lgandan,
Tomoq ko‘rib, yeyolmay o‘lgan yomon.
Bersa ol, ursa qoch.
Kimning etagiga o‘t tushsa, o‘sha kuyar.
Ot o‘yini — qirq yilda.
Supraga tushgan sichqonning
Boshi oqarmay qolmas.
Buzoqni tilga olsang,
Ipini uzib kelar.
Erta turgan yigitning bir rizqi ortiq,
Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.
Olgan — o‘g‘ri, beigan — tangri.
Ot aylanib qozig‘ini topar,
Er aylanib — yozig‘ini.
Palov desang, payshanbaga,
Do‘lma desang, dushanbaga.
Rizqli mehmon osh ustidan chiqar
Ollo-ollo degan bilan
Osmondan chalpak yog‘ilmas.
Oqqan ariq oqmay qolmas,
Oqmay qolsa, ikki ko‘zing boqmay qolmas.
Er molsiz bo‘lmas,
Yigit — yorsiz.
Eshakka bir tup shuvoq ham oziq, ham qoziq.
Ovchi non qidirar,
Konchi — kon.
Ot aylanib qozig‘ini topar,
Suv aylanib — yorig‘ini.
Qutlug‘ uydan quruq ketma.
Ertalabki mushtdan qaytma.
Palovning qamchisi — choy.
Tushning oshi — tishga dori.
Qo‘li tekkanning og‘zi tegar.
Mol egasini topadi,
So‘z — jo‘yasini.
Tovoq sindirgan kosa to‘lar.
Bitta edi moyam,
Ikkita bo‘ldi dastmoyam.
Son tegmaganga son tegdi,
Zog‘ora tegmaganga — non.
Kimga tuynukning yorug‘i,
Kimga — shamchiroq.
Osilmagan qozonga otilmagan quyon tushar.
Kim tekkanini yeydi,
Kim — suyganini.
Ot bosmagan yerlarni toy bosar.
Karvon ko‘p, rizqi boshqa
Og‘ilda uloq tug‘ilsa,
Adirda o‘ti unib chiqar.
Qo‘lni yuvib, och qolma.
Sakson kunda — saboq,
To‘qson kunda — toboq.
Bo‘zchi belboqqa yolchimas,
Kulol — mo‘ndiga.
Gadoga bir eshik yopiq bo‘lsa, bin — ochiq.
Bo‘ri xom yeb o‘lmas,
Ho‘kiz ishlab boy bo‘lmas.
Ertalabki ilitma,
Balo-qazoga yugurtma.
Bahona va natija haqida maqollar
Ikki marta o‘lmaysan,
Bir martasidan qochib qutulmaysan.
Otning o‘limi — itning bayrami.
Ot boqsang — uloqqa,
Qo‘y boqsang — qo‘noqqa.
Mol ozig‘i — dalada,
Er ozig‘i — yo‘lida.
Uxlaganga ulush yo‘q.
Kun — kuchliniki,
Qobirg‘a — tishliniki.
Er luqmasi er qornida qolmas.
Buyurgan oshga tish tegar,
Yoz tegmasa, qish tegar.
Arazchiga olti tayoq.
Osh ozga qoldi,
Bosh tozga qoldi.
Hasip — qilganniki emas,
Nasib qilganniki.
Tushlik oshga tushlik yerdan kishi kelar.
Otlining nasibasi oltov
Har kim nasib qilganini oshar.
Ro‘zingni sot, ro‘shnolik ol.
Kimga — barmoqday,
Kimga — tirnoqday.
Tirik qulga mol bitar.
Mol ozsa, semiradi,
Odam ozsa, kemiradi.
Jo‘jali tovuqdan don ortmas.
Kimga — to‘y, kimga — aza.
Non — nonda, kaliti — osmonda.
Tuyaday qiz uzatib,
Tugmaday jaz yemadim.
Olomonchining yiqqani olomonga ketar.
Totgan ham bir, botgan ham.
Kimga — hoy-hoy,
Kimga — voy-voy.
Eshak — ishi bilan,
To‘ng‘iz — tishi bilan.
Bo‘zchi ishtonga yolchimas,
Temirchi — taqaga.
Oq qo‘yni ham o‘z oyog‘idan osarlar,
Qora qo‘yni ham.
Shuvoq bor joyda tuyoq bor.
Umringdan bir kun qolguncha, osh ye,
Pulingdan bir tiyin qolguncha, osh ye.
Ota ko‘rganni bola ko‘rmas,
Bola ko‘rganni ota ko‘rmas.
Och to‘yar, yalang‘och kiyar, o‘lgan ketar.
Olib qochguncha, sochib ket.
Tuyalining nasibasi to‘rtov
Tekkanga — tuya boshi,
Tegmaganga — quyon boshi.
Yoqangdagini olguncha, qo‘lingdagi to‘kilar.
Baliq yegan «suv-suv» der,
Qo‘sh haydagan «chuv-chuv» der.
Bitmagan savdoga shirinkoma yo‘q.
Ochofat tishi bilan o‘ziga go‘r qazir.
Ot topadi, eshak yeydi.
Nasib etsa, kelar Shom-u Iroqdin,
Nasib yitsa, ketar qosh-u qoboqdin.
Ber, dedi subhon,
Berib soldi sulton.
Berma, dedi subhon,
Nimani bersin sulton.
Topgan suyunar, tanigan olar.
Tegirmonga kirgan gardsiz chiqmas.
Savol — osmondan,
Javob — tegirmondan.
Farosatsizlik va farosat haqida maqollar
Tariq sochilsa, tovuq to‘yar.
To‘ydan — to‘piqcha.
Og‘riq-og‘riq — ko‘z og‘rig‘i,
Har kimsaning o‘z og‘rig‘i.
Tirik yurgan quruq qolmas.
Oltin, kumush tosh bo‘lar.
Qilsa nasib, yeysan hasip.
Yiroqqa borsang, yaqindan qolasan,
Yiroqqa qo‘ysang, yaqindan olasan.
Til bilan tomoq qarimas.
Oqajak qon tomirda turmas.
Rizq kamimas, banda ochidan o‘lmas
Ne eksang, shu ko‘karar.
Tomoqdan o‘tganning bari tomoq.
Yuzi yupqalik rizqqa zarar.
Boshsiz bo‘rk bo‘lmas,
Toysiz — turk.
Ayron ichgan qutular,
Chelak yalagan tutilar.
Lxj’lining chirmandasi yorilsa,
Gardishi maymunga o‘yinchoq bo‘lar.
Bin semizini yeydi,
Biri egizini yeydi.
Ko‘kdan arpa yog‘sa ham,
Eshakning yemi nimcha.
Ariqni kimlar qazir,
Suvini kimlar ichar.
Oriq boqilar, semiz so‘yilar.
Qilgan eshikka boqar,
Qilmagan — teshikka.
Og‘riq — go‘rda,
Sog‘ — to‘rda.
Itga it o‘limi.
O‘ttiz ikki tishda o‘ttiz ikki ish bor.
Ko‘ppak yugurgani bilan tozi bo‘lmas.
Tishi butunning rizqi butun.
Tushda suv ichgan bilan tashnalik qonmas.
Allop un yalar,
Qassob — qon.
Suv oqqan soyga yana suv oqar.
Suvga yaqin — rizqqa yaqin.
Buyursa, bola,
Buyurmasa, chala.
Qaratgan quruq qolmas
Buyursa quyruq,
Buyurmasa yumruq.
Tongdagi — tangridan.
Ot jallobi och qolar.
Umid o‘lmas, rizq kamimas.
Ichib turgan oshimga,
Chivin otdi boshimga.
Boshning yugurigi — boshga,
Qo‘lning yugurigi — oshga.
Ovchining o‘limi — ovda,
Suvchining o‘limi — suvda.
Ochiq og‘iz och qolmas.
Yugurganniki emas, buyurganniki.
Andisha va andishasizlik haqida maqollar
Otang — qul, enang — qul.
Ot topganga qamchi topilar.
Tomoqdan o‘tsa, osh bo‘lar.
Etim kimniki — osh berganniki.
Buyurgan olar,
Yugurgan qolar.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Samaradorlik va Besamarlik haqida maqollar to‘plami
- Bahona va Natija haqida maqollar to‘plami
- Farosat va Farosatsizlik haqida maqollar to‘plami
- Andisha va Andishasizlik haqida maqollar to‘plami
- Samimiylik va Nosamimiylik haqida maqollar to‘plami
- Xushomad va G‘urur haqida maqollar to‘plami
- Or-nomus va Obro‘ haqida maqollar to‘plami
- Totuvlik va Ahillik haqida maqollar to‘plami
- Barqarorlik va Beqarorlik haqida maqollar to‘plami
- Erk va Erksizlik haqida maqollar to‘plami