Yo‘l va Yo‘ldosh haqida maqollar to‘plami

Yo‘ldosh hamda yo‘l haqida eng sara maqollar to‘plami. «Men izlaganim yo‘l emas, yo‘ldosh. Naql bejiz emas: avval yo‘l, keyin yo‘ldosh» (Muhammad Iqbol).

Yo‘l va yo‘ldosh haqida maqollar

Yaxshi libos — oroyish,
Yaxshi yo‘ldosh — osoyish.

Yo‘rtib yursang, yo‘l unar.

Yurganning yo‘li o‘tar,
O‘tirganning kuni o‘tar.

Yo‘ldoshi borning qo‘ldoshi bor.

Yo‘lni karvondan so‘ra,
So‘zni shoyirdan so‘ra.

Yurganning yo‘li ko‘payar,
O‘tirganning — o‘yi.

Yo‘lovchining ozig‘i yo‘lida.

Keksalik va yoshlik haqida maqollar

Yo‘l odami yo‘lga yaxshi,
Uy odami — uyga.

Yo‘lga chiqsang, yaroqli chiq,
Yolg‘iz chiqmay, hamrohli chiq.

Do‘st safarda sinalar.

Yurardan avval yo‘l axtar.

Yo‘l yurganga qisqarar

Yo‘rg‘a minsang ham,
Yo‘ldoshli bo‘l.

Yurgan yo‘l kezar,
O‘tirgan yer chizar.

Yo‘l yurganga qisqarar

Yo‘lga chiqsang,
Yo‘ldoshli chiq.

Yo‘l so‘ramay,
Yo‘lga tushma.

Yo‘rg‘a mingan yo‘ldoshiga qaramas.

Guli yo‘q bo‘stondan, yaproq yaxshi,
Foydasi yo‘q yo‘ldoshdan, tayoq yaxshi.

Yurgan oyoq yo‘l topar.
Yurgan oyoqqa yo‘rg‘a yo‘liqar.

Motam va to‘y haqida maqollar

Yaxshi yo‘lda yo‘ldosh ko‘p.

Yo‘rg‘a mingan, yo‘ldoshidan ayrilar,
Ko‘p yashagan, qurdoshidan ayrilar.

Yo‘ldoshiga qaramagan yo‘lda o‘lar.

Yo‘l bilmasang, yo‘lchiga boq.

Yaxshi yo‘ldosh yo‘lga boshlar,
Yomon yo‘ldosh yovga tashlar.

Hunar bilgan och qolmas,
Yo‘l tanigan kech qolmas.

Yo‘lga chiqqan yo‘ldan topar

Yo‘ldoshing olaqarg‘a bo‘lsa,
Yemishing go‘ng bo‘lar.

Yigitni yo‘l boqar.

Yo‘lga chiqqan yo‘ldan topar

Yo‘l topguncha, yo‘ldosh top.

Ham sayohat, ham tijorat.

Yo‘lchi yo‘lini bilar,
Tegirmonchi — do‘lini.

Yurgan — daryo,
O‘tirgan — bo‘yra.

Sevinch va g‘am haqida maqollar

Yo‘l o‘g‘risi bo‘lsang ham,
Yo‘ldosh o‘g‘risi bo‘lma.

Yo‘lda yurgan yo‘l tanir,
Cho‘lda yurgan cho‘l tanir.

Yo‘ldoshi yomonni yov olar.

Sipohi bilan do‘st bo‘lma,
Yomon bilan — yo‘ldosh.

Yo‘ldosh aybini yo‘l ochar

Yo‘rtoq yo‘rg‘aga yo‘ldosh bo‘lmas,
Burgut qarg‘aga sirdosh bo‘lmas.

Yo‘lni yo‘lchi yengar.

Yo‘ldosh aybini yo‘l ochar

Yurgan yo‘ldan topadi,
O‘tirgan qaydan topadi.

Yomon yo‘ldoshdan yomon tayoq yaxshi.

Olis yo‘l otni sinar,
Og‘ir yo‘l mardni sinar.

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Yo‘l tani, yo‘lga chiqsang, do‘st tani.

Yo‘l azobi — go‘r azobi.

Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar,
Ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.

Yo‘l yursang, sinab yur,
Sinab yurmasang, o‘lchab yur.

5/5 - (9 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Yoshlik va Keksalik haqida maqollar to‘plami
  2. To‘y va Motam haqida maqollar to‘plami
  3. Sevinch va G‘am haqida maqollar to‘plami
  4. Dehqonchilik va Chorvachilik haqida maqollar to‘plami
  5. Sog‘lik, Tozalik va Bemorlik haqida maqollar to‘plami
  6. Mamnunlik va Afsuslanish haqida maqollar to‘plami
  7. Ehtiyotkorlik va Ehtiyotsizlik haqida maqollar to‘plami
  8. Farovonlik va Yetishmovchilik haqida maqollar to‘plami
  9. Imkon va Imkonsizlik haqida maqollar to‘plami
  10. Vaqt va Fursat qadri haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *