Stressdan tezda qutulish uchun 20 aniq tavsiyalar

Depressiya — uzoq vaqt mobaynida o‘ta tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va har qanday ongli faoliyatga bo‘lgan intilishning so‘nishi bilan kechuvchi kasallikdir. Ayollar erkaklarga qaraganda 2 barobar ko‘proq depressiyaga chalinishadi.

Bular o‘ziga ishonmaslik, g‘amginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir qolipga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu holatlar ko‘pgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.

Реклама
Stressdan qutulish uchun tavsiyalar

Surunkali o‘ta toliqish ruhiy ozor yetkazadigan sharoit, g‘am-g‘ussalar ham depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Ba’zi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, ba’zan hatto harakat qilish qiyinlashadi.

Bemor g‘amgin ko‘rinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi o‘zgaradi, boshi og‘riydi, qabziyat bo‘ladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi. Depressiyaning ba’zi turlarida bemoro‘zini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azob-uqubatlarga duchor bo‘ldim deb o‘ylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi.

Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo’ladi?

Реклама

Ushbu holat moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. Ushbu dardga chalinmaslik va undan uzoqroq yurish uchun ushbu tasviyalarga diqqat qiling.

1. Ish paytida vaqti-vaqti bilan mashqlar bajaring, bir xil holatda ko‘p o‘tirib qolmang.

2. Chuqur, sekin nafas oling va chiqaring hamda bo‘shashing. Asabiylashsangiz bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling va jilmaying.

3. Ijobiy stresslar, haqiqiy kulgu va jilmayish bosh miya qon tomirlari orqali o‘tadigan qon miqdorini oshirib, miya to‘qimasini kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

Реклама
Depressiyadan halos bo'lish

4. Bir vaqtning o‘zida kulish ham yig‘lashni beg‘ubor bolalardan o‘rganish zarur. Emotsiyalarni chiniqtirish va tarbiyalash lozim.

5. Yoqimli musiqaning salbiy emotsiyalarni bosish va charchoqlik hissini yo‘qotishda ahamiyati katta.

6. Musiqa va she’riyat insonning so‘z orqali ifodalay olmagan nozik tuyg‘ularini ifoda etadi va tanaga orom bag‘ishlaydi.

Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat

Реклама

7. Zerikarli, hayotdan noliydigan insonlardan yiroq bo‘ling.

8. Ish qog‘ozlaringiz, narsalaringiz,uydagi jihozlarni tartibga va bir tizimga keltirib oling.

9. Ertalab odatdagidan 10 daqiqa oldin turing, kiyadigan kiyimlar, zaruriy ish qog‘ozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qo‘ying va hakozo.

Stress bu tushkun kayfiyat

10. Kundalik turmushni yaxshi tomonga o‘zgartiring, yangi soch turmagi, yangi kiyim, kostyum va hakozo. Bu sizga hayotiy quvonch bag‘ishlaydi, o‘zingizga hurmatingiz ortadi.

Реклама

11. 7-8 soat to‘yib uxlang.

12. Bugungi ishni ertaga qo‘ymang, bu stress chaqiradi.

13. Kechirimli bo‘ling, unuting, shikoyat, arz qilmang, baqirmang, odamlardan nolimang, ularning xarakteri va imkoniyatlari har xil ekanini tushuning.

Vaziyatni to’g’ri baholashga yordamlashuvchi 15 dono fikr

14. Uyda, ishda, jamoada sog‘lom ruhiy muhitni yaratish, bir biriga yaxshilik istagi va o‘zgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi.

Реклама

15. Dam olish kunlarini yaxshi o‘tkazishga harakat qiling, ijodiy yondoshing, bir xil turmush tarzini yaxshi tomonga o‘zgartiring.

Depressiya xotirani susaytiradi

16. Faqat yaxshi niyatda yuring, fikringiz ezguliklar bilan band bo‘lsin.

17. Xotirangizga ishonmang, kundalik tuting va eng asosiy ishlarni yozib boring.

18. Asabiylashish tufayli paydo bo‘lgan adrenalin (energiya)ni mushaklarga berish lozim, shunda asab tolalari va qon tomirlar himoyalanadi.

Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri

Реклама

19. Chin kulgu miyani chiqindilardan tozalab, ruhiyatni tetik va yengillashtiradi, kayfiyatni ko‘tarib, taranglashishni kamaytiradi.

20. O‘ksinish, xafagarchilikni tezda yoddan chiqarish, kek saqlamaslik, ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo'ladi?
  2. Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat
  3. Vaziyatni to’g’ri baholashga yordamlashuvchi 15 dono fikr
  4. Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri
  5. Yangi ishga kirgan inson uchun kerakli 5 maslahat
  6. Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi
  7. Shaxsiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan 10 qadam
  8. Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat
  9. Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar
  10. Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *