Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat
Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning o‘z ishini tashkil etmoqchi bo‘lganlarga ishtiyoq beradigan tavsiyalari bilan bo’lishamiz, o’ylaymizki ushbu tavsiyalar sizga qo’l keladi.
Biznesingizni reklama qiling
Agar mahsulot va xizmatingizning afzallik jihatlari haqida gapirmasangiz, u haqida hech kim tasavvurga ega bo‘lmaydi. Bugun o‘z-o‘zini reklama qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar a’lo darajadagi vosita sanaladi. U yerda sizni ko‘plab istiqboldagi mijozlar tanishadi.
Vaziyatni to’g’ri baholashga yordamlashuvchi 15 dono fikr
Harakatlaringizni rejalashtiring
Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun aniq maqsadga ega bo‘lish lozim. Biroq bu eng muhimi emas. Maqsadga erishishning qadam-baqadam rejasi bundan-da muhim sanaladi.
Faol harakatlarga kirishishdan avval strategiya ishlab chiqing. Biznes-rejani tayyorlash ehtimoldagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va istalgan natijalarga erishish imkonini beradi.
«Ko‘p yillar avval kimdir daraxt ekkani uchun bugun o‘zgalar soyada o‘tiribdi».
Uorren Baffet, tadbirkor, dunyodagi yirik sarmoyador.
Tavakkaldan cho‘chimang
Aks holda odatiy chegaralardan chiqa olmaysiz. Dastlab ko‘plab tavakkal qadamlar tashlashga to‘g‘ri keladi. Oldingizda murakkab tanlov bo‘ladi. Biroq xatolar qilishdan cho‘chimang. Chekinmang va olg‘a harakat qilishda davom eting.
«Shu qadar tez sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatsizlikka uchrashning eng ishonchli usuli – tavakkal qilmaslik». Mark Sukerberg, Facebook asoschisi.
Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri
Iroda kuchini yo‘qotmang
Kimdir muvaffaqiyatingizga shubha bilan qaraydi. Yana boshqa birov muhokama qiladi. Boshqasi esa sizni to‘xtatishga intiladi. Sog‘lom bo‘lmagan tanqidga e’tibor bermang. Agar biror narsaga qaror qilgan bo‘lsangiz, maqsadingiz sari olg‘a qadam tashlang.
«Ishonchim komil, muvaffaqiyatli tadbirkorni muvaffaqiyatsizidan sabr va qat’iyat ajratib turadi».
Stiv Jobs, Apple asoschisi.
Mijozlar manfaatini hisobga oling
Har qanday startapning birlamchi vazifasi – mijozlar ehtiyojlarini qondirish. Mijozlar bilan yaxshi munosabatlar – muvaffaqiyatli biznes kaliti. «Biznesning maqsadi – mijoz yaratish va uni ushlab qolish». Piter Druker, iqtisodchi, menejment nazariyashunosi, yozuvchi.
Yangi ishga kirgan inson uchun kerakli 5 maslahat