Sochlar tez yogʻlanib qolishiga muhim 8 sabab

Bu muammo sochlaringiz siyrak yoki qalin, sogʻlom yoki, aksincha, shikastlangan boʻlishidan qatʼi nazar paydo boʻlishi mumkin. Chunki sabab sochda emas. Balki boshni tez-tez yuvayotgandirsiz? Sochlarning tez yogʻ boʻlishining sizga maʼlum boʻlmagan sabablari quyida havola etiladi.

Soch tez yog'lanishi sabablari

Sochga qoʻl bilan tez-tez tegasiz — Bekorchilikdan, noz-karashma qilganda bilmagan holda barmoqlar bilan sochlarni tarab oʻtirish odatga aylanishi. Mushkul muammoni hal qilayotganda, shubhasiz, qoʻllaringiz bilan boshingizni ushlaysiz. Odatlaringizga eʼtiborli boʻling — yuqoridagi harakatlarning barchasi kaftlardagi tabiiy yogʻning soch tolalariga oʻrnashib qolishiga olib keladi.

Boshni kunora yuvasiz — Gʻalati paradoks, ammo haqiqat. Shampun sochlar va bosh terisidagi tabiiy yogʻlarni ketkizadi, bu ularning quruq boʻlib qolishiga va organizm yoʻqotishlarni qoplash uchun koʻproq yogʻ ishlab chiqarishiga sabab boʻladi. Kunora ehtiyojsiz ravishda bosh yuvish yaramaydi. Sochingizni haftasiga ikki marta yuvish kifoya.

Kechasi umuman yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 mahsulot

Muammo konditsionerdadir? — Balki siz juda kuchli konditsioner turini tanlagan boʻlishingiz mumkin, bu sochingizni ogʻirlashtiradi va ular chigal boʻlmaydi. Konditsionerni qoʻllagandan keyin yaxshilab yuvib tashlanmasa, soch uchlariga emas, ildiziga koʻp surtilsa ham, sochlar tez yogʻlanadi.

Sochni ko'p tarash yog'lantiradi

Sochlarni tez-tez tarash — Bosh terisini massaj qilish yoqimli va foydali, ham sochlarning chigali ochiladi. Ammo tarash vaqtida yogʻ ishlab chiqarish ikki hissa ortadi.

Sochning dam olishiga yoʻl qoʻymaysiz — Agar muntazam quruq shampundan foydalansangiz, ertami-kechmi, bosh terisidagi teshikchalar yopilib qoladi. Oyiga 3-4 marta quruq sochga moʻljallangan shampun bilan birga tozalovchi va jilo beruvchi shampunlarni ham qoʻllab turish soch va bosh terisi salomatligini tiklaydi.

Barmoqni kesib olganda qonni qanday to‘xtatish kerak?

Ukladka taroqda sochlarning toʻplanishi — Soch yogʻlanishining yana bir sababi shuki, ukladka taroqni ishlatish vaqtida unda avvalgi safarlardan qolgan sochlarning boʻlishi. Bu bilan taroqdagi sochlar yogʻini yangi yuvilgan sochlaringizga oʻtkazasiz. Bu eng keng tarqalgan sabab, ammo koʻpchilik buni bilmaydi.

Ukladka taroqda sochlarning toʻplanishi

Parvarish vositalarini notoʻgʻri tanlash — Parvarish vositalari soch turiga mos kelmasligi mumkin. Oddiyroq mahsulotlarni tanlang va “jilo beruvchi va namlovchi” xususiyatlarni vaʼda qiladigan mahsulotlardan qoching. Chunki ular quruq va taʼsirchan sochlarga moʻljallangan, siz uchun esa bular ortiqcha.

Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot

Kir taroqlar — Kir taroqlardagi yopishqoq qatlam oʻziga chang toʻplaydi va undan foydalanayotganda toza sochlarni ham yogʻlantiradi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *