Bolani tarbiyalashda eng ko’p uchraydigan xatolar

Ota-onalar uchun farzand tarbiyalash oson ish emas. U xato va kamchiliklarsiz kechmaydi. Quyida eng ko’p uchraydigan xatolar keltirilgan bo’lib, ulardan xoli bo’lish farzandingizni toʻgʻri tarbiyalashingizga yordam beradi:

Bolani tarbiyalashda ko'p uchraydigan xatolar
  1. Bola bilan yumshoq gaplashishdan qo‘rqmang. Yomshoqlik qat’iyatlilik bilan birga bo‘lsa, bola injiqlik qilmaydi. Qat’iyatsiz yumshoqlik bola tarbiyasining buzilishiga olib keladi.
  2. O‘rgatishning o‘rniga tanbeh bermang. Bola xato qilib qo‘ysa, uni shu zahoti koyishga yoki jazolashga shoshilmay, unga avval nima qilish kerakligini o‘rgatish lozim.
  3. Bola noma’qul ish qilganida unga vaqt bering. O’sha zahoti aytilgan 1000 dona so‘zingizdan biri ham bolaning qulog‘iga kirmay qolishi mumkin.
  4. Qonunlarga qat’iy rioya qiling. Bola sizdan nima kutishi kerakligini bilsa, uni boshqarish osonroq bo‘ladi.
  5. Bolani «Barakalla», deb maqtagandan ko‘ra, aynan qilgan ishini aytib maqtang. Masalan, «uylarni toza yig‘ibsan», «darsingni yaxshi qilibsan», «qoshiqlarni saranjom solibsan» va hokazolar.
  6. Bola asabiylashsa, unga imkon bering. Bola ham o‘z hissiyotlarini chiqarishni istaydi. Asabiylashayotgan bo‘lsa, sabr qiling. O‘ziga kelganidan so‘ng jahl qilmasdan muammosi haqida gaplashing.
  7. Birovlardan uyalmang. Ko‘pincha, ota-onalar bolasining biror qilig‘idan birovning oldida uyaladi. Birovning ko‘zi uchun bolani tarbiyalamang.
  8. Jahl ustida jazolamang. Bola yomon ish qilib qo‘ygan bo‘lsa, qizishib ketmang. Vaqt o‘tib, jahldan tushganingizdan so‘ng bunga ehtiyoj sezsangiz, unga jazo tayinlashingiz mumkin.
  9. Bola baqirayotgan bo‘lsa, siz ham qo’shilishib baqirmang. Sizning tinchlana olishingiz bolaga kuch beradi, sizga qarab u ham tez tinchlanadi.
  10. Aybdor bo‘lsangiz boladan kechirim so‘rashga qo‘rqmang. Birinchidan, bola kechirimli bo‘lishni o‘rganadi, ikkinchidan u ham kechirim so‘raydi, uchinchidan munosabatlaringiz iliqlashadi.

Ota-onalarga bola tarbiyasi borasida 10 muhim tavsiya

Bolalarning quyidagi 10 fazilati sizga o‘rnak bo‘lishi kerak

Charchoqni his qilish. Bola charchasa, ovqat yeb turgan joyida uxlab qolishi mumkin. Bola charchog’ini bilib shu zahoti dam oladi. Kattalar esa charchasa ham ish ko’pligidan yoki boshqa sabablar tufayli dam olish kerakligini unutib qoʻyadilar.

Yomonlikni tezda esdan chiqara olishi. Bolani yig’latish juda oson. Shunga qaramay, u bir necha daqiqadan so’ng hech narsa bo’lmagandek yana o’ynab kulib yuraveradi. Kattalar esa kimdandir xafa bo’lsa, bir necha kun yoki yillab alamini ichida saqlab yuradi. Agar ular ham bolalar kabi alam va qayg’uni oson unutib yuborishni bilganlarida, yashash ancha oson bo’lar edi.

Bolalar yomonliklarni tezda unutadi

Shoshmaslik. Bolada rejim degan tushuncha yo’q. U o’zi istagan payti ovqatlanadi, o’zi istaganda uxlaydi va o’zi istaganda o’ynaydi. Kattalar esa, ma’lum bir rejimda yashab qayergadir shoshaveradilar. Shoshilishga ehtiyoj bo’lmaganda ham shoshmasdan ish ko’ra olmaydilar.

Organizm talabini bilish. Bola faqat o’zi istagan narsani yeydi. Agar biror nima yoqmasa, bola hech qachon uni yemaydi. Kattalar esa, aksincha , ozish va boshqa sabablarga ko’ra o’zlari istamagan narsalarni yeyishga o’rganib qolishgan. Buning natijasida esa stress paydo bo’lishi mumkin.

Bolalarni tarbiyalash uchun mashhur psixologdan tavsiyalar

Savol berish. «Nega quyosh dumalab ketmaydi?», «Nega mushuk orqa oyoqlarida yurmaydi?» kabi bolalarning beg’ubor savollari ularni dunyoga qarashi naqadar go’zal ekanligidan dalolat beradi. Bolaning shu kabi savollariga javob berishdan bosh tortmang.

O’ynab-kulib yashash. Bola har bir ishni o’yin bilan qiladi, bola taassurotlar va tasavvurlar bilan yashaydi. Agar kattalar ham uy ishlarini qilish, ovqat pishirish yoki boshqa ishlarini o’ynab-kulib bajarsalar, ish ham yoqimli bo’lib qoladi.

Yosh bolaga qitmirlik qilish kerak

Qitmirlik qilish. Gohida bolalarcha qitmirlik qilib, bolalarcha beg’ubor kulish, hech narsa haqida o’ylamay bir zumga «bola» bo’lib qolish kattalar uchun foydali bo’ladi. Faqat me’yorni unutmang, siz qilgan hazil boshqa birovga ozor yetkazmasligi kerak.

Narsaga yangidan nazar solish. Ahamiyat bersangiz bolaga bir multfilmni 10 marta qo’yib bersangiz ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Chunki u har safar unga turlicha nazar bilan qaraydi. Siz ham har kungi ishlarga, atrof-muhitga turlicha qarash bilan nazar sola biling. Shunda hayot qiziqarli ko’rinadi.

Yaxshi ota-ona bo’lish uchun nima qilish kerak?

O’z-o’zinini sevish. Bolalar kabi kattalar ham bir oz egoist bo’lib, o’zlari haqida o’ylashni, o’zini sevishni unutmasligi lozim.

Faol bo’lish. Bola bir joyda o’tira olmaganidek, kattalar ham doim harakatda bo’lishlari lozim. Shunda hayot zerikarli o’tmaydi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *