Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bolalarni erta uxlatish ularni sog‘lom qiladi va onaning ruhiyatini mustahkamlaydi. Melburndagi Merdok instituti olimlari 4 va 7 yoshli 10700 nafar bola va ularning ota-onalarini o‘rgandi. Bir necha yil o‘tgach bolalar o‘z navbatida 7 va 10 yoshda bo‘lganda tadqiqot davom ettirildi.
Unga ko‘ra, erta uxlaydigan bolalar bunday odatga ega bo‘lmagan tengdoshlariga qaraganda ancha sog‘lom. Bundan tashqari, bu sog‘lom bolalarning onalari stress va nevrozlarga kamroq moyilligi kuzatildi.
Uyquga kech yotadigan bolalar sog‘lig‘ining yomonligidan tashqari, bir necha yil shu rejimda yashaganidan so‘ng xulq-atvorning salbiylashishi aniqlandi. Albatta, bu jinoyatchi degani emas, ammo itoatsizlik va intizomning yetishmasligi paydo bo‘ladi.
Loyihaning yetakchi tadqiqotchisi Jon Kuach buni quyidagicha yakunladi: “Erta yotish nafaqat bolalarning o‘zlari uchun, balki ota-onalar uchun ham foyda keltiradi”.
Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
Nega erta uxlash ijobiy ta’sir ko‘rsatadi?
Sababi, yosh bolalarda uyqu gormoni – melatonin kechki soat sakkizda eng yuqori nuqtaga yetadi. Bu vaqtda yoki birozdan keyin uxlab qolish bolalarga yaxshi uxlash va sog‘lom o‘sishga imkon beradi.
Ota-onalarning ruhiy salomatligi bilan qanday bog‘liqlik bor?
Birinchidan, qo‘shimcha vaqt paydo bo‘ladi va bu har bir inson uchun zarur. Ikkinchidan, uxlab yotgan bola kun bo‘yi noma’lum sabablarga ko‘ra injiq bo‘lganidan ko‘ra kamroq muammo tug‘diradi.
Bolalar qancha erta yotishi kerak?
Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
Avstraliyalik olimlar eng yaxshi yotish vaqtini 20:30 deb belgilagan. Qanday bo‘lmasin, Avstraliyada bu yosh bolalar uchun eng keng tarqalgan an’anadir va ehtimol yarim soatlik farq sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tadqiqot davomida hal qiluvchi rol uyqu davomiyligi emas, balki bir umrga kasallikka chidamli bo‘lish aniqlandi. Bolalarning uxlashi bo‘yicha umumiy tibbiy tavsiyalar kichik o‘quvchilar uchun 9-11 soat va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 10-13 soat.
Bunga qanday erishish mumkin?
Olimlar barcha shovqinli o‘yinlarni yotishdan bir soat oldin to‘xtatishni va barcha elektron stimullarni, ya’ni televizor, kompyuter va boshqalarni o‘chirishni tavsiya qiladi. Yorqin ekranlar miyani rag‘batlantiradi va melatonin ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
Lekin tinglash, jonli o‘qish, xoh ertak yoki musiqa bo‘lsin, aksincha, uxlab qolishga yordam beradi. Odam quloq solsa, yurak urishi sekinlashadi va qon bosimi pasayadi. Natijada uyqu sifati yaxshilanadi.
Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
- Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
- Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
- Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
- Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar
- Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?
- Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?
- Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli
- Bolani tarbiyalashda eng ko'p uchraydigan xatolar
- Ota-onalarga bola tarbiyasi borasida 10 muhim tavsiya