Yozgi tatilda bolani qanday band qilish kerak?

Yangi xobbi topamiz! Yozgi taʼtil – biron yangi mashgʻulot boshlashning ayni vaqti. Axir, shoshadigan joyimiz yoʻq, vaqt yetarli. Astronomiya toʻgaragimi, yogʻoch oʻymakorligimi – farqi yoʻq, asosiysi bolangizga yangi mashgʻulot boshlashiga yordam bering.

Yozgi tatilda bolani band qilish

Xar yakshanba – yangi ertak: Dam olish kunlari maʼlum bir ertakka bagʻishlangan mavzuli kechalar tashkil qiling. Masalan, «Kelayotgan yakshanba «Qizil qalpoqcha» ertagiga sayohat qilamiz» deya eʼlon qilasiz. Bolalar hafta davomida shu kunga hozirlanishadi, kostyumlar, dekorasiyalar tayyorlashadi.

Yakshanba kuni kechani oʻtkazasiz va yanagi yakshanbaning mavzusini eʼlon qilasiz. Nafaqat ertak, balki multfilm, filmlarni ham mavzu qilib olish mumkin.

Bola tarbiyasidagi eng muhim 4 ta bosqich

Harakatli oʻyinlar oʻynang: Afsuski, hozirgi bolalar bunday oʻyinlardan ancha uzoqlashib ketishgan. Ammo ular yangilikka oʻch, unutilgan oʻyinlarni (chillak, jama, lapta va h.k.) qaytdan oʻrgatsangiz, jon deb oʻynashadi. Shuningdek, zamonaviy harakatli oʻyinlar (masalan, tvister) ham ularga yoqadi.

Ular bolalarning nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy jihatdan ham rivojlanishiga yordam beradi, ularda jamoa boʻlib ishlash, tengdoshlar bilan muloqot qilish malakalarining shakllanishiga yoʻl ochadi.

Sayr qiling: Shunchaki oddiy sayr emas, maʼrifiy bir tadbir boʻlsin. Masalan, kechqurun salqinda koʻcha aylanib yurib, tabiat hodisalari, oʻsimliklar, hasharotlar haqida bolaga qiziqarli faktlarni soʻzlab berasiz (avvaldan sayrga tayyorgarlik koʻrasiz, albatta.

Internet, kitob titish degandek…) Yozda koʻpgina tabiat hodisalari, oʻsimliklar, qushlarni tabiiy holda koʻrsatib tushuntirish imkoniyati katta.

Farzandingiz bilan sayrga chiqing

Birinchi asarini yozsin: Agar farzandingiz adabiyotga qiziqsa, turli insholar, hikoyalar, sheʼrlar mashq qilib tursa, unga kundalik daftar tutishni maslahat bering. Voqealarga boy taʼtil kunlari boshlamasa kundalikni, qachon boshlaydi? Kundalik kelajakdagi ijodiy ishlarda juda asqotishini bolangizga tushuntiring.

Qarabsizki, taʼtil soʻngida kichkinagina kitobcha tayyor boʻlib turibdi-da. Uni kitob shaklida bir nusxada chop ettirib berishingiz mumkin. (zamonaviy poligrafiya bunga imkon beradi).

Farzandni internetdagi behayolikdan qanday asrash kerak?

Koʻrgazmalar tashkil qiling: Farzandingiz foto olishga qiziqadimi? Unda mobilʼ telefon yoki arzonroq kamera yordamida oʻz fotokoʻrgazmasini yaratsin. Rasm chizishga qiziqsa, rasmlar koʻrgazmasi, tikishga qiziqsa liboslar, oʻymakorlik yoki kulolchilikka ishtiyoqi boʻlsa – amaliy sanʼat koʻrgazmalarini tashkil qilish mumkin.

Ushbu koʻrgazmalar, shunchaki, xovlida yoki mehmonxonada oʻtkaziladi va unga oila aʼzolari hamda bolaning doʻstlari taklif etiladi. Tadbirdan fotohisobotlar tayyorlasangiz, maktabga borganida tengdoshlariga maqtanadi, yil davomida eslab yuradi.

Koʻrgazmalar tashkil qiling

Kitob oʻqiting: Bu hech qachon eskirmaydigan va koni foyda mashgʻulot. Kitoblarni did bilan tanlab bering. Bola duch kelgan narsani oʻqiyvermasin. hozir uning xotirasi yaxshi, uni turli adabiyot chiqindilari bilan toʻldirmang, haqiqiy durdona asarlarni topib bering. Bu borada oʻzingiz maʼlumotga ega boʻlmasangiz, biladigan odamlardan soʻrang.

Hozir internetda ham «Bolalikda oʻqilishi lozim 20 ta zarur kitob» singari kitoblar reytinglari koʻp. Kitob bozori esa bolalar uchun xilma-xil kitoblarni taklif etadi. Tanlashda nafaqat nasriy, sheʼriy asarlarga ham eʼtibor bering.

Bolani ozodalikga o‘rgatish uchun tavsiyalar

Aqlli oʻyinchoqlar tanlang: Olaylik, farzandingiz koʻchaga chiqishni, oʻrtoqlari bilan oʻynashni yoqtirmaydi. Uni uyda kompʼyuter, planshet, telefon, televizor singari turli gadjetlar bilan yolgʻiz qoldirmang. Mozaika, pazl, konstruktor singari har xil aqlli oʻyinchoqlar olib bering. Shaxmat va shashka oʻynashni oʻrgating.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *