Gazli ichimlikdan ham xavfli bo‘lgan 5 ichimlik
Har kuni ichadigan ichimliklarimiz orasida gazli va spirtli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan ichimlik turlari mavjud. Yaqinda Ben-Gurion universiteti olimlari insonlar uchun eng zararli ichimliklar reytingini tuzdi.
Achchiq qahva — Qahva me’yorida ichilsa, foydali: u uyg‘onishga, tetiklanishga va metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Biroq qahva juda achchiq bo‘lsa, u vazospazmga olib kelishi mumkin — bosim keskin ortadi, keyin esa keskin tushadi.
Natijada inson o‘zini yomon his qiladi. Yallig‘langan arteriyalar spazmlardan charchagan miya kabi, bunday tajribadan so‘ng yomon ta’sirni o‘tkazishi mumkin. Agar qahvaga shakar qo‘shilgan bo‘lsa, organizmga yanada ko‘proq zarar yetadi.
Xo‘jalik sovunidan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
Issiq choy — Choy ichishning qanday zararli tomoni bor, deb o‘ylashingiz mumkin. Masalan, xitoyliklar choyni deyarli to‘xtovsiz ichadi, biroq bu yerda zarar choyning haroratida. Biz issiq narsani yaxshi ko‘ramiz.
Barcha issiq ichimliklar (nafaqat choy, balki qaynoq qahva, issiq sho‘rva ichishni ham yoqtiramiz) qizilo‘ngachga yomon ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mikrotravma va mikroyallig‘lanishga olib keladi. Vaqt o‘tishi bilan bu sezilmaydigan muammolar onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, choyni sovitib ichishga harakat qiling.
Qadoqlangan sharbat — Bir quti sharbatda koladagidan ham ko‘proq shakar bo‘lishi mumkin. Ya’ni shirinliklar diabet, tishdagi muammolarni, ortiqcha vazn va boshqa turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday ichimliklarda vitamin va minerallar deyarli yo‘q, biroq ularda shakardan ham zararli bo‘lgan shirinlashtirgichlar bo‘lishi mumkin.
Kiyimdagi har qanday yog‘ dog‘larini tozalash usullari
Energetik ichimliklar — Yaqinda g‘arb ommaviy axborot vositalaridan biri dahshatli voqea haqida yozdi: yosh yigit, oila boshlig‘i, ikki farzandning otasi shu qadar ko‘p ishlaganidan energetik ichimliklarsiz yo‘lda uxlab qolgan. Oxiri esa juda yomon yakunlangan: u hozirda nogiron, shifokorlar yigit miyasining bir qismini olib tashlashga majbur bo‘ldi.
Stimulyatorlarning og‘ir dozasi tufayli yigit insultga uchradi. O‘zingizni o‘rtacha dozada energetik ichimliklar ichyapman, deb ovutmang. Energetik ichimliklar foydali emas, ya’ni ularning xavflilik darajasi yuqori. Shu bilan birga, bu ichimliklar insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yishini unutmaslik kerak.
Sotib olganingizdan so‘ng afsus qilishingiz mumkin bo‘lgan 10 buyum
Sutli kokteyl — Bu turdagi sovuq ichimliklar issiq ichimliklar bilan birdek muammolarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, sutli kokteyllar miyaga eng yoqimsiz ta’sir ko‘rsatadi.
Fitnes-trenerlar sutli kokteyllar yaxshi foyda keltirishiga ishonadi, bu ichimlik vazn orttirishga yordam beradi. Haqiqatan ham vazn orttirishni istasangiz, sog‘lig‘ingiz uchun sutli kokteyllarni biroz ilitib iching.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Tizzalarda artrit boshlanayotganidan ogohlantiruvchi simptomlar
- Xo‘jalik sovunidan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
- Kiyimdagi har qanday yog‘ dog‘larini tozalash usullari
- Sotib olganingizdan so‘ng afsus qilishingiz mumkin bo‘lgan 10 buyum
- Hammomdagi noxush hidlardan qutulishda 4 maqbul usul
- Stress holatidagi insonni tinchlantiruvchi 7 vosita
- Hech qachon xarid qilinmasligi kerak bo'lgan bolalar buyumlari
- Yalpizdan foydalanishda siz bilmagan eng ajoyib 3 usul
- Oq keda va krossovkani yangi holatidek ko‘rinishga keltirish usullari
- Uy sharoitida pashshalardan qutilishni eng oson usullari