Kiyimdagi har qanday yog‘ dog‘larini tozalash usullari

Ko‘plab uy bekalari kir yuvishda kiyimlardagi eski yog‘ dog‘larini tozalashga qiynaladi. “Noviy ochag” nashri kiyimlardagi eski dog‘larni samarali tozalashda yordam beradigan maslahatlarni taqdim etdi.

Yana bir haqiqat: Sintetik matolardagi yog‘ dog‘larini tozalash ancha qiyin va sintetik kiyimda ko‘proq qo‘llanilsa, bu muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq yog‘ dog‘larini olib tashlash mumkin. Agar vaqtni behuda sarflamasangiz va tez harakat qilishni boshlasangiz, dog‘ning izi qolmaydi. Deyarli barcha yog‘ dog‘lari issiq yoki iliq suvda yaxshi yuviladi.

Kiyimdagi yog' dog'larini tozalash usullari

Sotib olganingizdan so‘ng afsus qilishingiz mumkin bo‘lgan 10 buyum

Yog‘ dog‘larini olib tozalashda bo‘rdan qanday foydalanish kerak?

Texnik jihatdan, bo‘r kiyimdagi yog‘ dog‘larini iste’mol sodasi kabi tozalaydi va yog‘ni o‘ziga singdiradi. Katta va ketmaydigan dog‘larni tozalashda bu usul mos kelmaydi.

Yog‘ni qog‘oz sochiq bilan tozalash mumkin, keyin dog‘ tekkan joyga bo‘r surtib uning to‘liq so‘rilishini bir necha daqiqa kuting. Keyin, kir narsalarni iloji boricha tezroq kir yuvish vositasi va issiq suvda yuvish kerak.

Yog‘ dog‘larini tozalashda iste’mol sodasini qanday tartibda ishlatgan ma’qul?

Iste’mol sodasi matodagi yog‘ni o‘zlashtiradi. Shuning uchun biror narsani, masalan og‘ir palto yoki katta hajmli choyshabni yuvolmasangiz, dog‘ni iste’mol sodasi bilan tozalashga harakat qiling.

Birinchi navbatda dog‘ni qog‘oz sochiq yoki mato yordamida olib tashlang, kir joyga iste’mol sodasini seping va 24 soatga qoldiring. Shundan so‘ng, sodali suvni changyutgich yoki cho‘tka bilan olib tashlang va bu joyni sovun, suvda suyultirilgan sirka bilan tozalab oling. Agar dog‘ qolsa, jarayonni takrorlang.

Hammomdagi noxush hidlardan qutulishda 4 maqbul usul

Eski yog‘ dog‘larini qanday qilib tozalash mumkin?

Eski yog' dog'larini qanday qilib tozalash mumkin

Kiyimdagi eski yog‘ dog‘larni tozalash uchun biroz mehnat (va to‘g‘ri mahsulotlar) kerak bo‘ladi. Kiyimga yog‘ yoki moy dog‘i tekkanidan keyin darhol olib tashlay olmasangiz, quyidagi amallarni bajaring:

  • Mato quruqligida dog‘ni artib oling. Yog‘ga suv tegsa, yaxshi toza bo‘lmasligi mumkin. Quruq mato bilan ishlash ancha osonlashadi, shuning uchun kiyimingizni oldindan ho‘llash kerak emas;
  • Dog‘ ostiga bir parcha karton qo‘ying. Yog‘ boshqa joyga tegmasligi uchun uni kiyim qatlamlari orasiga qo‘ying. Har qanday karton qutini ishlatsa bo‘ladi;
  • Iloji boricha ko‘proq yog‘ni olib tashlashga harakat qilib, dog‘ni toza, quruq mato bilan artib oling. Agar ro‘molcha bo‘lmasa, toza salfetka yoki qog‘oz sochiqni ham ishlatsa bo‘ladi;
  • Dog‘ga idish yuvish vositasini surting. Suyuq idish-tovoq sovuni yog‘ni tozalashga juda yaxshi yordam beradi. Oldindan ishlov berish uchun dog‘ga bir necha tomchi suyuq idish-tovoq sovunini suring va uni namlang, dog‘ni barmoqlaringiz, toza yumshoq tish cho‘tkasi yoki mato bo‘lagida muloyimlik bilan artib oling. Kiyimga sovun surtib 5 daqiqaga qoldiring;
  • Sovun surtilgan joyni iliq suv bilan yuvib tashlang, keyin odatdagidek yuvib oling. Kiyimni oddiy oqartirgich (oq rangli kiyimlar uchun) yoki rangli liboslar uchun (rangli kiyimlar uchun) ishlatiladigan maxsus vosita yordamida issiq suvda yuvib tashlang;
  • Natijani baholashdan oldin kiyimni quriting. Nam kiyimdagi yog‘li dog‘larni ko‘rish qiyin bo‘lganligi sababli, libos quriguncha kutish kerak. Shundagina dog‘ning haqiqatan ham yo‘qolganini tushunasiz. Agar dog‘ yo‘q bo‘lsa kiyimni idish yuvish vositasi va issiq suvda yuvishingiz kerak bo‘ladi. Kiyimni quritmang, chunki issiqlik dog‘ni o‘rnashtiradi va uni olib tashlashni qiyinlashtiradi. Dazmollash ham qat’iyan man etiladi.

Hech qachon xarid qilinmasligi kerak bo’lgan bolalar buyumlari

Kiyimni kir yuvish mashinasida quritgandan keyin yog‘ dog‘larini tozalash mumkinmi?

Hech qanday muammo bo‘lmaydi, bu usulni sinab ko‘rishingiz mumkin. Bu faqat qo‘shimcha ishni talab qiladi. Quritish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqlik yog‘ni matoda “qotiradi” va bu rang o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Mahsulot samarali foyda berishini kuting va kiyimni yana odatdagidek yuvib oling. Ba’zan, yaxshi natijaga erishish va yog‘li dog‘ni tozalash uchun kiyimlarni uch marta yuvish kerak bo‘ladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *