Gamburger va xot-dog bulochkalarini tayyorlaymiz
Bugun sizlar bilan birgalikda gamburger va xot-dog nonlarini tayyorlaymiz.
Kartoshka va go‘sht qiymasidan to‘yimli pirog
Kerakli masalliqlar:
- 1 dona tuxum
- 1 stakan sut
- 4,5 stakan un (550 gr)
- 0,5 stakan suv
- 50 gr sariyog‘
- 7 gr quruq xamirturush (2 choy qoshiq)
- 2 osh qoshiq shakar
- 1-1/2 choy qoshiq tuz
Tayyorlanish usuli:
- Kichikroq qozonchani olib, suv, sut va sariyog‘ni solib qizdiramiz. Etibor bering, qaynab ketmasin, sariyog‘ eriguncha qizdirsangiz bas.
- Kattaroq hajimdagi idishga 3 stakanda un, shakar, xamirturish va tuz solib aralashtiramiz. So‘ngra yuqorida tayyorlab olingan sutli aralashmani ham qo‘shib hamir qoriymiz. Ortib qolgan un ustiga oz-ozdan sepib meyyoriga kelgunicha mushtlaymiz, (taxminan 8-10 daqiqa) Xamir silliq va elastik holatga kelishi kerak.
- Xamir tayyor bo‘lgandan keyin 12 dona mayda-mayda zuvalachalar yasab olamiz. Duxovkaning yog‘langan listiga zuvalachalarni terib ustidan sekin bosib-bosib chiqamiz va ustini yopib 30-40 daqiqa atrofida damga qo‘yamiz.
- Dam yegan zuvalachalarni 200 gradus harorat ostida, qizg‘ish holatga kelguniga qadar 10-12 daqiqa pishirib olamiz.
- Xot-dog bulochkasini tayyorlash uchun, zuvalani to‘rt burchak shakilda yoyamiz (15×10 sm). Uzun tomoni zich qilib ruletday o‘raladi va chetlari yopishtiriladi. 20-25 daqiqa damga qo‘yiladi va yuqorida ko‘rsatilgani kabi pishiriladi.
Balish tayyorlash retsepti bosqichma bosqich
zor menga yoqti
Salom Zilola! Fikringizdan xursandmiz.
Juda Ajoyib retsept ekan, rahmat kattakon.