Anor mevasining foydali xususiyatlari

Bugungi maqolamizda vitamin va antioksidantlarga boy bo‘lgan anorning foydali hususiyatlari haqida gapirib o‘tamiz!

Anorda naqd uchta turga mansub antioksidantlar bor, shuningdek oshlovchi moddalar, antosian va ellogol kislotasi ham mavjud. Bu meva o‘z holicha ham, sharbat ko‘rinishida ham iste’mol qilinganida ham foydali hususiyatini yo‘qotmaydi.

Anor mevasining foydali xususiyatlari

Parxezda bo‘lganlar diqqatiga: Kun davomida bir stakan anor sharbati qabul qilinsa, sezilarli vazn tashlash mumkin. Hamma gap meva tarkibidagi polifenol moddasida. U qorinni to‘q tutib, ishtaxani nazorat qilishda yordam beradi.

Baxtli insonlar amal qiladigan 10 odat

Aniqlanishicha, anor tarkibidagi yuqori darajali antioksidantlar yurak qon-tomir kasalliklaridan himoyalaydi. Yurak kasalliklari bilan og‘riganlar, shuningdek, profilaktika chorasi sifatida bir kunda 1-2 mahal yarim stakan anor sharbatini qabul qilishi mumkin.

Ich ketishi ichak infeksiyalariga bog‘liq bo‘lmaganida uni anor sharbati yordamida «hal» qilsa bo‘ladi. Buning uchun bir stakan meva sharbatini qabul qilish kifoya. Bordi-yu anor topilmasa, o‘rniga quritligan po‘stlog‘ini qaynatib ichsa ham bo‘ladi.

Milk bo‘shashishida anor po‘stlog‘ini qaynatib, og‘izni chayish tavsiya etiladi. Biroq qaynatmadan muntazam foydalanib bo‘lmaydi. U vaqtinchalik chora, holos. Nega deganda, anor tarkibidagi oshlovchi moddalar milklklar holatiga nojo‘ya ta‘sir ko‘rsatishi ham mumkin.

Anor mevasi iste’moli kimlarga mumkin emas?

Anorni iste'moli kimlarga mumkin emas

Anor po‘stlog‘ida alkaloid zaharli moddasi bor. Shu bois meva po‘stlog‘idan tayyorlangan damlamalar me‘yorini oshirib bo‘lmaydi. Arterial qon bosimining ko‘tarilishi, bosh aylanishi, qayt qilish istagining paydo bo‘lishi- bular anordan tayyorlangan damlama ta‘sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlardir.

Ahmoq kishilarga xos bo‘lgan 5 odat

Bundan tashqari, anordagi organik kislotalar tish emalini yemirishi mumkin. Shuning uchun anor sharbatiga ozroq suv qo‘shib qabul qilish tavsiya etiladi.

Anor sharbati – o‘tkir nafrit, gepatit, pankreatit, oshqozon kislotaliligining yuqoriligi bilan kechuvchi gastrit va me‘da yarasida tavsiya qilinmaydi.

Husnbuzarlar bilan kurashishda quyidagi usulni sinab ko‘rish mumkin: 1 choyqoshiq tuzga 2 oshqoshiq anor sharbati va shuncha miqdordagi kir sovun ko‘pigi aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma toshma ustiga surtiladi va 5-8 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayib olinadi.

Tomoq og‘riganida anor sharbati

Tomoq og‘riganida anor sharbati yoki po‘stlog‘idan tayyorlangan qaynatma yordamida tomoqni g‘arg‘ara qilish mumkin. Meva tarkibidagi askorbin va limon kislotalari bakteritsid ta‘sirni paydo qilib, shilliq qavat yallig‘lanishini kamaytiradi.

Quyosh nurlarining zararli xususiyati

Ishtahasizlik kuzatilganida har ovqatlanish oldidan yarim stakan anor sharbati qabul qilinadi. Qo‘l-oyoq shishishida kuniga 1-2 mahal anor sharbati iste‘mol qilish mumkin.

Anor doni va sharbati ichni qotirish hususiyatiga ham ega. Shu bois u qabziyatga moyilligi borlar uchun tavsiya qilinmaydi. Tavsiyalarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Zero, har bir organizm o‘ziga hos tuzilgan.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *