Maktab papkasi xaridi oldidan ota-onalarga foydali maslahatlar

Papka — ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak bo‘lgan o‘quv qurollaridan biridir. Noqulay va og‘ir aksessuar bo‘yin, yelka va umurtqa pog‘onasida qo‘shimcha yuk hosil qiladi, bu esa turli xil gavda buzilishlariga olib keladi. Farzandingizga ryukzak tanlashda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan bir qancha omillar mavjud.

Maktab papkasin qandayi to'g'ri tanlash kerak

Mato tarkibini o‘rganing — O‘quvchi belidagi stressni kamaytirishning usullaridan biri yengil materiallardan tayyorlangan papka tanlashdir. Bir nechta modellarni qo‘lingizda ushlab, solishtiring va mahsulot tarkibini o‘rganing: papka uchun ideal mato neylon, qolganlari qo‘shimcha og‘irlik beradi.

Yelim dog‘larini osongina ketkazish uchun ajoyib 5 usul

Stabillashtiruvchi tasmali modelni tanlang — Ko‘krak qafasidagi kamar orqani mahkam ushlashni ta’minlaydi, bel kamari esa yukni umurtqa pog‘onasidan oyoq va tos suyaklariga o‘tkazadi. Stabillashtiruvchi kamarlar, ayniqsa, to‘ldirilgan xalta bolaning umumiy og‘irligining 10 foizdan ortiq og‘irligi bo‘lsa, zarur. Elementlarning joylashishini tekshiring. Bel kamari qat’iy ravishda bolaning sonlari bilan mos kelishi kerak, ko‘krak qafasi esa harakatga va erkin nafas olishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

Maktab uchun qanday sumka tanlash lozim

To‘g‘ri o‘lchamli ryukzak xarid qiling — Ryukzak o‘quvchiga kerakli barcha narsalarni sig‘diradigan darajada katta bo‘lishi kerak. Biroq ayni paytda u bolaning gavdasidan katta bo‘lmasligi lozim. Ryukzakning maksimal kengligi tananing kengligi bilan mutanosib bo‘lishi kerak va uning balandligi yelkalaridan kurak oxirigacha bo‘lgan masofadan 4-5 sm masofada bo‘lishi lozim.

Jazirama kunlarda tanani sovitishning ilmiy isbotlangan usullari

Xavfsizlik hamma narsadan ustun — Katta zanjirli va boshqa dekorli modellarni xarid qilmang. Bunday bezaklar potensial xavflidir: agar ular yiqilsa yoki tasodifan yopilgan lift yoki avtobusning eshiklariga qisilib qolsa, bolaga shikast yetkazishi mumkin.

Ortiqcha narsa yuklamang — To‘la papka og‘irligi bola vaznining 10 dan 20 foizigacha bo‘lishi kerak. Misol uchun, 27 kilogrammli maktab o‘quvchisi 2,7 dan 5,4 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi papkani ko‘tarishi mumkin.

  1. Gulirano:

    Albatta, 1-sinfga borishi kerak bo’lgan bolalar tabiyki nimjon bo’lishadi, shuning uchunham maktab papkasini sotib olayotganda alohida etibor berish kerak bo’lgan jihatlari bor, masalan papka iloji boricha yengil materiyaldan qilingan bo’lishi kerak. Bu fikralarni maqullayman.

  2. Abulqosimbek:

    Ma’lumotlar foydaliligi va qiziqarliligi jihatdan menga yoqdi. Qo‘shimcha sifatida avtomobilga va tibbiyotga oid ma’lumotlar ham qo‘shilsa degandim. Zarur bir qismni telefon, kompyuter orqali ko‘chirib olish holati yo‘q ekan, shuni ham ochiq holda bo‘lsa ayniqsa topishmoqlar va foydali ma’lumotlar maktabda o‘quvchilarga dars jarayonida zerikib qolmasligini uchun qo‘lda yozmasdan chiqarib olardik. Oldindan raxmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *