Balish tayyorlash retsepti bosqichma bosqich

Balish tayyorlash retsepti: Balish, tatar oshxonasining eng muhim xamirli ovqatlaridan biri desak xato bo‘lmaydi. Shirinmi yoki yo‘q, ushbu taom birinchi marta tatib ko‘rilgandanoq tilda erib ketadi.

Balish tayyorlash retsepti

Tatar milliy taomi bo‘lmish balish retsepti yetarlicha oddiy bo‘lib, uni deyarli har bir xonadonda topiladigan kartoshka va go‘sht mahsulotlaridan tayyorlash mumkin.

Tayyorlash anchagina vaqt olgani bilan siz kutgandan ham ajoyib natija beradi.

Gamburger va xot-dog bulochkalarini tayyorlaymiz

Kerakli masalliqlar
Un — 750 gr
Tuxum — 1 dona
Smetana — 250 gr
Qatiq — 0,5 stakan
Sariyog‘ — 150 gr
O‘simlik moyi — 20 ml
Tuz — 0,5 choy qoshiq
Iste‘mol sodasi — 1 choy qoshiq
Go‘sht — 1,5 kg
Kartoshka — 1,5 kg
Piyoz — 2 dona
Qalampir — ta‘bga ko‘ra
Bulyon — 1 stakan

Tayyorlanish uslubi

Avvalo xamir qorib olish kerak. Chuqurroq idishga tuxum va tuz solib, aralashtirib oling. So‘ng ustidan smetana, qatiq, ezilgan soda, o‘simlik moyi va sariyog‘ qo‘shing. Barchasini aralashtrib bo‘lgach, un solib, xamir qoring.

Tayyor xamirni darhol suratdagi kabi teng bo‘lmagan 4 qismga bo‘lib oling.

Xamir qorib olish

Bo‘laklarning eng kattasi pirogning asosi bo‘ladi. Asos bo‘lakni yoyib, issiqqa chidamli formaga joylashtiring.

Go‘sht (qo‘y yoki mol go‘shti) va kartoshkani kubik shaklida to‘g‘rab oling. Ularni aralashtiring, ta‘bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Tayyor bo‘lgan aralashmani xamir ichiga soling.

Qo’y yoki mol go’shti

Xamirning ikkinchi qismini yoyib, asosning ustidan yoping. Chetlarini mahkam birlashtirib chiqing. Keyingi qadam — bezatish bosqichi.

Xamirning ikkinchi qismini yoyib

Kartoshka va go‘sht qiymasidan to‘yimli pirog

Pirog markazida kichik teshik hosil qilib, unga «qopqoq» yasab o‘rnating.

Pirog markazida kichik teshik

Ozroq sariyog‘ni eritib, pirogni yog‘lab oling. So‘ng +180 °C haroratgacha oldindan qizdirib olingan pechda 90 daqiqa davomida pishiring.

Pirogni yog’lab oling

Pirogni pechdan oling, ustidan 1 stakan bulyon quyib, yana pechga 45-60 daqiqa davomida pishirishga qo‘ying.

Pirogni pechdan oling

Tayyor bo‘lgan balishni choy va smetana bilan dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.

Yana ushbu Video orqali ham, balish tayyorlashning yana bir ajoyib retsepti bilan batafsil tanishib chqishingiz mumkin.

O‘zbekcha balish tayyorlash retsepti

Yuqoridagi Videodan farqli o‘laroq, sizlarga balish tayyorlashning yan bir o‘ziga hos uslubini taqdim etmoqchimiz.

Bu pirog xamiriga xamirturush solinmasligiga qaramay, u juda mayin va yumshoq bo‘lib pishadi. Go‘shtni esa o‘z ta‘bingizga qarab ishlatishingiz mumkin.

XAMIRIGA
350 gramm un
200 gramm margarin
300 millilitr kefir
2 choy qoshiq qabartma
Bir chimdim tuz
ASOSIGA
300 gramm qiyma
300 gramm kartoshka
250 gramm piyoz
0,5 choy qoshiq zira
Ta‘bga ko‘ra tuz va murch
Ustiga surtish uchun tuxum sarig‘i
Ustiga sepish uchun kunjut

1 — Bosqich

Qabartma va tuz bilan elangan unga margarinni qirg‘ichdan chiqaramiz va qo‘lda ishqalab qumoq holatiga keltiramiz.

2 — Bosqich

Kefir solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o‘rab, xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz.

3 — Bosqich

Asosini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyozni to‘rtburchak shaklida to‘g‘raymiz. Qiyma, kartoshka va piyozni aralashtirib, zira, tuz va murch sepamiz.

4 — Bosqich

Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lamiz. Birinchi bo‘lagini 0,3-0,4 sm qalinlikda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yoyamiz va uni pergament qog‘ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustidan bir xil qilib, asosini solamiz.

5 — Bosqich

Xamirning ikkinchi bo‘lagini ham yoyib, u bilan asos ustini yopamiz, yonlarini esa berkitib chiqamiz.

6 — Bosqich

Pirog ustiga tuxum sarig‘ini surtib, sanchqi yordamida bir-ikki joylarini teshib chiqamiz. Ustidan kunjut sepamiz.

7 — bosqich

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *