Tarqoq skleroz kasalligi va davolash usullari

Аksariyat hollarda bu kasallik asab tizimi mielinli qobig‘ining parchalanib, mielin qavati yemirilishi natijasida asab tizimida o‘choqli zararlanishlar paydo bo‘lishidan so‘ng kelib chiqishi mumkin.

Markaziy nerv tizimining og‘ir surunkali xastaliklaridan biri bo‘lgan tarqoq skleroz asosan, 20-40 yoshgacha bo‘lgan kishilar orasida ko‘proq uchraydi.

Tarqoq skleroz kasalligi va davolash

Tarqoq skleroz aslida erta nogironlikka olib keladigan nefrologik kasalliklar turiga kiradi. Bu xastalikning bugunga qadar kelib chiqish sabablari to‘liq aniqlanmagan.

Oshqozon og‘rig‘i va uy sharoitida davolash

Ammo autoimmun jarayonlar, viruslar, genetik moyillik, toksik mahsulotlarning ta‘sir qilishi, ma‘lum geografik sharoitlar ham tarqoq skleroz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi olimlar tomonidan e‘tirof etib kelinmoqda.

Tarqoq skleroz kasalligi sabablari va rivojlanishi

skleroz kasalligi sabablari

Tarqoq sklerozda mielin (nerv tolalarini bevosita o‘rab turuvchi parda) ning parchalanish jarayoni tufayli markaziy asab tizimining turli qismlarida chandiqlanishlar ro‘y beradi.

Ko‘proq bosh miyaning oq moddasida, miyachada, miya ustunida xamda orqa miyaning bo‘yin sohalarida chandiqlar hosil bo‘lishi natijasida nerv tolasidan impuls o‘tmay qoladi. Oqibatda nerv hujayrasi o‘z vazifasini bajara olmaydi.

Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi sabablar

  • Tez-tez virusli va bakteriyali kasalliklar bilan og‘rish (qizamiq, suvchechak, gepatit va boshqalar).
  • Nasliy moyillik (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh).
  • Yashash va ish sharoitlaridagi zararli ta‘sir etuvchi omillar (jismoniy zo‘riqishlar, qizib ketishlar, allergizatsiya, neyrotrop ta‘sir etuvchi zaharli omillar).
Kasallik rivojlanishi

Tarqoq sklerozning klinik kechishi kasallikning turiga bog‘liq bo‘lib, eng ko‘p va erta uchraydigan alomatlari ko‘rish qobiliyatining pasayishi (ayniqsa, jismoniy zo‘riqishdan so‘ng) va ko‘ruv maydonining torayishi hisoblanadi.

Shuningdek, yuzning bir qismida sezuvchanlik susayadi. Boshda birdan tok urgandek qattiq og‘riq yoki gemiparez, peshob kelishida o‘zgarishlar, yuz mushaklarida parez holati va nevralgiya, psixikaning o‘zgarishi, oyoq-qo‘llarda sezuvchanlik yo‘qolishi holatlari uchraydi.

Tarqoq skleroz: kasallikning asosiy belgilari

Bemorda dastlab harakat buzilishlari ro‘y beradi. Masalan, bemorning yurishi qiyinlashadi, yurganda mastga o‘xshab ko‘rinadi, qo‘l-oyoqlarida quvvat qolmaydi, harakatlanganda titroq turadi, harakat to‘xtaganda esa titroq bosiladi.

sklerozni asosiy belgilari

Keyinchalik kasallik zo‘rayib, titroq boshga o‘tadi, bemor hayajonlanganda titrash ko‘payadi, hatto uning qadam tashlashi o‘zgaradi, yerga qattiq-qattiq bosib (xuddi oyoqlari tanasini pastdan itarayotganga o‘xshab) yuradi.

Ba‘zi hollarda chayqalib, oyoqlarini yon tomonga tashlab qadam bosadi. Nutqida chalkashliklar ro‘y beradi.

Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash

Bemorning gap-so‘zlari sekinlashadi, iboralarni bo‘lib-bo‘lib talafuz qiladi. Аyrim hollarda to‘satdan yig‘lab yoki kulib yuborishi mumkin.

Ko‘pincha depressiya, dementsiya holatlari xam kuzatiladi. Аyrim bemorlarda sezgi buzilishlari kuzatilishi, dastlab vibratsion sezgi, ba‘zi hollarda esa mushak-bo‘g‘im sezgisi yo‘qolishlari bilan kechib, yuzaki (og‘riqni, issiq-sovuqni) sezish o‘zgarmaydi. Chanoq a‘zolarida peshob tutilishi kuzatiladi.

Ko‘z tubi tekshirilganda, ko‘rish nervi chakka qismining oqargani yoki atrofiyasi (kichrayishi) aniqlanadi.

Orqa miya suyuqligi olib tekshirilganda, unda aytarli o‘zgarishlar qayd qilinmaydi. Suyuqlik tiniq, bosimi oshmagan, hujayralar soni va oqsil miqdori sal ko‘paygan bo‘ladi.

Tarqoq sklerozning kechishi juda o‘zgaruvchan. Kasallik zo‘rayishi, ma‘lum vaqtdan keyin nevrologik belgilar yo‘qolib, bemor butunlay sog‘ayib ketsa-da, lekin tez orada yana kasallik qaytalashi mumkin. Umuman olganda, dard ko‘p yillar davom etishi ehtimoldan holi emas.

Dard belgilarining 30 yoshdan oldin paydo bo‘lishi, birinchi uch-besh yilda surunkali ravishda zo‘rayib borishi uning og‘ir turidan darak beradi.

Kasallikning kuchayishiga turli infektsiyalar, emlashlar, jarohatlanishlar, shikastlanishlar, jarrohlik muolajalari, asabiylashish va kamharkatlilik sabab bo‘lishi mumkin.

Skleroz kasalligini davolash

Bemorlar uchun maxsus tuzilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari foydali. Masalan, 15-30 daqiqa davomida suvda suzgandan keyin bemorning yurishidagi o‘zgarishlar ancha kamayadi.

Davo muolajalari shifokor tomonidan belgilanadi. Birorta dorini ichishdan avval shifokor bilan maslahatlashish, dorini qo‘llash haqidagi ko‘rsatma bilan yaxshilab tanishish shart.

Skleroz kasalligini davolash

Kasallikni yengishda o‘zingizga o‘zingiz yordam bering. Shifokor tavsiya qilgan dori vositalarni o‘z vaqtida qabul qiling. Sayr qiling, sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullaning. Ruhiy tushkunlikdan saqlaning.

Dush qabul qilayotganingizda suv iliq bo‘lsin, yoz kunlarida sovuq dush qabul qiling. Ovqatlanishga jiddiy e‘tibor qarating. Sariyog‘ va shirinliklardan tiyiling.

Hayvon yungi, qushlar pati, jun matolardagi allergenlar tarqoq sklerozni zo‘raytirib yuborishi mumkin. Xonangizda gullaydigan o‘simlik bo‘lmasin.

Asabni tinchlantirish uchun 7 samarali usul

Uyingiz doimo toza turishi, chang o‘z vaqtida artilishi shart. Bahor va kuz oylarida dori qutichangizda interferon bo‘lgani ma‘qul. Virusli infektsiya (O‘RVI) ga shubha bo‘lishi bilan bir necha tomchisini burunga tomizib olsangiz, kasallikning oldini olish mumkin.

Ko‘rish qobiliyatingiz pasaygan bo‘lsa, kompyuter va televizor oldida ko‘p o‘tirmang.

Tarqoq sklerozda mushaklar spazmi (tortilishi) kuzatiladi. Bunday holatda shifokor buyurgan davo choralarini qo‘llang.

Shuningdek, bosh miya faoliyatini rag‘batlantiradigan mashg‘ulotlar (masalan, shaxmat) va mantiqiy o‘yinlar foydalidir.

Tarqoq sklerozni butkul davolash qiyin, ammo o‘z vaqtida muolajalar o‘tkazib, bemorning bevosita intilishlari bilan kasallik belgilarini kamaytirish yoki kasallik belgilarn kuchayishining oldini olish mumkin.

  1. Maxliyo:

    Manda tarqoq skliroz kasaligi mavjud rosdan xam, yuqorida aytganday, sizdan bitta iltimos, Manga malakali mutaxasislani ismi xamda manzilin bersaez, raxmat oldindan.

  2. Sabohat:

    Assalomu alayko’m. Menga tarqoq skleroz diagnozi qo’yilgan, davolaydigan mutaxassis kerak edi.

  3. Ro'zimat:

    Assalomu alayko’m! Men shu kasallik bilan 2013-yildan beri davolanib keluvdim, afsus oyoqlarim ishlamay yotib qoldim.

  4. Umida:

    Men ham ushbu kasallik bilan kasallanganman. Hozirda davolanyabman. Asosiysi tushkunlikka tushmay olg‘a intilish.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *