Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash

Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash usullari: Shamollash – bu immun tizimining pasayishi, yuqumli kasalliklarning kuchayishidir. Odatda ko‘pchilik odamlar bu kasallikni ish, majburiyatlar sabab “oyoqda” o‘tkazishadi va oxir-oqibat buni xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunishmaydi.

Etiborsiz qoldirish og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan yurak-qon tomiri muammolarini, asab va nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun sog’likka ma’suliyat bilan qarab uyda yotib davolanish lozim.

Barcha materiallar faqat ma’lumot berish maqsadida joylashtirilgan, shifokor maslahatisiz ish tutmang!

Shamollash alomatlari
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash

Shamollash alomatlari

  • Tumov,
  • Aksirish,
  • Yo‘tal,
  • Kuchsizlanish,
  • Sustlik va bezovtalik,
  • Bosh og‘rig‘i,
  • Burun shilliq qavati va tomoq yallig‘lanishi,
  • Harorat ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.

Shamollash sabablari

  • Immunitet pasayishi,
  • Harorat o‘zgarishi,
  • Iqlim o‘zgarishi,
  • Sovuqotish (gipotermiya),
  • Stress,
  • Xarakatsiz turmush tarzi,
  • Sovuq ichimlik va ovqatlarni istemol qilish,
  • Noto‘g‘ri ovqatlanish,
  • Parazitlar mavjudligi.

Tarqoq skleroz kasalligi va davolash usullari

Shamollashni uy sharoitida davolash

Tanadagi har bir kasallik signal ishorasi ekanini unutmang. Shu tarzda tana o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatadi va to‘plangan toksinlardan tozalanadi. Bu kasallik aslida nima? Tanani tozalashga xalaqit bermaslik uchun kasallik paytida ko‘p ovqat yemaslikka xarakat qiling. (qoida tariqasida tananing o‘zi aytadi, ishtaha yo‘qoladi) va har qanday xolatda, dorilarni ishlatmang.

Virusli infeksiyada ular yordam bermaydi. Antivirual preparatlar samaradorligi isbotlanmagan. Vaziyatni bartaraf etish uchun xalq tabobati davolanish usullaridan foydalanish yahshiroqdir.

Xaroratni yiqitmang. Virus 38 da ko‘payishni to‘htatadi. Yuqori haroratsiz kasalliklar og‘irroq va uzoqroq kechishini o‘zingiz ham sezgansiz. Bundan tashqari haroratni tushiruvchi tabletkalar aks ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.

Shamollashni davolashda halq tabobati

  1. Iloji boricha ko‘p va sifatli, yahshi strukturaga ega bo‘lgan suv iching. Ko‘p issiq ichimliklarni ichish yahshi terlashga yordam beradi.
  2. Shamollashning birinchi alomatlarida, quruq hantalning suvli eritmasida oyoqlarni vanna qilish tavsiya qilinadi. 2-3 osh qoshiq kukunni issiq suvga solib eritib oling va oyoqni suvda 15-20 daqiqa ushlab turing. Keyin issiq paypoq kiying.
  3. Piyoz va sarimsoqpiyozni ko‘p istemol qiling. Shuningdek, mikroblar va viruslarni yo’q qilish uchun ularni tarelkada bemor xonasiga qo’yish tavsiya etiladi.
  4. Burun oqishiga qarshi burunga kolonxoe, aloe, yoki oq karamning yangi siqilgan sharbatini tomizing. Kolonxoe sharbati aksirishga olib keladi, buning natijasida shilimshiq chiqadi, oq karam sharbati esa shishlarga qarshi ajoyib ta’sirga ega, burun tiqilishi uchun samarali bo‘ladi. Burun oqishidan xalos bo‘lish uchun har burun burchagiga har kuni 3 tomchi sharbat tomizilishi kerak.
  5. Xonani tez-tez shamollatib turing, lekin yelvizakdan qoching. Shamollatish paytida xonani tark etish shartamas. Derazani ochib, eshikni berkitsangiz bo‘ldi. Toza xavo tez sog‘ayishga yordam beradi.

Limon va asal bilan zanjabil

Limon va asal bilan zanjabil
Limon va asal bilan zanjabil
  1. Zanjabilni maydalang va bir stakan suvda 30 daqiqaga qoldiring. (1ch. qosh. 200 ml suvda) eriguncha. Buni limon va asal bilan qabul qilish tavsiya qilinadi. Bu kombinatsiya mo’jiza yaratadi!
  2. Yo‘taldan xalos bo‘lish uchun limon va zanjabil sharbati aralashmasi yordam beradi. Ozroq asal qo‘shsa ham bo‘ladi. Kattalar uchun – 1 osh qosh. Kuniga 5-6 mahal. Bolalar uchun – 1 choy qosh. 1-3 osh qosh. suv bilan.

Asalli retsept

Asalli retsept
Asalli retsept
  1. Asal virusli kasalliklarda juda samarali vosita xisoblanadi. Uni giyohli choylarga qo‘shib qabul qilish tavsiya qilinadi. Lekin shuni esda saqlash kerakki suvni xarorati 40dan oshmasligi kerak, aks xolda ichimlik organizmga toksik ta’sir qilishi mumkin.
  2. 2 osh qoshiq asalga 4 osh qoshiq limon sharbati va 1 stakan issiq suv solamiz. Aralashma bilan og‘zingizni chaying. Ichish ham mumkin.
  3. Klyukva sharbatini asal bilan 1:1 nisbatda aralashtiring. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiq qabul qiling.
  4. Piyozni mayda to‘g‘rab, ustiga yangi siqilgan limon sharbati bilan qaynoq suv quying. Aralashmaga 1 choy qoshiq asal qo‘shing. 2 soatdan keyin “dori” tayyor bo‘ladi. Bu g‘ayrioddiy “dori”ni kuniga 3 mahal 1 osh qoshiq qabul qiling. Yo‘talga juda katta yordam beradi.

Oshqozon og‘rig‘i va uy sharoitida davolash

Shamollashda shipovnikni qanday qaynatilishi

Shamollashda shipovnikni qanday qaynatilishi
Shamollashda shipovnikni qanday qaynatilishi

Quritilgan rezavorlar tarkibi vitamin S ga boyligi bo‘yicha rekord qo‘ygan desa bo‘ladi. Shuning uchun ularni organizmni ximoya funksiyasini oshirish uchun qabul qilish tavsiya qilinadi.

Immunitetni mustahkamlash uchun shipovnikdan tayyorlangan qaynatma yoki damlamalarni ichish kerak. Buning uchun 2 osh qoshiq o‘simlikka 1 litr qaynoq suv quying. Keyin uni termosda qoldiring. 1 stakan shunday damlamadan qabul qilish oraganizmni virusga qarshi kurashish uchun barcha elementlar bilan ta’minlaydi.

Viburnum bilan choy

Bu ichimlik juda o‘ziga xos ta’mga ega va ko‘p yillar davomida shamollashni davolash uchun an’anaviy tibbiyotni sevuvchilar orasida mashxur bo‘lib kelgan. Ayniqsa u kuchli yo‘tal bilan yahshi kurashadi, juda samarali vosita xisoblanadi, bundan tashqari viburnumli choy yallig‘lanishni ketkazadi.

Viburnum bilan choy
Viburnum bilan choy

Kostryulkaga qaynoq suv quying, viburnum mevalarini qo‘shing, olovni sekinlashtirib idishni olovga qo‘ying va 10 daqiqa kuting. Qaynatishga xojat yo‘q. Qaynatmani filtrlash kerak, keyin qaynatiladi. Choy tayyorlash uchun xosil bo‘lgan suyuqlikdan foydalaning.

Pishirishni osonlashtirish uchun siz shunchaki rezavorlarni choynakdagi issiq suvga tashlashingiz va bir necha daqiqa kutishingiz mumkin. Shirin bo‘lishi uchun asal qo‘shing.

Efir moylari

Shamollashda efir moylari: chinnigul, kedr, dolchin, lavanda, limon, archa, yalpiz, rozmarin, qarag‘ay, timyan, evkalipt, choy daraxti yog‘i, shalfey.

Bir osh qoshiq moyga 2-3 tomchi efir qo‘shing va yog‘ eritmasini ko‘krak qafasi, bel va bo‘yin qismlariga surting.

Shamollash paytida ingalyatsiya qilish mumkinmi?

Siz ingalyatsiyaga ham murojat qilishingiz mumkin. Ular juda samarali  antiseptik va immunostimulyatsiya qiluvchi vositalar.

Shamollash paytida ingalyatsiya qilish mumkinmi
Shamollash paytida ingalyatsiya qilish mumkinmi?
  1. Bug‘li ingalyatsiya uchun atigi 3-4 tomchi efir moyi yetarli bo‘ladi.
  2. Tumovda burunni “suv+evkaliptik moy (yoki asal)” yoki “bodom yog’i +choy daraxti yog‘i” aralashmalari bilan yuvish tavsiya etiladi. Xar bir burun teshigini navbatma navbat nafas oldiring. Shuningdek, Jali-neti deb nomlangan tanani  burun orqali tozalash usulidan foydalanishingiz mumkin.

Aksariyat xollarda shamollash organizmning viruslarga va boshqa xavfli mikroblarga qarshi mudofaasi ta’sirining pasayishi natijasidir. Profilaktik choralarni ko‘rish kerak.

Shamollashning oldini olish

  • Sog‘lom ovqatlanish (ratsionning 80-90% meva va sabzavot bo‘lishi kerak),
  • Tabiiy vitaminlar aralashmasini qabul qilib turish,
  • Jismoniy mashqlar (yugurish, suzish, yoga, piyoda yurish),
  • Chekish va alkogolli ichimliklardan voz kechish,
  • Toza xavoda sayr qilish,
  • Dengiz bo‘yida, tabiat qo‘ynida dam olish,
  • Xayotga ijobiy nuqtai nazar bilan qarash,
  • Organizmni “Baxt garmoni” ishlab chiqarishga o‘rgatish.

Doimo sog‘lom bo‘lib yurish yahshi odatlar va faol turmush tarzini talab qiladi. Tanangizga g‘amho‘rlik qiling. Xar qanday kasallikni asorati qolmasligi uchun albatta yotib davolaning.

  1. Shahina:

    Holsizlanishni davolash uchun ham soglom turmush tarziga rioya qilish kk. Davleniya past bo’lsa ham holsizlik bo’ladi

    • UzBaza.uz:

      Shahina assalomu alayko’m. Qimmatli fikringiz va malumotingiz uchun tashakkur izhor etamiz.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *