Iymon zaifligi alomatlari va davosi

Bugungi kunda iymon zaifligi ustidan shikoyatlar qilish musulmonlar uchun odatiy holga aylandi. Agar inson faqat iymonning zaifligi haqida shikoyat bilan cheklanib qolmasdan, uni tiklash uchun choralar ko‘rishni boshlasa – alomatlarni aniqlash va tegishli davo choralarini izlashga kirishsa, sog‘lom hodisa hisoblanadi.

Iymon zaifligini davolash

«Iymon» lug‘atda «tasdiq etmoq, inonmoq» ma’nolarida keladi. Shariatda Alloh taolo tomonidan yuborilgan, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom yetkazgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab, til bilan iqror bo‘lish «iymon», deyiladi.

Islom dinidagi eng muhim 4 amal

Alloh taologa, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat, qiyomat, jannat va do‘zax, qabr azobiga hamda Payg‘ambarimiz alayhissalom yetkazgan boshqa barcha narsalarga ishonish iymon shartidir.

Qalbida iymoni bo‘lmagan odam har qancha savobli ishlarni qilsa ham, unga savob yozilmaydi. Ibodat va solih amallarning qabul bo‘lishi uchun iymon bo‘lishi shart. Iymon bilan o‘lgan inson gunohlari tufayli do‘zaxga tushsa ham, iymoni sharofatidan ma’lum muddatdan so‘ng do‘zaxdan chiqarilib, jannatga kiritiladi.

Iymon nurini zaiflashtiruvchi illatlar

Iymon nurini zaiflashishi
  • Zikr majlislari, jamoat namozi, yaxshi insonlar suhbatida ishtirok etmaslik.
  • Solih peshvolardan uzoqlashish.
  • Uzun orzu-havas.
  • Muboh sanalgan yeb-ichish, uxlash, soʻzlash, oʻyin-kulgida haddan oshish. Zero, koʻp yeyish zehnni oʻtmaslashtiradi, tanani ogʻirlashtiradi, kishini dangasa qilib qoʻyadi. Aytilishicha, kim koʻp ovqat yesa, koʻp suv ichadi, koʻp uxlaydi. Oqibatda umrining koʻp qismi lazzatlarga sarflanib, ajr-savoblardan mahrum boʻladi.
  • Gunohkorlar davrasiga kirish, nosogʻlom muhitda yashash.
  • Dunyo ishlariga mukkasidan ketish.
  • Qalbni gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi diniy-maʼrifiy adabiyotlarni mutolaa qilmaslik.
  • Dunyo bilan ovora boʻlib, Allohga ibodat qilishni unutish.

Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal

Iymon zaifligi belgilari

Iymon zaifligi belgilari
  • Haromga qoʻl urish, kichik gunohlarni mensimaslik.
  • Dilning qotishi.
  • Ibodatlarga sustkashlik qilish, namozlarni pala-partish oʻqish.
  • Feʼli torlik, ziqnalik, jizzakilik. Bunday odam arzimas narsaga jigʻibiyron boʻlaveradi, odamlar bilan til topisha olmaydi.
  • Qurʼoni Karimni oʻqiganda, maʼruza eshitganda taʼsirlanmaslik.
  • Allohning zikridan gʻofil boʻlish.
  • Tilni gʻiybatdan, yolgʻondan tiymaslik.
  • Harom ishlarni koʻrganda gʻazablanmaslik.
  • Makruh amallardan saqlanmaslik.
  • Vaqtini behuda narsalarga sovurish, foydali ishlardan oʻzini olib qochish.
  • Kichik koʻringan savobli ishlarga beparvo boʻlish.
  • Birodarlariga yetgan ozorlarga qaygʻurmaslik.
  • Dini, dindoshlari oldidagi masʼuliyatini his etmaslik.
  • Musibatlarga sabrsizlik.
  • Rohat-farogʻatga oʻchlik.

Milliarder sahoba haqlarida eshitganmisiz

Iymon zaifligi davosi

Iymon zaifligi davosi
  • Qurʼon oʻqib, maʼnolarini qalbga singdirish.
  • Allohni yod etish.
  • Alloh taoloning buyukligini his etish, ilohiy moʻʼjizalar haqida fikr yuritish.
  • Dinda sobitqadam qilishini Allohdan soʻrash.
  • Sharʼiy ilmlarni oʻrganish.
  • Ulamolar davrasida oʻtirish.
  • Solih amallar qilishga shoshilish, umrning har bir daqiqasini gʻanimat bilish.
  • Ezgu ishlarda bardavom boʻlish.
  • Toat-ibodatlari Alloh huzurida qabul boʻlishini umid qilish bilan birga qabul boʻlmay qolishidan qoʻrqish.
  • Oʻzini hisob qilish, nafsini tergash, xato-kamchiliklarini toʻgʻrilash.
  • Xunuk oqibatdan qoʻrqish.
  • Oʻlimni koʻp eslash.
  • Qabrdagi holat haqida fikr yuritish.
  • Allohga tavba-tazarru qilish.
  • Urzu-havasni kamaytirish, oxiratni oʻylash.
  • Moʻminlarni oʻziga doʻst tutish, haqlariga muttasil duo qilish…
  1. Lobar:

    Menga judaham maqul bo’ldi ishingizga Ollohim rivoj bersin!

    • Nasiba:

      Iymon zaifligi alomatlari hamda uning davosi haqida ko’p narsalarni bilib oldim. Gunoh ishlar, er va xotin munosabatlari haqida ko’proq yozing. Ko’p narsalarni o’rgandim.

  2. Zarnigor:

    Bu maqola juda yaxshi ekan, manga yoqdi, barchangizga omad tilayman.

  3. Sojida:

    Bu maqola manga juda yoqdi, hamelaga kotta rahmat, silaga omat!

  4. Farangiz:

    Juda-juda zo’r, ko’p narsalarni bilib oldim, sizlarga raxmat, ishlaringizga rivoj tilab qolaman.

  5. Asadbek:

    Men juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim. Barchaga omad tilab qolaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *