Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal

1 — Niyatni to‘g‘rilash, ixlos bilan, xolis Alloh uchun ziyorat qilish.

2 — Tahoratli bo‘lish.

3 — Dunyo mashg‘ulotini tark etib, oxiratni o‘ylash.

4 — Ziyoratgohda viqor bilan sokin yurish.

Qabr ziyorati paytida bajariladigan amal

5 — Qabr ahliga bunday salom berish: “Assalamu alaykum, ya ahlal-qubur. Yag‘firullohu lana va lukum, antum salafuna va nahnu bil-asar”

“Assalomu alaykum, ey qabr ahli! Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelgansiz, biz ham sizning ortingizdan kelamiz”.

Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan

6 — Qabrni siypash, o‘pish va aylanib tavof qilishdan uzoq bo‘lish.

7 — Qabr boshida “Yosin” surasini o‘qish.
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ota-onasi yoki ulardan birining qabrini har juma kuni ziyorat qilib, “Yosin” surasini tilovat qilib, uning savobini ularga bag‘ishlasa, suradagi har bir so‘z va harf adadicha Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qiladi”, dedilar (Imom Daylamiy rivoyati).

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘liklaringizga “Yosin” surasini tilovat qiling”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Qabr ziyoratida Ixlos surasini o‘qish

Ramazon taqvimi

8 — Ixlos surasini o‘qish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabristonga kirib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”, deganlar (Imom Doraqutniy rivoyati).

9 — Marhumning yaxshi sifatlarini eslash.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Dunyodan o‘tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

10 — Qabrni bosmaslik lozim. Qabr usti mayyitning haqqidir. Qabr ustidan yoki qabriston ichidan o‘tishga zarurat tug‘ilsa, tasbeh, tahlil, takbir, duo va istig‘for aytib o‘tish.

Qur‘onda nechta oyat bor ekanligini bilasizmi?

11 — Ziyoratdan va’z-nasihat olgan holda qaytish.
Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janozada hozir bo‘lganlarida qayg‘ulari ortar, nihoyatda kam gapirar, fikr-mulohazaga g‘arq bo‘lar edilar” (Imom Hokim rivoyati).

  1. Anvar Magzamatdinov:

    Men Quran o’qip bilmeymen, biraq endi uyrenip atirman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *