Omadli bo‘lishni istasangiz ushbu 6 qoidaga amal qiling

1. Ochiqlik — Ochiqlik siz nima xohlashingizni aniq bilishingizni anglatadi. Ochiqlik – omadning 80 %i va omad kelishining eng asosiy omilidir. Hamma muvaffaqiyatli kishilar nima xohlashlarini, xohlagan narsasini olish uchun nima qilishlari kerakligini aniq tasavvur qila olishadi.

Doim omadli bo‘lish qoidalari

2. Faoliyat — Ko‘p xarakat qilish, yani tajribaga yega bulish, maksadga to‘g‘ri va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganingiz ehtimolligini oshiradi.
Masalan: Agar to‘pni savatga juda ko‘p marta tashlasangiz, savatga tushish ehtimolligi tobora oshib boraveradi.

Aslida esa, muvaffaqiyatli kishilar erta turishadi. Kun davomida ko‘p vaqtlarini ish bilan o‘tkazishadi, ular hatto kechki vaqt ham ishlashadi. Shuning uchun ularning quvvatlari o‘qishga ham yetadi. Ular vaqtlarini o‘zlarini rivojlanishiga, biznesining yoki kar’erasining rivojlanishiga sarf qilishadi.

Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat

Quvvat – omadning kalitidir

3. Energetika — Quvvat – omadning kalitidir. Muvaffaqiyatli kishilar qancha narsalarga ulgurayotganliklarini ko‘rganingizda, ularning quvvati boshqalarnikiga qaraganda ko‘pga o‘xshaydi.

Doktor Tomas Stenlining izlanishlari natijasida, u va uning guruhi 2500 ta millioner odamdan so‘rov o‘tkazishdi, unga ko‘ra 84% millioner tartiblari va keskin mehnatlari evaziga moliyaviy mustaqil bo‘lishganini aytishdi.

Millionerlar hayotlari davomida atrofidagi odamlarga qaraganda ko‘proq va ko‘p vaqt ishlashga tayyorligini ham qayd etib o‘tishdi.

Omadli millionerlar hayoti

4. To‘g‘rilik-halollik — To‘g‘rilik va insoflilik hayot va biznesdagi eng ko‘p talab va hurmat qilinadigan xislatlardandir. Hammamiz xam, ishongan odamimiz bilan do‘stlashish va biznes kurishni xohlaymiz.

Omadli kishilarning umumiy fazilati

5. Shaxs — Insonning shaxsi ham omadning asosiy omillaridandir. Hamma omadli kishilarning umumiy fazilati mavjud. Ular optimist va pozitivdirlar. Ular boshqalar bilan qanday til topishishni biladilar. Ularning do‘stlari va tanishlarining ko‘p qismi hayotning turli qatlamlaridandir.

6. Qat’iylik — Qat’iylik – Muvaffaqiyatli kishini boshqalardan ajratib turadigan xislatdir. Siz qat’iy bo‘lganingizda maqsadingizga erishishga, hamma ishni qilishga tayyor bo‘lasiz.

Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur 10 ta sir

Qatiylik muvaffaqiyat kaliti

Boshqalar to‘xtab, chekinishganda, siz to‘xtamang. Ko‘proq ishlab, masalalarni yechishda turli hil yo‘llarni izlang. Maqsadingizga yetish uchun, kerakli malakaga yega bulish uchun ko‘p o‘qishingiz lozim.

O‘ylaganingizga yerishmaguncha ko‘p kitob o‘qing, seminarlarga boring, treninglarga tashrif buyuring.

  1. Mumtoza:

    Assalomu alayko’m. Juda zo’r! Bundan ham juda ko’p narsalar chiqaringlar. Men sizlarni kuzatib boraman. ❤❤

    • UzBaza.uz:

      Mumtoza assalomu alayko’m. Samimiy fikringizdan xursandmiz, albatta taklifingizni inobatga olgan holda eng yaxshi maqolalarni taqdim etishga harakat qilamiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

  2. Bahriddin:

    Hamma narsa Allohdan, Alloh hohlasa barcha ezgu ishlar amalga oshadi. Maqolaga gap yo’q.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *