Asabni tinchlantirish uchun 7 samarali usul

Etiboringizga sanoqli daqiqalarda asabni tinchlantiradigan, sinalgan usullarni havola qilamiz.

Asabni tinchlantirish samarali usul
Asabni tinchlantirish uchun 7 samarali usul

Insonda stress holati deyarli har kuni bo’lib turadi. Bunga sabab vaqt yetishmasligi, ishdagi charchashlar, yaqin odamlarning og’rib qolishi va boshqalar sabab bo’lishi mumkin.

Bunday vaqtda yurak urishi tezlashadi, mushaklar taranglashadi. Uzoq davom etadigan stress immunitetni pasayishi va asab zo’riqishiga olib keladi hamda inson psixikasiga ta’sir qiladi.

Bedana tuxumining tarkibi hamda foydasi va zararlari

Shifokorlarning aytishicha, ba’zi kasalliklar aynan asab buzilishidan paydo bo’ladi. Masalan: qandli diabet va bronxial astma. Ba’zi mutaxassislar xatto saraton kasalligini stress xolatiga bog’lashadi.

Odam o’zini asab buzilishi xolatidan butunlay ximoya qila olmaydi. Xissiyotlarni boshqarib, ahvolni biroz yumshatsa bo’ladi. Bunga to’g’ri ovqatlanish va yoga bilan shug’ullanish yordam berishi mumkin.

Bunday vaziyatda odam o’zini qo’lga olib, qondagi adrenalin miqdorini kamaytirishga harakat qilishi kerak.

Biz sizga, asab tizimini qisqa vaqt ichida tinchlantiradigan eng samarali usullar haqida aytib bermoqchimiz.

1-usul: Nafasni rostlang

Qondagi adrenalin miqdorini kamaytirish va tajanglikni yumshatib, tinchlanishga va nafasni rostlab olishga yordam beradi.

Nafasni rostlang
Nafasni rostlang

Nima uchun tongda limonli iliq suv ichish kerak?

Eng ko’p qo’llaniladigan usul – bu sekin, 10 gacha yoki 20 gacha sanash, nafas olish va nafas chiqarishni boshqarib turgan holda, gavdangizni tik tuting va yelkangizni tekislang.

Sekin nafas oling. Nafas olishga qaraganda, nafas chiqarishni biroz cho’zing, nafas olish mashqidan keyin 3-5 soniya tanaffus qiling. Bunday mashq diqqatni jamlashga, asabni tinchlantirishga, stressni yo’qotishga yordam beradi.

Agar noqulaylik va bosh aylanishini sezsangiz odatdagiday nafas olishga o’tsangiz bo’ladi.

2-usul: Faqat yaxshi narsalar haqida o’ylang

Stress holatidan biroz chalg’ib, faqat yaxshi narsalar haqida o’ylashga xarakat qiling. Bu usul asab buzilishlar avj olgan paytda yordam beradi.

Masalan: karra jadvali haqida, o’zingizga yoqadigan she’r haqida yoki do’stlaringizni telefon raqami va tug’ilgan kuni haqida o’ylang.

Xayolingizda chiroyli kafe yoki dengiz sohili rasmini chizing. Ko’zingizni yumib, o’zingizni dengiz bo’yida yurganday xis qiling.

Bunday usulni 4-5 daqiqagina qo’llasangiz ham tinchlanishga yordam beradi.

Yuzlardagi husnbuzarlardan halos bo‘ling

3-usul: Dush qabul qiling yoki suzing

Kuchli bosimda, issiq dush qabul qilish muskullarni tinchlantiribgina qolmay, qon aylanishini ham yahshilaydi va asabni tinchlantiradi.

Dush qabul qiling yoki suzing
Dush qabul qiling yoki suzing

Agar yarim soatgina basseynda suzsangiz, og’ir ish kunidan keyin stress holatini bartaraf qiladi. Ruhiy zo’riqishdan xalos bo’lishni yana bir yo’li, yaxshi ko’rgan musiqani tinglab, vanna qabul qilishdir.

Agar vannaga bir necha tomchi moychechak moyi yoki balzam tomizsangiz yanada samaraliroq bo’ladi.

Agar suv muolajalariga vaqtingiz bo’lmasa, sochiq bilan yuz, bo’yin va yelkalaringizni ho’llasangiz ham yordam beradi. Buning uchun spreydan foydalansangiz ham bo’ladi.

4-usul: Musiqa qo’ying va raqsga tushing

Ruhiy holatni yaxshilash uchun hohlagan aktiv jismoniy xarakat yordam berishi mumkin. Masalan: yarim soat toza havoda yugurish yoki sport zaliga borib mashq qilish.

Jismoniy mashqlar o’rniga raqsga tushish, sayrga chiqish, badminton o’ynash yoki uyni tozalash ham yordam beradi.

Bunday jismoniy harakatlardan keyin miya neyromediator ishlab chiqaradi. Bu odamga yahshi kayfiyat bag’ishlaydi va havotirlanishni yo’qotadi. Bu organizmning stressga qarshi reaksiyasidir.

Mutahassislarning fikricha muntazam jismoniy harakatlar qilib turish depressiyani oldini oladi. Bu yana odamning tashqi ko’rinishini ham ko’rkam qiladi.

5-usul: Asal bilan choy iching

Yurak ritmini normal holatga keltirishda 1 stakan toza suv ichish yordam beradi. Lekin suvni shoshilmasdan, oz-ozdan ho’plab ichish kerak. Suvdan tashqari yaxshi desertli choy ham tinchlanishga yordam beradi.

Bo‘gimlar uchun shifoli besh mahsulot

Asal bilan choy iching
Asal bilan choy iching

Choyni ho’plab, oz-ozdan ichish asabni tinchlantiradi, shirinliklar esa organizm “baht gormoni” ishlab chiqarishiga yordam beradi. Bunda pechenye va konfetlar o’rnini, foydali mahsulotlardan, quruq mevalar yoki qora shokoladga almashtirgan yaxshi.

Ayniqsa qora shokolad stressni oldini olishda juda katta yordam beradi. Choyga zanjabil ildizi, yalpiz bargi yoki jasmin gullaridan qo’shsangiz bo’ladi. Bular o’zining tinchlantiruvchi xususiyati bilan mashhurdir.

6-usul: O’z-o’zingizni yengil massaj qiling

Yaxshi massaj tezda asab zo’riqishini va mushaklar charchashini bartaraf qilishda yordam beradi. Agar malakali massajist seansiga borishga vaqtingiz bo’lmasa, tinchlantiruvchi massajni o’zingiz ham qilishingiz mumkin.

Asab tolalarining ko’p qismi asosan boshda bo’ladi. Qo’llaringizni yaxshilab yuving, kursiga o’tiring va qo’lingizda aylanma harakatlar bilan boshingizni massaj qiling.

To’g’ri qilingan 10 daqiqalik massaj, qon aylanishini yaxshilaydi, stressdan halos qiladi va uyquni normallashtiradi. Bundan tashqari soch o’sishiga ham yaxshi ta’sir qiladi va soch ildizini mustahkamlaydi.

7-usul: Shaxsiy kundalik yuritib boring

Stressni qog’oz va qalam yordamida ham bartaraf qilish mumkin. Bir o’zingiz yolg’iz qoling, qo’lingizga toza qog’oz oling va o’zingizga yoqmagan vaziyatlarni qog’ozga yozing. Keyin yozilgan qog’ozni yoqib yuboring yoki yirtib tashlang.

Shaxsiy kundalik yuritib boring
Shaxsiy kundalik yuritib boring

Yurak xastaligiga nimalar sabab bo‘ladi

Yana bir yo’li, shaxsiy kundalik tuting va uni yuritib boring. Shunda bo’layotgan voqealar haqida aniq fikr yurita olasiz. Kundalikka qancha ko’p yozsangiz, shunchalik sizni tashvishga soladigan o’ylar kamayib boradi.

Bu usul bir narsani hadeb o’ylayverib o’zini qiynaydigan odamlarga juda katta yordam beradi.

  1. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko’m Gulchiroy! Qimmatli fikringiz uchun minnatdormiz. malumotimizni sizga foydasi tekkanligidan hursandmiz!

  2. Onajonim:

    Manga kerakli maslahatlarni oldim juda yoqdi raxmat

  3. Yoqdi juda:

    Menga judayam yoqdi asabimni tinchlantirib oldim Raxmat.

  4. Aziza:

    Mayli chidasa bo’ladiyu, lekin ja unaqa zo’r emas.

  5. Otash:

    Raqsga tushish asabimni tinchlantirishimga foyda berdi.

  6. Dilshoda:

    10 gacha sanab tinchlanish va tasavvuriy dengizda bo’lish usuli ko’proq yoqdi va foyda berdi.

  7. Yulduz:

    Raxmat foydali maqolalaringiz uchun, juda katta foyda berdi, shaxsan men asal choy ichayapman, raqsga tushayapman, iloji boricha barcha usullardan foydalanishga xarakat qilyapman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *