Uyni changdan to‘g‘ri va samarali tozalash bo‘yicha 6 layfxak

Marie Claire nashri uy va undagi jihozlarni qanday qilib toza holda saqlash bo‘yicha eng foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashadi.

Yumshoq mebellarni tozalashga alohida e’tibor bering

Yumshoq mebelni tozalashga etibor bering

Dyson mikrobiologiya laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yumshoq mebellar (ayniqsa, matraslar) chang kanalari (1 gramm chang uchun o‘rtacha 100-500 kana) uchun ideal yashash joyidir.

Biz (yoki uy hayvonlari) to‘shakda/kresloda/divanda qancha ko‘p vaqt o‘tirsak, allergen va changning ko‘payishi uchun muhit shunchalik qulay bo‘ladi. Shuning uchun yumshoq mebel va matraslarni tozalashga alohida e’tibor berish juda muhimdir.

Tozalashning eng samarali usuli — yaxshi assimilyatsiya kuchi va maxsus nasadka yoki cho‘tkalari bo‘lgan changyutgichlardan foydalanish.

Qo‘ltiq osti nima uchun terlaydi? Muammoni bartaraf etuvchi 13 maslahat

Muntazam ravishda pilesoslang

Uyingizni muntazam ravishda pilesoslang

Oddiy, lekin juda muhim ish. Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, odam kuniga taxminan 50 mikrogramm chang yutadi. Albatta, ataylab emas: chang qo‘llarimizga, ovqatga, idishlarga to‘planadi.

Bundan tashqari, biz tom ma’noda chang buluti bilan o‘ralganmiz. Chang polga va boshqa yuzalarga, masalan, divanga joylashadi va har safar yurganimizda yoki o‘tirganimizda havoga ko‘tariladi. Chang zarralari havoga ko‘tarilishi bilan undan nafas olamiz.

Uydagi chang ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat: allergenlar, chang zarralari, kimyoviy qoldiqlar, bakteriyalar. Va bularning barchasi tanamizga kirishi mumkin. Bu unchalik ham yoqimli emas, albatta. Changyutgichlarning zamonaviy modellari kuchli, simsiz va yengil, shuning uchun tozalash 10-15 daqiqadan ortiq vaqt talab qilmaydi.

Yuqori samarali filtrlash tizimi — HEPA filtriga ega modellarga e’tibor bering. U changni ushlab, havoga qaytishining oldini oladi. Faqat polni emas, balki boshqa yuzalarni ham changyutkichda tozalang. Bunda sizga maxsus nasadkalar yordam beradi.

Kimyoviy vositalarni to‘g‘ri tanlang

Kimyoviy vositalarni to‘g‘ri tanlang

Esingizda bo‘lsin, uyda ishlatadigan har qanday narsa organizmimizga tushishi mumkin. Masalan, tozalovchi mahsulotlarga sitrus hidi sifatida qo‘shiladigan limonen moddasi uy sharoitida tabiiy ozon bilan reaksiyaga kirishib, formaldegid hosil qilishi mumkin.

Tabiiy tozalash vositalaridan foydalanish kvartirangizdagi havodagi uchuvchan organik birikmalar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan va qadoqda ECOLOGO kabi yorliqlangan muqobillarni tanlang. Kuchli dezinfeksiya vositalarini faqat juda kerak bo‘lganda ishlating va aerozol qutilaridan saqlang.

Uyda yillar davomida saqlanib keladigan eng keraksiz 11 narsa

Yuvinish xonasini yaxshilab tozalang

Yuvinish xonasini yaxshilab tozalang

Dush yoki hammomdan keyin devor va sirtlarda namlik to‘planib, pol qoplamalari va vanna chetlariga zarar yetadi, mog‘or rivojlanishi uchun ideal sharoit yaratadi. Yaxshi havo tortad igan vityajka o‘rnating, eshikni ochiq qoldiring, xonani shamollating.

Pardani muntazam ravishda almashtiring va mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish uchun burchaklarni yaxshi tozalang. Suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymang, yuzalarni artib oling.

Maxsus tozalovchi matolardan foydalaning

Maxsus tozalovchi matolardan foydalaning

Eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri bu eski futbolkalar, doka, eskirgan sochiqlar va boshqa paxtali matolarni yuzalarni tozalash va artish uchun ishlatishdir. Bunday matolardan qilingan lattalar tolalarni qoldiradi, yopishadi va asta-sekin quriydi. Buning o‘rniga mikrofibra matolarni tanlang. Ular chidamli, changni yaxshi artadi va namlikni yutadi. Ham ularni yuvish mumkin.

Ko‘karish va bosh aylanishi: Koronavirusning boshqa alomatlari

Qo‘shimcha harakatlarni amalga oshiring

Qo‘shimcha harakatlarni amalga oshiring

Odatiy ishlarimiz ham, masalan, ovqat pishirish havoni yanada ifloslantiradi. Oshxonadagi vityajkaga e‘tiborli bo‘ling — bu nafaqat hidni yo‘qotishga yordam beradi, balki pishirish jarayonida paydo bo‘ladigan yog‘li chang va boshqa moddalar tarqalishining oldini oladi.

Yana bir variant — havo tozalagichlar. Ular bilan sirtdagi chang sezilarli darajada kamroq bo‘ladi. Namlagich bilan birlashtirilgan ushbu qurilma yotoqxonada, ayniqsa, foydali: biz har kuni taxminan 11 000 litr havo yutamiz va bu ko‘rsatkichning uchdan bir qismi uyqu vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *