Uyda yillar davomida saqlanib keladigan eng keraksiz 11 narsa

Ko‘pincha inson uyda juda ko‘p keraksiz narsalar to‘planishini sezmaydi. Shuning uchun tartibsizlik nafaqat uyning yangi dizaynda ko‘rinishga, balki ruhan qayta yangilanishga ham to‘sqinlik qiladi. Marie Claire nashri uyidagi ortiqcha narsadan xalos bo‘lishga qaror qilganlarga ishni nimadan boshlash kerakligini ma’lum qildi.

Uyda saqlanadigan keraksiz buyumlar

Keraksiz poyabzal — Shuningdek, har mavsumda yangilanadigan poyabzallar soni ham yillar mobaynida ko‘payib ketadi. Ularni hattoki qayeradir sig‘dirish ham muammo tug‘dirladi. Xo‘sh, ushbu poyabzallar endi to‘g‘ri kelmasligi uchun kiyilmaydimi yoki tagligi singanmi? Bularning barchasi poyabzaldan qutulish uchun asosli sabablardir. Agar ular yaxshi holatda bo‘lsa — sotish yoki xayriyaga berish mumkin. Yoki shunchaki ta’mirlatib, kiyish, bunig ham iloji bo‘lmasa, tashlab yuborish tavsiya etiladi.

Eski kiyimlar — Yillar davomida eskirgan va kiyilmaydigan kiyimlar har qanday garderobdan yoki shkafning yuqori qismidan topiladi. Ularni, garchi kiyilmasa ham, tashlab yuborishga ko‘z qiymaydi. Shuning uchun ishni aynan eskirgan kiyimlarni uydan chiqarishdan boshlash kerak. Masalan, ularni kimlargadir berib yuborish ham mumkin.

Ko‘karish va bosh aylanishi: Koronavirusning boshqa alomatlari

Keraksiz bezaklar — Uzoq vaqt davomida taqilmasdan yotgan zargarlik buyumlari ham uydan ketish uchun nomzoddir. Yaxshisi, ularni kimgadir bergan yoki sotuvga qo‘ygan ma’qul.

Bo‘sh qutilar — Ba’zida odamlar negadir uzoq vaqt davomida jihoz yoki poyabzalning bo‘sh qutilarini saqlaydi. Ammo agar yaqin vaqtda qutilar kerak bo‘lmasa va ulardan foydalanilmasa, qutilardan ham qutulish vaqti keldi.

Keraksiz bo'sh qutilar

Qog’oz chiqindilar — Eski eslatmalar, kafolat cheklari, endi kerak bo‘lmagan shartnomalar — bularning barchasi ba’zan odamlar tomonidan o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Keraksiz qog‘ozlarni ham yuqoridagidek chiqindiga chiqarish uy tozaligi hamda salomatlik uchun ham muhim.

Eskirgan idishlar — Singan, darz ketgan idishlar xunuk ko‘rinishidan tashqari, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ular bu bilan foydali jihoz emas, balki bakteriyalar o‘chog‘iga aylanadi.

Eng ko‘p bakteriya to‘planadigan uydagi 7 ta buyum

Juftsiz juft narsalar — Ma’lum bir juft paypoq, qo‘lqop yoki ziraklarni qanchalik yaxshi ko‘rishingizdan qat’i nazar, agar ulardan biri yo‘qolgan bo‘lsa, ikkinchisini saqlashdan foyda yo‘q.

Buzilgan o‘yinchoqlar — Uyda bolalar o‘yinchoqlariga ham alohida ahamiyat berish kerak. Darhol singan va buzilganlaridan xalos bo‘lish lozim. Borid-yu, bolalar o‘yinchoq o‘ynash yoshidan o‘tgan bo‘lsa, ularni mehribonlik uylariga topshirish yanada yaxshi.

Siniq va buzuq eski o'yinchoqlar

Eski telefonlardan simlari va g‘iloflari — Yana bir foydasiz hamda tushunarsiz odat — buzilgan quvvatlagichlar va endi foydalanmaydigan telefon g‘iloflarini saqlash. Bularning barchasidan boshqa hech qachon foydalana olmaslikni tan olish va ularni chiqindiga tashlash lozim.

Qishda yorilgan lablarni davolash usullari

Muddati o‘tgan kosmetika va dori-darmonlar — Uyda vaqti-vaqti bilan kosmetika va dori-darmonlarni saralash va har bir mahsulotni yaroqlilik muddatini tekshirish lozim. Yaroqlilik muddati o‘tgan vositalar va tabletkalarni darhol chiqindi qutisiga tashlash kerak.

  1. Oybibi:

    Uyimizda huddi shunaqa saqlanib kelinayotgan juda ko’p keraksiz narsalar bor, endi ularni saralab keraksizlarini uloqtiraman shekilli.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *