Blenderni 30 soniya ichida tozalashning eng oson usuli

Oshxona gadjetlaridan, albatta, blenderni yuvish biroz noqulay. Lekin ushbu maslahatimizdan keyin, undan foydalanib bo‘lgach, tozalash uchun atigi 30 soniya sarflash kifoya.

Blenderni juda oson tozalash usuli

Kastryulka va tovalardan farqli o‘laroq, blender juda ko‘p mayda qismlarga va o‘tkir pichoqlarga ega. Blenderni, albatta, idish yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin pichoqlarni olib tashlash unutib qo‘yilsa, vaqt o‘tishi bilan ular o‘tmaslashadi yoki zanglaydi.

Blenderni odatdagi usulda ham tozalashingiz mumkin: gubka va idishlarni yuvish vositasi va gadjetlarni qismlarga ajratish bilan. Lekin hamma ham mazali kokteyl, smuzi yoki mazali sous tayyorlagandan so‘ng darhol uni yuvishga shoshilmaydi. Quyida taqdim etilgan usul esa ajoyib yechim hisoblanadi.

Meva va sabzavot po‘stlog‘ini sizga noma’lum bo‘lgan foydalari

Blenderni 30 soniyada qanday tozalash mumkin?

  • Blender yarmigacha iliq suv bilan to‘ldiriladi va bir necha tomchi sovun qo‘shiladi.
  • Blender qopqog‘i bilan yopiladi va bir necha soniyaga yoqiladi. Sovunli suv unga yopishib qolgan mahsulotni yuvadi. Suvni to‘kib tashlab, idish qismi chayiladi.

Yopishib qolgan mahsulotlarni qanday tozalash mumkin?

Agar meva, sabzavotlar blenderda maydalangan yoki sutli kokteyllar tayyorlangan bo‘lsa, uni yuvish qiyin bo‘lmasligi aniq. Ammo unda qaymoq tayyorlanayotgan bo‘lsa yoki pechenye bo‘laklari bilan sariyog‘ aralashtirilsa-chi?

Xonada gullar nima uchun ko‘p bo‘lishi kerak?

Bunday holda iste’mol sodasi yordam beradi, u issiq suvga teng nisbatda qo‘shilib, keyin blender yoqiladi. Qisqa vaqtdan so‘ng soda suvi bilan to‘kib tashlanadi va yuqorida keltirilgan usul takrorlanadi.

Bu usul, shubhasiz, juda tez va qulay. Ammo bakteriyalar tarqalishining oldini olish uchun nafaqat blender idishining o‘zini, balki vaqti-vaqti bilan qopqog‘i va pichoqlarni ham alohida yuvish tavsiya etiladi.

5/5 - (5 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Meva va sabzavot po‘stlog‘ini sizga noma’lum bo‘lgan foydalari
  2. Xonada gullar nima uchun ko‘p bo‘lishi kerak?
  3. Kiyimlarni dazmolsiz tekislash uchun qo'l keladigan bir nechta usullar
  4. Qaynatilgan tuxum suvini nima sababdan to‘kib yubormaslik kerak?
  5. Kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
  6. Uydagi chumolilardan tez va butunlay qanday qutulish mumkin?
  7. Uyni changdan to‘g‘ri va samarali tozalash bo‘yicha 6 layfxak
  8. Qo‘ltiq osti nima uchun terlaydi? Muammoni bartaraf etuvchi 13 maslahat
  9. Uyda yillar davomida saqlanib keladigan eng keraksiz 11 narsa
  10. Imkon qadar doim istemol qilish kerak bo'lgan 9 sabzavot

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *