Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishi va undan xalos bo‘lishning usuli
Og‘riq, tortishish… Bel og‘rig‘i insonni har qanday vaqtda bezovta qilishi mumkin. Ko‘p hollarda bel og‘rig‘i umurtqa pog‘onasidagi kasalliklar sabab emas, noto‘g‘ri turmush tarzi orqali yuzaga keladi. Mutaxassislar undan xalos bo‘lishning bir nechta usullari haqida ma’lumot bergan.
Haddan ortiq hissiyotga berilish
Stress nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tajribalar stress paytida qilingan harakatlar tanada og‘riqning ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.
Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ruhiy sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va stressdan o‘z vaqtida qanday qutulishni o‘rganing. Tasdiqlangan usullardan biri yoga bilan shug‘ullanish hisoblanadi.
Og‘ir sumkalar belda og‘riq yuzaga keltiradi
Hech kimga sir emaski, gadjetlar, hamyon, suv idishi, tushlik uchun idish, kosmetika va boshqa ko‘p narsalar solingan katta sumkani ko‘tarib yurish belda og‘riq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Ayniqsa, yuk notekis taqsimlangan bo‘lsa, masalan, bir yelkangizga sumkani osib yursangiz og‘riq paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.
Imkon qadar doim istemol qilish kerak bo’lgan 9 sabzavot
Nofaol turmush tarzi
Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirish, masalan, ofisda kun davomida bir joyda ishlash bo‘yin va yelka bo‘g‘imlariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari biror joyga piyoda borsangiz ham keyinroq bo‘g‘imlarda og‘riq yuzaga kelishi mumkin.
Agar tanangizda og‘riq yuzaga kelishini oldini olmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda kompyuteringiz ekranini ko‘z masofasiga moslab uzoqlashtiring yoki yaqinlashtiring. Iloji bo‘lsa, tik turgan holda ko‘proq vaqt sarflashga harakat qiling.
Sport bilan shug‘ullanish
Intensiv va muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish sog‘lig‘ingizga foyda, biroq siz sport bilan shug‘ullanganingizdan keyin bel og‘rig‘ini his etayotgan bo‘lsangiz mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni biroz kamaytirishingiz kerak.
Bel og‘rig‘i yuzaga kelmasligi uchun jismoniy mashq qilish uchun foydalaniladigan jihozlarining shakli va og‘irligiga e’tibor bering, ayniqsa boshingizga og‘irligi tushadigan jihozlardan ehtiyot bo‘lib foydalaning.
Agar hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, fitnes o‘qituvchisidan yordam so‘rang.
Ko‘richakni o‘tkazib yubormaslik va kasallikning alomatlari
Chekishni tashlashga harakat qiling
Chekishning zararlari haqida cheksiz gapirish mumkin. Bu yomon odatni tark etish uchun yana bir isbot: tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish umurtqa pog‘onasini ushlab turadigan mushaklarning asta-sekin degeneratsiyasiga va doimiy bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Chekishni tashlashga harakat qiling. Ruhiy salomatligingizga e’tibor bering va mutaxassis bilan maslahatlashing. Gipnolog bilan bog‘laning salomatlik bilan bog‘liq barcha maslahatlarga amal qiling.
Bu holatning oldini olish uchun haftada kamida bir marta sumkangizning ichidagi narsalarni tartibga keltiring va ortiqcha narsalarni bir chetga olib qo‘ying. Agar siz og‘ir narsalar solingan sumkani olib yurishingiz kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kamarlari bo‘lgan ergonomik sumkadan foydalaning.
Kislotali reflyuks
Oshqozonning kislotali reflyuksiyasi juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shu jumladan yuqori orqa tarafdagi o‘tkir og‘riqlar, so‘ngra yurak urishida o‘zgishlarni keltirib chiqaradi.
Bu holatda oshqozon buzilishi, kasallikdagi boshqa belgilar kuzatilsa, uni muvaffaqiyatli davolash mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun siz gastroenterologga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.
Jigarda muammo borligini anglatuvchi 12 belgi
Bel og‘rig‘ining patologik sabablaridan biri
Bel og‘rig‘ining patologik sabablaridan biri osteoporoz hisoblanadi. Bu kasallik ko‘pincha tananing yuqori orqa qismida og‘riq va bo‘g‘imlarda zaiflik hissini yuzaga keltiradi.
Ayollarda osteoporoz ko‘pincha gormon bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan paytda rivojlanadi, biroq u ertaroq, 35 yoshda yoki undan keyinroq ham bo‘lishi mumkin.
Tashxis qo‘yilishi uchun siz tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Keyin shifokor maxsus dori-darmonlarni yoki fizioterapiya kursini belgilaydi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Jazirama kunlarda tanani sovitishning ilmiy isbotlangan usullari
- Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 kundalik odat
- Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari
- Soch to'kilishiga qarshi yordam beradigan mahsulotlar sirasi
- Sochga saqich yopishganda undan qanday xalos bo'lish mumkin?
- Tuxumni oson tozalash va yorilib ketmasligi uchun qanday qaynatish kerak?
- Uydagi buyumlar dog‘larini ketkazishda yordami tegadigan 10 mahsulot
- Blenderni 30 soniya ichida tozalashning eng oson usuli
- Meva va sabzavot po‘stlog‘ini sizga noma’lum bo‘lgan foydalari
- Xonada gullar nima uchun ko‘p bo‘lishi kerak?
Bel og’rig’idan halos bo’lishda qo’l keladigan yaxshi tavsiyalar bor ekan, qolaversa bu kasallikni oldini qanday qilib olish haqidaham malumot topdim.