Kitob o‘qish asabiylik va uyqusizlikni yengishi haqida bilasizmi?
Bugungi kunda odamlar kitob o‘qishni deyarli yig‘ishtirib qo‘ygan bo‘lishsa-da, biroq uning foydali jihatlarini keltirib o‘tishni lozim topdik. Erinchoqlik qilmasangiz o‘qib chiqing.
Uyqusizlik qiynamaydi — Kitob o‘qish tinchlanish va uyquga hozirlik ko‘rishning eng yaxshi usuli. Telefon yoki televizorning yorqin nuri miyamizga uyg‘onish uchun signal beradi. Tungi chiroq ostida kitob o‘qish esa miyani dam olishga tayyorlaydi.
Miyani charxlaydi — Buni-ku endi yoshlikdan bilasiz. Eng zamonaviy kompyuter diagnostikasi uskunalari ham kitob o‘qigach, bir necha kun mobaynida inson miyasidan nerv tolalari soni fiziologik darajada ko‘payishini tasdiqladi.
Mobil telefonlarning salomatlikka salbiy ta’siri haqida bilasizmi?
Ko‘nglingiz yumshaydi — Mutolaa davomida asar qahramonlari kechinmalari bilan yasharkansiz, uning dardiga sherik bo‘lasiz. Oqibatda real hayotda ham insonlarni yaxshiroq tushuna boshlaysiz.
Asabiylikka barham beradi — Asabiylashsangiz musiqa eshitib, ko‘chada sayr qilasizmi? Buning o‘rniga kitob o‘qib ko‘ring. Tadqiqotlarga qaraganda, 10 daqiqalik mutolaa asabiylikni ikki baravar kamaytirarkan.
Chiroyingizni ochadi — Yuqori aqliy salohiyat atrofdagilarning e’tiborini tortmay qolmaydi. Har qanday mavzuda suhbatlasha olishingiz sizni boshqalardan ko‘ra maftunkor ko‘rsatadi.
Kurashishga o‘rgatadi — Psixologiyaga oid kitoblarni o‘qish tushukunlikdan chiqishga, maqsadlar sari kurashishga yordam beradi.
Ijtimoiy faol bo‘lasiz — Kitob o‘qiganlar madaniy va ma’rifiy tadbirlarda faolroq ishtirok etishini statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi.
Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar
Xorijiy tillarni o‘rganishga yordam beradi — Muntazam mutolaa yangi materiallarni tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda bu qo‘l keladi.
Ijodiy salohiyatingiz o‘sadi — Kitob o‘qimay tuzukroq qo‘shiq kuylagan, musiqa yozgan, rol ijro etgan, rejissyorlik qilgan kimni taniysiz? Xulosa chiqaravering.
Nutqingiz rivojlanadi — Birovlarning hayoti haqida o‘qirkansiz, o‘z fikringizni ham tiniq bayon etishga o‘rganasiz. Keraksiz axborotlarni filtrlash, gapingizni birovlarga uqtirishingiz oson kechadi. So‘z boyligingiz oshadi.
Maqsadlaringizni belgilashga ko‘mak beradi — Qahramonlarning erishgan yutuqlari sizni ilhomlantirishi aniq.
Xatosiz yoza boshlaysiz — Kitob o‘qiganlarning yozishmalari xatosizligi bilan ko‘zni yayratishi sir emas.
Boy bo‘lasiz — Kitob o‘qiganlar ichida boylarning ulushi o‘qimaydiganlarga nisbatan bir necha karra ko‘p.
Ko‘p ishlashmi yoki Aqliy ishlash, qay biri ustun?
Farzandlaringiz bilan munosabatlaringizni yaxshilaydi — Ota-onalar farzandlariga kitob o‘qib berarkan, ularning o‘rtasida shunday mustahkam rishtalar paydo bo‘ladiki, buni birgalikda televizor ko‘rish yoki boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni tomosha qilish bilan solishtirib bo‘lmaydi, deydi ruhshunoslar.
Jinoyatning oldini oladi — Kitob o‘qiganlar ichida jinoyatchilar kam. Qamoqxonalarda mutolaani boshlagan jinoyatchilar esa qayta qing‘ir yo‘lga qadam tashlamasliklari ham o‘rganilgan.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
- Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
- Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
- Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?
- Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
- Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati
- Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul?
- Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi
- Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar
- Suvda cho‘kib ketmaslik uchun kerakli maslahatlar