Lev Tolstoyning hayotiy oltin qoidalari
Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida o‘zi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yo‘riqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.
1 — Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
2 — Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.
3 — Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.
Baxtli insonlar amal qiladigan 10 odat
4 — O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.
5 — Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.
6 — O‘zing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.
7 — Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
8 — Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
9 — Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
10 — O‘zing uchun iloji boricha ko‘p mashg‘ulot o‘ylab top.
11 — Bir o‘zing yakunlashing mumkin bo‘lgan ishga yordamchi talab qilma.
12 — Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.
13 — Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.
14 — Iloji boricha kam uxla.
15 — Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.
Xotirani qanday kuchaytirish mumkin?
16 — Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
17 — Yaxshilik qilishga imkon izla.
18 — Yaxshi bo‘l va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
19 — Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.
20 — Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.
21 — Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.
22 — Bor narsalarga qanoat qil.
23 — Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.
24 — Yaqinlaringning hayoti shirin bo‘lishiga hissa qo‘sh.