Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa chiroyli va chuqur ma’noga ega ism qo‘yish lozim bo‘ladi. Allohning Rosuli sallallohu alayhi vassalom bu haqda shunday deganlar:

“Qiyomat kunida Yaratganning hisob-kitobi uchun barchangiz ismingiz va otalaringiz ismi bilan chiqarilasiz. Shuning uchun farzandga hayrli ma’noga ega ismlar bering”.

chiroyli ism qoyish odobi

Rosululloh sallallohu alayhi vassalom ma’nosiz va xunuk ismlarni yomon ko‘rar edilar. Biror shahar yoki qishloqqa kelsalar, mazkur joylarning ismi chiroyli va eshitishga yoqimli bo‘lsa xursand bo‘lar, aksincha xunuk va yoqimsiz bo‘lsa, xafa bo‘lar edilar.

Alloh taoloning go‘zal ismlari

Oysha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Rosuli Akram sallallohu alayhi vassalom xunuk va yoqimsiz joy nomlari, hatto u kishi oldiga kelgan insonlarning ismlarini o‘zgartirishga erinmaganlar.

Go‘dakka ism berishda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Alloh Taoloning 99 go‘zal ismlari bo‘lib, ba’zilari bilan insonlar o‘z farzandlarini nomlashadi, lekin diniy ulamolarning so‘ziga ko‘ra, ba’zi Yaratganning ismlari bilan insonlarni atash mumkin emas.

Masalan: Xoliq (Yaratuvchi), Rohman (Mehribon), Quddus (Nuqsoni yo‘q), Muhaymin (Hamma narsani qamrab oluvchi), Al-Mutakabbir (Kibriyosi va ulug‘ligi mubolag‘ali Zot).

Ularning fikriga ko‘ra, bu ismlar faqatgina Yaratganga xos bo‘lib, oddiy insonlarni bunday nomlash xaromdir. Lekin, mazkur ismlar oldiga “Abdu”, ya’ni “banda” so‘zini qo‘shib ishlatish mumkin. Masalan: “Abduholiq”, “Abdurohman” va x.k.

Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday

Ba’zi ulamolarning fikriga ko‘ra esa, Allohning sifatlarini aks ettiruvchi ba’zi ismlar bilan insonlarni nomlash mumkin, chunki banda mazkur sifatlarga loyiq bo‘lishga xarakat qiladi.

Mazkur ismlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Aliym (Har bir narsani biluvchi), Samiy’ (Har bir narsani eshituvchi), Basiyr (Har bir narsani ko‘ruvchi). Lekin shu mazkur ismlar oldiga ham “Abdu” so‘zini qo‘shib ishlatish tavsiya etiladi.

Agar chaqaloqning ota-onasi xar xil dinga mansub bo‘lishsa nima qilish lozim bo‘ladi? Imom bolaga nomusulmoncha ism qo‘yishi mumkin-mi? Qachon-ki, bolaga musulmoncha ism qo‘yilsa, albatta uning ma’nosi tushuntirilib, ota-onaga nasihat beriladi. Qachon-ki, ota-ona tomonidan farzandga nomusulmoncha ism tanlangan bo‘lsa, bu ismni ham go‘dakka qo‘yish mumkin bo‘ladi.

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

Farzand balog‘atga yetgach, unga o‘z ismi yoqmasa o‘zgartirib olishi mumkin bo‘ladi. Ism qo‘yishning farz va sunnatlari mavjud. Qaysi-ki ota-ona o‘zaro rozilik bilan farzandiga “Abdurrohman” kabi ismni bersa, farz amalini bajargan, qachon-ki sunnatni ado etmoqchi bo‘lsalar, go‘dakning qulog‘iga “azon” va “takbir” ayttirishlari lozim bo‘ladi.

  1. UzBaza.uz:

    Shirina assalomu alayko’m. Sizning ismingiz Fors-tojikcha bo’lim «Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.» degan manoni anglatadi.

  2. Nomalum:

    Farzand kutayapman qizaloq, unga manoli ism qo’ymoqchiman, qanday ism qo’yishim joiz deb bilasiz?

  3. Foydalanuvchi:

    Yoqutxon ismining ma’nosi nima kim biladi azizlar?

    • Rushana:

      Assalomu alayko’m. Juda chiroyli ism tanlabsiz, Yoqutxon ismining manosi «Yoqutdek nodir va baland martabali qiz» degan manoni anglatadi.

  4. Muhammadjon:

    Kelajakda o’g’il farzandli bo’lsam ismini Mustafin deb qo’ymoqchiman bu ismni arab tilida manosi nima?

  5. Muzaffar:

    Assalomu alayko’m. Muzaffar ismining manosi qanday? kim bilsa shu yerda yozib qoldiringlar iltimos.

    • Foydalanuvchi:

      Ushbu Muzaffar ismi asosan o‘g‘il bolalarga qo‘yiladi va bu ism arabcha bo‘lib, quyidagi ma’nolarga ega: Yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli.

  6. Shirin:

    Assalomu Aleyko’m, raxmat go’zal malumotlar uchun. Bir savolim bor edi, Islom dinida farzandga ism qo’yishga kim xaqli din taraflama? Yaqinda farzandlik bo’lamiz, biz xam yaxshi niyyat qilib er-xotin islomiy ism topib qo’ygandik, Qaynotam umuman bir og’iz xam bizni fikrimiz bilan qiziqmadi. To’g’risi menga yoqmadi tanlagan ismi, naxotki ayol qornida 9 oy ko’tarib yurib dard chekib farzand dunyoga keltiradiyuu bitta ism tanlay olmasa? Biz xurmat qilamiz ota onalarimizni lekin o’zimiz farzandimizga ism tanlash bu xurmatsizlik bo’lmasa kerak? Islom dini nima deydi bu masalada?

  7. Muhammadsodiq:

    Assalomu alayko’m barchaga. O’z ismimizdan fahrlanishimiz kerak. Chunki ota-onamiz bizlarga chiroyli ism qo’yishgan.

  8. Muzaffar:

    Assalomu alayko’m. Juda yaxshi maqola ekan, o’qib bilmagan narsalarim haqida bilib oldim. Barchangizga omad tilayman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *