Payg’ambarlar ismlari va ularning manolari

Ushbu sahifada Payg’ambarlar ismlari va ularning ismlari manolari keltirib o’tilgan.

Payg'ambarlar ismlari hamda manolari

( آدم ) Odam alayhissalom Ma’nosi: Yer, tuproq.

( نوح ) Nuh alayhissalom Ma’nosi: Hodiy – hidoyatga chaqiruvchi.

( إدريس ) Idris alayhissalom (Birinchi bo‘lib qalam bilan yozganlar. Alloh taolo bu zotni to‘rtinchi osmonga ko‘tarib qo‘ygan) Ma’nosi: Asos soluvchi va bag‘ishlovchi.

( هود ) Hud alayhissalom Ma’nosi: Rafiq – do‘st. To‘rt arab payg‘ambar: Hud, Solih, Shuayb, Muhammad alayhissolatu vassalomlarning biri.

Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go’zal ismlar)

( صالح ) Solih alayhissalom Ma’nosi: Solih – salohiyatli.

( لوط ) Lut alayhissalom Ma’nosi: Berkinuvchi, yashirinuvchi.

( إبراهيم ) Ibrohim alayhissalom Ma’nosi: Ummatlar otasi.

( إسرائيل ) Isroil alayhissalom Ma’nosi: Alloh yo‘lida qattiq jiddi jahd qiluvchi, Muhofaza qiluvchi.

Isroil alayhissalom ismlari manosi

( إسحق ) Ishoq alayhissalom Ma’nosi: Kuluvchi, hushchaqchaq. Farishtalar onasi Soraga xursandchilik xabarini berganlarida hayratda qolganidan qo‘lini yuziga qo‘yib kulib yubordi. Farzandli bo‘lganida bu farzandim xabari kelganida kulgan edim, shuning uchun uni Ishoq deb nomlagum dedi. Ismoil alayhissalomga ota bir, ona boshqa ini.

( إسمعيل ) Ismoil alayhissalom Ma’nosi: Alloh qabul qildi. Hojar ona Safo va Marva orasida chanqog‘ini bosish uchun suv izlab borib kelardi. Olti marotaba borib keldi. Suv topa olmadi. Yettinchi martada Alloh uning duosini ijobat qildi. Shunda:«Alloh duoyimni qabul qildi», dedi. Shukr tariqasida ham duoyu fig‘onining qabul bo‘lganidan esdalik bo‘lib qolishi uchun farzandini Ismoil – Alloh qabul qildi deb nomladi.

Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning 99 ismlari

( يوسف ) Yusuf alayhissalom Karimning o‘g‘li Karimning o‘g‘li Karimning o‘g‘li Karim. Yusuf ibn Yaqub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhimussalom Ma’nosi: Alloh ziyoda qiladi. Haqiqatda qo‘yilgan ismdan sohibiga nasiba bo‘ladi deganlaridek, Alloh Yusuf alayhssalomning chiroyini va boshqa yaxshiliklarini ziyoda qilib berdi. Payg‘ambarimiz unga butun go‘zallikning yarmi berilgan deganlar.

( يونس ) Yunus alayhissalom. Iroqdagi Naynavo ahliga payg‘ambar etib yuborilgan. Baliq qornida uch kechayu uch kunduz qolib ketgan. Ma’nosi: Kabutar.

( أيوب ) Ayyub alayhissalom Ma’nosi: To‘g‘ri yo‘lda yuruvchi.

Ayyub alayhissalom ismlari manosi

( شعيب ) Shuayb alayhissalom Ma’nosi: Ustun bo‘luvchi, ajralib turuvchi.

( موسى ) Muso alayhissalom Ma’nosi: Qutqaruvchi, xaloskor.

( هارون ) Horun alayhissalom Ma’nosi: Quvvat joyi.

( إلياس ) Ilyos alayhissalom Ma’nosi: Robb – mening Ilohim.

Farzand ko’rganda bajariladigan 7 sunnat amal

( اليسع ) Alyasa’ alayhissalom Ma’nosi: Parvardigor – mening xaloskorim.

( ذي الكفل ) Zulkifl alayhissalom Ma’nosi: Allohning quvvati.

( داوود ) Dovud alayhissalom Ma’nosi: Mahbub, suyukli.

( سليمان ) Sulaymon alayhissalom Ma’nosi: Salom beruvchi.

Sulaymon alayhissalom ismlari manosi

( عزير ) Uzayr alayhissalom Ma’nosi: Yordamlashuvchi.

( دانيال ) Doniyol alayhissalom Ma’nosi: Allohning qazosi, ya’ni hukmi.

( زكريا ) Zakariyo alayhissalom Ma’nosi: Allohning zikri, ya’ni zikr etuvchi.

Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

( يحيى ) Yahyo alayhissalom Ma’nosi: Mehribon, yoqimli.

( عيسى ) Iso alayhissalom Ma’nosi: Alloh xalos etadi, qutqaradi.

( محمد ) Muhammad sollallohu alayhi vasallam Ma’nosi: To‘xtovsiz maqtaluvchi.

O‘rinboyev Ravshan Andijon shaxar, Xazrati Bilol jome masjidi imom xatibi.

  1. Nurmuhammad:

    Juda ajoyib malumotlar bor ekan bu saytda, ishlaringizga omadlar tilayman.

    • Foydalanuvchi:

      Assalomu alayko’m. Ushbu maqolani tayyorlagan va o’qiyotgan hammalarizga kattakon raxmat.

  2. Feruzbek:

    Zo’r baza ekan, ilmingiz bundan ham Ziyoda bo’lsin, agar iloji bo’lsa Saxobalrni hammasini aytsangiz.

  3. Mohira:

    O’qigan sari ichim yorishib ketgandek bo’ldi.

  4. Anora:

    Sizlardan Alloh rozi bo’lsin.

  5. Fotima:

    Alloh rozi bo’lsin, juda zo’r malumotlar bor ekan.

  6. Sabina:

    Assalomu alayko’m barchaga! Shubhasiz zo’r maqola ekan!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *