Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar

Bu maqola orqali islom dini haqida qiziqarli malumotlarni birma-bir o‘qib tanishib chiqishingiz mumkin.

1 — Islom shamshirlar tig‘i ostida tarqalmagan. U ma‘rifat bilan tarqalgan. Zero, Qur‘oni karimda: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shaytonni (yoxud butlarni) inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir” (Baqara surasi 256-oyati), deyilgan.

islom dini haqida qiziqarli malumotlar

2 — Albaniya Yevropadagi aholisining 90 foizi musulmon bo‘lgan yagona davlat.

3 — Oksford va Kembrij universitetining birinchi talabalari matematika, meditsina, kimyo, optika va astronomiya fanlarini musulmon olimlari yozgan darsliklardan o‘rgangan.

Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?

4 — Chechak va qizamiq haqidagi birinchi risolani birinchi bo‘lib Abu Bakr Ar-Roziy (864-925) yozgan. Shundan keyin musulmon davlatlarida chechakka qarshi emlash odatiy amaliyotga aylangan.

5 — Ka‘bani Odam alayhissalomdan keyin Ibrohim alayhissalom va o‘g‘li Ismoil alayhissalom bino etganlar.

6 — Qur‘oni karimning bitta harfini chin ixlos bilan o‘qigan kishi o‘n savob oladi. Ixlos surasi Qur‘oni karimning 1/3 dir.

7 — Kanadada musulmonlar sonining ortishi:

  1. 1871 y. – 13 ta,
  2. 1901 y. – 400 ta,
  3. 1911 y. – 1500 ta,
  4. 1951 y. – 3000 ta,
  5. 1991 y. – 253 260 ta,
  6. 2001 y. – 579 640 ta.

8 — Qur‘oni karimdagi eng uzun sura Baqara. Eng qisqa sura esa Kavsar surasidir.

9 — AQSHdagi birinchi masjidni 1893 yili mahalliy musulmon Muhammad Aleksandr Rassel Vebb qurdirgan. Ibodatgoh qurilgan joy hozir Manhetten shahrining markazi hisoblanadi.

Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal

10 — Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikaga birinchi musulmon 1539 yili kelgan. U hozirgi Arizona shtatini o‘rganishni niyat qilgan Friar Markos de Nizga yo‘lboshchilik qilgan.

11 — Masjidi Nabaviyning tomi ustidan yana qo‘shimcha qavatlar quraverilsa bo‘ladigan qilib yopilgan.

12 — Ispaniyaning Qurdoba viloyatidagi mashhur uchta tegirmonni XII asrda musulmonlar loyihalashtirgan va ishga tushirgan. Ular 1950 yilgacha ishlab turgan.

13 — Kasablankadagi Hasan Ikkinchi masjidi dunyodagi eng baland azon minorasiga ega.

14 — Zam-zam suvi Ibrohim alayhissalom davrida Ismoil alayhissalomning chanqog‘ini bosish uchun otilib chiqqan. Keyin orada 2600 yil yo‘qolib ketgan. Shuncha yil o‘tganidan so‘ng sevikli payg‘ambarimizning bobolari Abdulmuttalib qazib buloq ko‘zini ochgan. Buloqning joyi unga tushida ayon bo‘lgan.

Namoz haqida oyat va hadislar to’plami

15 — Qur‘oni karim oyatlari erkak va ayolni tenglashtirgan: “erkak” so‘zi 24 marotaba tilga olingan bo‘lsa, “ayol” so‘zi ham shuncha tilga olingan.

16 — Muslima ayollar Allohning hukmlarini bajarishga qulay bo‘lsin uchun odmigina kiyingan. Dindor ayollar butun tarix bo‘yicha keng-mo‘lgina kiyinib kelgan. An‘anaviy kiyimlar sirasiga rohiba ayollar kiyadigan kiyimlar yaqqol misol bo‘ladi. Shuningdek, Iso alayhissalomning volidasi Bibi Maryam tasvirlangan san‘at asarlarida ham uning kiyimi shunday tasvirlangan.

17 — 10 ta sahobaga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan. Ular:

  • Abu Bakr Siddiq;
  • Umar ibn Xattob;
  • Usmon ibn Affon;
  • Ali ibn Abu Tolib;
  • Zubayr ibn Avvom;
  • Talha ibn Ubaydulloh;
  • Sa‘d ibn Abu Vaqqos;
  • Abu Ubayda ibn Jarroh;
  • Abdurrahmon ibn Avf;
  • Sa‘id ibn Zayd.

18 — Payg‘ambar alayhissalomning ayollaridan biri afrikalik, ikkita ayollari yahudiylardan bo‘lgan.

19 — Masjidi Nabaviyning eshiklarining og‘irligi besh tonnadan. Katta miqdordagi yog‘ochlar to‘planib quritish uchun kompyuterlashgan pechlarda quritish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natildi (ularni odatdagi pechlarda quritish jarayoni bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin edi). Yog‘ochlarni quritishga besh oy vaqt ketdi. Yaxshi qurigan yog‘ochlar Barselonaga (Ispaniya) yuborildi va eshikning asosiy qismi o‘sha yerda yasaldi. Nihoyat badiiy bezak berish uchun Fransiyaga olib borildi.

Qur‘onda nechta oyat bor ekanligini bilasizmi?

20 — Ramazonda o‘qilgan bir oyatning savobi boshqa oylarda Qur‘oni karimni to‘liq xatm qilganning savobiga yaqin.

21 — Algebra, nol, paxta, divan, guruch, konfet, shafran, balkon so‘zlarining inglizcha ifodasi ingliz tiliga arabchadan o‘zlashtirilgan. Bular arabchadan inglizchaga o‘zlashgan so‘zlarning ozgina qismi, xolos.

22 — Musulmonlarning aksari Yaqin Sharqda yashamaydi. Aholi eng zich yashaydigan musulmon davlati Indoneziyadir. Bu mamlakat 257 million (2015 yilgi ma‘lumot) aholisi bilan nufus bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Hindistondagi musulmonlar aholisi soni Suriya, Iroq, Iordaniya, Falastin va Arabiston yarim oroli davlatlaridan ko‘p.

23 — Oyning bo‘linishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning buyuk mo‘jizalaridan biridir. Quraysh mushriklarining rahbarlari kelib: “Agar rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang oyni ikkiga bo‘lib ber-chi”, deydi. Ularning aksari Payg‘abarimizning qarindoshlari edi. Payg‘ambarimiz ularning iymonga kelishini, najot topishini istar edilar.

Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan

Alloh taologa iltijo qilib qo‘llarini yuqoriga ko‘tardilar. Oy o‘rtasidan ikkiga ajralib ikki tog‘ning ustiga keldi. Oyning ikkiga ajralganini yo‘lda karvonda kelayotib ko‘rib, nega bunday bo‘lganiga hayron qolgan badaviylar, yahudiylar Makkaga kelganlaridan so‘ng bu Muhammad alayhissalomning ishi ekanini bilib iymon keltirib musulmon bo‘ldilar.

Ammo u zotdan shu ishni talab qilgan mushriklar “Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sehr ko‘rsatdi”, deb shovqin solib iymon nuridan bebahraligicha qolaverdi.

24 — Qur‘oni karimda sut eng foydali ichimlik sifatida, asal esa eng foydali yegulik sifatida tilga olingan.

25 — Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati oldin o‘tgan payg‘ambarlarning barchasining ummatini qo‘shgandagi hisobdan ham ko‘p.

26 — Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat grigoryan kalendaridan taxminan 10 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon bayramlari har yili o‘n kun oldinga surilib keladi.

27 — “Muhammad” ismi dunyoda eng ko‘p tarqalgan ismdir.

28 — Adelard Batskiy O‘rta asrlarning peshqadam olimlaridan bo‘lgan. Musulmon olimlarining asarlarini arabchadan lotinchaga tarjima qilish uni mashhur qilgan.

Farishtalar yuvintirgan sahoba haqlarida eshitganmisiz?

29 — AQSHda musulmonlar sonining ortishi:

  1. 1900 y. – 10 000 ta,
  2. 1970-yillarning o‘rtalari – 800 000 ta,
  3. 1990-yillarning o‘rtalari – 4 500 000 ta,
  4. 1995 y. – 5 100 000 ta,
  5. 2000 y. – 5 730 000 ta.

30 — Odam alayhissalomning bo‘yi 30 ziro‘ atrofida bo‘lgan. Ziro‘ uzunlik o‘lchovi bo‘lib bir ziro‘ taxminan yarim metrga to‘g‘ri keladi.

31 — Faqat 1932 yilda kisvani (Ka‘ba yopinchig‘i) to‘liq Saudiya Arabistoni fuqarolari tayyorlagan.

32 — Qiyomat kunida Qur‘oni karim uni o‘qigan odamlarni shafoat qiladi. Qiyomat kunida Qur‘oni karim uni o‘qimagan odamlardan shikoyat qiladi.

33 — Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1.8 (2015 yilgi ma‘lumot) milliard musulmon yashaydi.

34 — Islom eng tez tarqalayotgan din hisoblanadi. 2030 yilga kelib u birinchi raqamli dinga aylanadi.

35 — Tibbiy xizmatni litsenziyalash ilk bor musulmon olamida yo‘lga qo‘yilgan. Xalifa Abbos tibbiyot sohasi darajasini belgilash maqsadida shaxsiy tabibi Iso ibn Yusufni imtihon o‘tkazishga buyurgan. Sinovdan o‘tolmagan shifokorlarga bu kasb bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Imtihonni 860 kishi muvaffaqiyatli topshirgan xolos, qolgan yuzlab tabiblar ishlarini davom ettirish huquqidan mahrum bo‘lgan.

36 — Musulmonlar Ka‘baga sajda qilmaydilar, Ka‘ba Alloh taolo qaysi tomonga qarab ibodat qilishni ko‘rsatgan yo‘nalishni belgilaydi.

37 — Qur‘oni karim 23 yil davomida nozil bo‘lgan.

38 — Milodiy yilni hijriyga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ayirib olinadi. Qolgan son 32 ga bo‘linadi. Keyin esa ikki amal natijasi qo‘shiladi. Ana shu qo‘shilma natijasi hijriy-qamariy yil bo‘ladi.

Milliarder sahoba haqlarida eshitganmisiz

39 — Tang imperiyasiga tegishli qadimgi qo‘lyozmalarda Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) sahobasi Saad ibn Abu Vaqqos haqida maʼlumotlar bor. Xitoy imperatori Yung Vey Islom dini mahalliy taʼlimotlarga zid emas deb hisoblab, Guanchjou shahrida Xitoydagi ilk masjid qurilishiga ruxsat bergan. Oradan o‘n to‘rt asr o‘tdi, ushbu masjid hali ham nodir yodgorlik sifatida saqlanib turibdi.

40 — Ashaddiy mushrik Abu Jahl Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan muqaddas Qur‘on oyatlarini yashirincha eshitib yurgan. Chunki unga oyati karimalarni tinglash yoqqan.

  1. Madina:

    Islom diniga doir judaham yaxshi, qiziqarli va foydali maqola bo’libdi, ishlaringizga omad tilayman, ijoddan to’htamanglar.

  2. Xurshida:

    Juda yaxshi va foydali malumotlar bo’libdi o’ziyam, sizlarga rahmat kottakon Alloh rozi bo’lsin.

  3. Hakimov Shahriyor:

    Men Abu Jaxlni Oyat Qur’onni tinglashni yaxshi ko’rishini eshitib xayron qoldim. Chunki hozirgi kunda Musilmon Qur’on ovozini yoqtirmayaptiku demak undaylar Abu Jaxldan ham battar ekan, Hatto Abu Jaxl ning nomi Qur’onda yozilgan. Agar hali ham Qur’on yozilishda davom etsa odamlarning ismlariga to’lib ketarkan Astag’furillah.

  4. Sunbula:

    Assalomu alayko’m. Odam alayhissalomning bo’ylari haqidagi malumot mani qiziqtirdi.

  5. Muhlisa:

    Assalomu aleyko’m, juda zo’r malumotlar ekan, tog’lar haqida ham diniy ma’lumotlar bormi?

  6. Begoyim:

    Raxmat sizlarga. Menga kerakli malumotlar ekan. Eng zo’r malumotlar portali ekan.

  7. Nozima:

    Assalomu alayko’m barchangizga. Rahmat malumotlar uchun, juda foydali va kerakli ekan.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *