Namoz haqida oyat va hadislar to’plami

Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir.

Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi.

Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir.

Namoz haqida oyat va hadislar

Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor

«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

«Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz!» (Baqara, 110).

«Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o‘qigan namozlaringiz ajrini) zoe ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir» (Baqara, 143).

«(Ey Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!» (Ibrohim, 31).

«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing! Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan maqomda) tiriltirsa» (Al-Isro, 78­79).

«Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!» (Toha, 132).

«Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir» (Mo‘minlar, 1­2, 9).

«Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!» (Ankabut, 45).

«Bas (ey, Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o‘qing)! Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!» (Qof, 39­40).

«(Ey Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko‘z o‘ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongdan uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting! Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o‘girgach (botgach saharda) ham Unga tasbeh ayting» (Tur, 48-49).

«Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachonki unga yomonlik (kambag‘allik yoki musibat) yetsa, u o‘ta besabrlik qiluvchidir. Qachonki unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o‘ta man etuvchi (baxil)dir. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar» (Maorij, 19­23)

Hadislardan namunalar

— Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».

— «Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».

— «Qorong‘u kechalarda masjidga borgan kishilarga, Qiyomat kuni bir nurga mazhar bo‘lishlari xushxabarini yetkazing».

— «Sizlardan birlaringiz namoz o‘qigan joyda tahoratini buzmasdan o‘tirgan muddatgacha, farishtalar: «Iloho, bu kishining gunohlarini kechir va unga rahm ayla», deb duo etishadi»

— «Allohga qasamki, shunday narsa xayolimdan o‘tyapti: o‘tin to‘plashni buyursam va o‘tinlar to‘plansa. Keyin namozga buyursam, namoz uchun azon aytilsa, keyin bir kishini mo‘minlarga imomlikka o‘tishni buyursam-da, namozga kelmaganlarning borib uylarini yoqsam…»

— «Mo‘minlar xufton va bomdod namozlaridagi savobni bilganlarida edi, bu namozlarni jamoat bilan o‘qish uchun, emaklab bo‘lsa ham, masjidga kelishar edi».

— «Namoz inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi bir pardadir. Namozni tark etish bu pardani ko‘tarish bo‘ladi».

— «Ular (kofirlar) bilan bizning o‘rtamizni farqlaydigan alomat namozdir. Binobarin, namozni tark qilgan kimsa kofirlarga o‘xshabdi».

— «Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to‘ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».

— «Bir kuni Payg‘ambar, alayhissalom, huzurlarida namoz o‘qimay tong otguncha uxlagan bir kishining nomi tilga olindi. Rasuli Akram: «Unday bo‘lsa, u odamning quloqlariga yo qulog‘iga shayton bavl etibdi», deya marhamat qildilar».

— «Sizlardan birov uxlab qolsa, shayton uning orqa miyasiga uch tugun tugib qo‘yadi va har tugunga: «Hali tunlar uzun, (bemalol) uxla», deya afsun o‘qiydi. Agar u odam uy-g‘onib Allohni zikr etsa, tugunlardan bittasi, tahorat olganida yana biri, namoz o‘qiganida esa, qolgani ham yechiladi va qalbi quvonch va xushnudlikka to‘lib tong ottiradi. Aks holda, shayton tugib qo‘ygan tugunlarning ta’sirida dangasalik bilan tong otguncha uxlab qoladi».

— Kechasi turib ibodat qilgan va xotinini uyg‘otgan, xotini turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan odamga Alloh rahmatini yog‘dirsin. Kechasi turib namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, eri turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan xotinga Alloh rahmatini yog‘dirsin».

  • «Namoz jannatning kalitidir».
  • «Namoz dinning ustunidir».
  • «Namoz mo‘minning me’rojidir».

— «Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O‘zimcha ahd qildimki, kim shu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib yursa, u kishini jannatga kiritaman. Kim o‘z vaqtida ado etib yurmasa, u banda xususida ahdim yo‘qdir» (Hadisi qudsiy).

Namoz Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan, islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Bomdod namozi haqida qisqacha

Subhi sodiqdan (chin tong otgandan) kun chiqqunchadir. Bomdod namozini tong yorishganda oʻqish mustahab, a’loroqdir. Soat boʻyicha hisoblansa, bomdodni kun chiqishidan 40 daqiqacha ilgari oʻqish mustahab vaqtiga muvofiq boʻladi.

Islom dini haqida 40 qiziqarli malumotlar

Peshin namozi haqida qisqacha

Quyosh zavolga (ogʻishga) kеtganidan soʻng to narsalarning soyasi quyosh tikkaga kеlgan paytdagi so-yasidan tashqari oʻz uzunligiga nisbatan ikki baravar ortguniga qadar. Pеshin namozini yoz faslida biroz kеchiktirib, qish faslida esa vaqti kirishi bilan oʻqish mustahabdir.

Asr namozi haqida qisqacha

Har bir narsaning soyasi quyosh tikkaga kеlgan paytdagi soyasidan tashqari oʻziga nisbatan ikki baravar ortganidan boshlab quyosh botgunchadir. Asr namozini quyosh tigʻini oʻzgartirmay, nursiz holatga kiri-shidan oldinroq oʻqish mustahabdir.

Shom namozi haqida qisqacha

Kun botgan paytdan boshlab kunbotar tomonda shafaq (qizgʻish nurlar) gʻoyib boʻlgunchadir. Shom namozini doimo quyosh botishi bilan oʻqish mustahabdir.

Xufton namozi haqida qisqacha

Shafaq batamom yoʻqolgandan kеyin kiradi. Xufton namozini kеchaning uchdan birining oxirida oʻqish afzal va nihoyatda a’lo boʻladi.

Vitr namozi haqida qisqacha

Xufton oʻqilgandan keyingina kiradi. Xufton va vitr namozlarini subhi sodiqqacha oʻqisa boʻladi. Vitr namozini tun oxirida uygʻonishga qodir boʻlgan kishilar subh oldidan oʻqisalar, mustahab amal qilgan boʻlishadi.

Islom dini qachon eng yirik dinga aylanadi?

Farz namozlarni besh vaqti bor

Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor.

Farz namozlarning besh vaqti bor
  1. Bomdod namozini vaqti subhi sodiqdan boshlab, quyosh chiqqunigachadir. Sharqdan yoyila boshlagan oppoq yorug‘lik bomdod namozini vaqti kirganini bildiradi.
  2. Peshin namozini vaqti quyoshning zavolidan har bir narsaning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgunichadir.
  3. Asr namozini vaqti narsalarning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgan vaqtdan boshlab, quyosh botgunigacha davom etadi.
  4. Shom namozini vaqti quyosh botganidan so‘ng boshlanib, qizil shafaq yo‘qolgunicha davom etadi.
  5. Xufton va vitr namozlarining vaqti qizil shafaq yo‘qolgan paytdan boshlanib, subhi sodiq kirgunigacha davom etadi. Vitr namozi hech qachon xufton namozidan avval o‘qilmaydi.

Ikki farz namozni birga (jam) o‘qilishi

Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (yani, jam qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz yemas. Faqat Arafotda ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada yesa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.

Farishtalar yuvintirgan sahoba haqlarida eshitganmisiz?

Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari

Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
  • Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
  • Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida yesa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
  • Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
  • Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
  • Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
    Ikki farz namozning birga (jam) o‘qilishi.

Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz yemas. Faqat Arafot-da ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada yesa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’ qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.

Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal

Quyidagi uch vaqtda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni o‘qish joiz emas.

  • Quyosh chiqishidan boshlab, ko‘tarilgunigacha bo‘lgan vaqtda.
  • Quyosh tik ko‘tarilib (qiyomga kelib), g‘arb sari mayl qilgunigacha bo‘lgan vaktda.
  • Quyosh sarg‘aygan paytdan boshlab, botishigacha bo‘lgan vaqtda.

Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozish tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat bilan joizdir

  1. Jamshid:

    Bu nomoz vaqtlariga tushunmadimda aniq bir vaqtini aytib berizlar

    • UzBaza.uz:

      Jamshid assalomu alayko’m. Brinchi jadvaldan bugungi sanani aniqlab oling, undan so’ng tanlagan sana bugungi kunga to’g’ri keldimi, yani siz sanani tanlashda adashmadingizmi manosida, ana undan so’ng esa Namoz vaqtlarini bilib olishingiz mumkin bo’ladi.

  2. UzBaza.uz:

    Siddiq assalomu alayko’m. Namoz vaqtlari aniq qilib ko’rsatilgan, agar biz anglamagan biron-bir kamchilikga duch kelgan bo’lsangiz bizga bu haqida yana malum qilsangiz iltimos.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *