Jannat va do‘zax haqida hadislar

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannatga kiradigan birinchi guruh (boshqa bir rivoyatda: «Ummatimning bir guruhi», deyilgan) badr kechasidagi to‘lin oy yanglig‘ bo‘ladi. So‘ng ulardan keyingilari osmonda nur sochib turgan charaqlagan yulduz kabi bo‘ladi. (Yana bir rivoyatda: «So‘ng bundan keyin darajalar bo‘ladi», deyilgan.) Ular u yerda bavl qilmaydilar, axlat chiqarmaydilar, tuflamaydilar, burun qoqmaydilar. Taroqlari oltin, tuproqlari mushk, juftlari hurlardir (boshqa rivoyatda: «Ulardan har birining ikkitadan jufti bor, go‘zal-liklaridan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi. Ular o‘rtasida ixtilof, bir-birlarini yomon ko‘rish bo‘lmaydi. Ularning qalblari bir qalbdek, ertayu kech Allohga tasbeh aytadilar», deyilgan)» (Muslim rivoyati).

Jannat va do‘zax haqida hadislar

Bir rivoyatda: «Ularning xulqlari bir kishining xulqidek, bo‘ylari otalarining bo‘yidek (ya’ni, Odam alayhissalomning bo‘ylaridek)», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Otalarining bo‘yidek oltmish ziro’ bo‘ladi», deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: «Jannatda erkaklar ko‘pmi yo ayollar?» deb so‘rashganda: «Har bir kishi uchun ikkita ayol bo‘ladi, ularning boldirlari suyagidagi iliklari go‘shtining ustidan ko‘rinib turadi. Jannatda bo‘ydoq odam bo‘lmaydi», dedilar.

Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannat ahlidan bo‘lgan ayol (shunchalik go‘zalki) boldirining oqligi yetmishta ziynat ortidan ham bilinib turadi, hatto iligi ham ko‘rinadi. Bu hol Alloh taolo aytganidekdir: «Ular (ya’ni, hurlar soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjonlardir» (Rahmon, 58). Chunki yoqut shunday toshki, agar uning orasidan ip o‘tkazsang, sofligidan u ip ko‘rinib turadi» (Termiziy rivoyati).

Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar jannat ahlidan bo‘lgan bir ayol yer ahliga ko‘rinsa, yeru osmon o‘rtasi nurlanib, xush bo‘yga to‘lib-toshadi. Shubhasiz, uning boshidagi ro‘moli dunyo va undagi barcha narsadan yaxshidir» (Buxoriy rivoyati).

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannat ahli soqolsiz, ko‘zlari tim qora bo‘ladi. Ularning yoshligi ketmaydi (ya’ni, qarimaydilar) va kiyimlari ham eskirmaydi» (Termiziy rivoyati).

Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Jannat ahli jannatga soqolsiz, ko‘zlariga surma surtilgan holda yoshlari o‘ttiz yoki o‘ttiz uch bo‘lib kiradi».

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannat ahli soqolsizdir. Faqat Muso ibn Imronninggina kindigigacha soqoli bo‘ladi».

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Agar jannatdagi tirnoqchalik bir narsa dunyoga ko‘rinsa, butun yeru osmon o‘rta-sidagi narsalar ziynatlanib, yashnab ketadi. Agar jannat ahlidan bir kishi chiqib, yengini ko‘rsatsa, quyoshning nuri yo‘qoladi, xuddi yulduzning nurini quyosh yo‘qotganidek» (Termiziy rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kishi yosh o‘ladimi, qari o‘ladimi, jannatda o‘ttiz yoshda bo‘ladi, undan oshmaydi, kamaymaydi ham. Do‘zax ahliniki ham shunday bo‘ladi».

Jannatda har bir kishi uchun ikkitadan ayol berilishi

Yuqorida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda jannatda har bir kishi uchun ikkitadan ayol berilishi aytildi. Bu xabardan jannatda ayollar erkaklardan ko‘p bo‘lishi tushuniladi. Vaholanki, Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Ayollar jannatda kamchilikdir», deb ularning erkaklardan kamligi, aksincha, do‘zaxda ko‘pchilikni tashkil etishi aytilgan.

Jannatda kishi uchun ikkitadan ayol berilishi

Bu haqda ulamolarimiz turlicha fikrlar bildirishgan. Shulardan biri: mutlaq ayol zoti jannatda erkaklardan ko‘p bo‘ladi, bu to‘g‘ri. Ammo bu ko‘plik jannatda yaratilgan hurlarning hisobiga ko‘ra. Dunyoda yashab o‘tgan ayollar esa, jannatda erkaklardan oz bo‘ladi. Bu dunyo ayollari do‘zax ahlining ko‘pchiligidir.

Jannatda dunyo ayollarining kamligi haqidagi hadis ayollar do‘zaxdalik paytlari nazarda tutib aytilgan bo‘lsa, ajabmas. Qachonki, do‘zaxdagi ayollar shafoat va Alloh taoloning rahmati tufayli do‘zaxdan chiqsa, hatto «Laa ilaha illalloh» degan birorta ayol qolmasdan jannatga kirsa, o‘shanda ayollar jannatda erkaklardan ko‘p bo‘lib, har bir erkakka dunyo ayollaridan ikkitasidan beriladi. Hurlar esa ko‘p-ko‘p ato etiladi.

Xuddi shu ma’noda Abu Said Xudriydan rivoyat bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannat ahlining eng quyi darajadagisi uchun sakson mingta xizmatchi va yetmish ikkita ayol (juft) bo‘ladi» (Termiziy rivoyati).

Yana shu ma’nodagi hadisni Abu Muhammad Dorimiy ham Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

«Taroqlari oltin, kumush, tutatqilari xushbo‘y bo‘ladi», degan so‘z xususida ba’zilarda shunday fikr tug‘ilishi mumkin: «Jannatda soch tarashga ne hojat, vaholanki, sochlari to‘zimasa, kir bo‘lmasa; tutatqiga ne hojat, o‘zlarining hidlari mushkdanda xushbo‘yroq bo‘lsa?»

Ularga shunday javob beriladi: Jannat ahliga berilajak ne’matlar, kiyimlar ularning avratlarini yopishga muhtojliklari uchun emas, ularning yeb-ichish, taomlari ochlikdan emas, sharob, may kabilar chanqoq sababli emas, xushbo‘y tutatqilar tutatilishi ham ularning yoqimsiz hiddi bo‘lishidan emas. Balki bularning hammasi doimiy lazzat, uzluksiz ne’matdir. Alloh taolo Odam alayhissalomga aytgan so‘zni eslang: «Shubhasiz, sen u joyda (ya’ni, jannatda) och-yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham (issiqdan qiynalib ham) qolmaysan» (Toho, 118-119).

Buning hikmati shuki, Alloh taolo jannat egalarini jannatda dunyoda ne’matlantirmagan ne’matlar bilan ne’matlantiradi va ularga O’zidan boshqa hech kim bilmaydigan narsalarni ziyoda qilib beradi.

Xuddi shunday fikr do‘zax ahli haqida ham bo‘lishi mumkin. Alloh taolo: «O’shanda (ya’ni, do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar» (G’ofir, 71);

«Zero, Bizning dargohimizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar va (ularni kuydirib ozor beruvchi) olov-do‘zax bordir» (Muzzamil, 12), degan. Bas, Alloh taolo ularni dunyoda azoblamagan azoblari bilan azoblaydi. Sha’biy aytadi: «Alloh taolo do‘zaxiylarni qochib ketmasin uchun kishanlaydi, deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas! Ular ko‘tarilishni xohlasalar, bu kishanlar ularga og‘irlik qilib, bosadi va bo‘sh holatda azoblangandan ko‘ra qattiqroq azoblanadi».

Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

Ibn Muborak aytadilar: «Bizga Said ibn Abu Ayyub Uqayl ibn Shihobdan ushbu hadisni aytdi: «Jannat ahlining tili arabcha, qabrdan chiqqanlarida suryoniy bo‘ladi».

Sufyon aytadi: «Bizlarga yetdiki, insonlar qiyomat kuni jannatga kirishlaridan oldin suryoniy tilida gapiradi. Jannatga kirganlaridan keyin arab tilida so‘zlashadilar».

Jannat va do‘zax haqida 7 xabar

Jannat va do‘zax haqida xabar

Jannatning bir necha darajalari bor. Hadisi sharifda aytilishicha, Jannatning eng baland darajasi «Al-Vasl» deb ataladi va u faqat payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ato etiladi. Qur’oni karim va hadisi sharifda Jannat ko‘p bora ta’riflangan. Ularga tayanib ulamolarimiz quyidagilarni bayon qilganlar:

  1. Jannatning enini osmonu yer kengligi bilan qiyoslash mumkin.
  2. Jannatda jazirama issiq va qahraton sovuq bo‘lmaydi.
  3. Unda zilol suvlar, hech qachon achimaydigan sut oquvchi daryolar, inson qancha ichsa ham mast bo‘lmaydigan maylar va muattar hidli asallar mavjlanib oqadigan anhorlar bo‘ladi.
  4. Jannat bog‘larida mevali daraxtlar benihoya ko‘p.
  5. Jannat ahllarining kiyimlari harir yashil ipak va atlas matolardan bo‘ladi.
  6. Jannat ahllari uchun ko‘rkam bog‘lar, ayollar va xizmatkorlar hozirlab qo‘yilgan.
  7. Jannat ahllarining qalbi turli salbiy xislatlar – nafrat, yovuzlik va hasad kabi yomonliklardan pok bo‘ladi.

Shuni e’tiborga olish kerakki, yuqorida tilga olingan manfaatlar  dunyo manfaatlariga o‘xshamaydi. Hadisi qudsiyda aytiladiki, “Men bandalarimga shunday ajoyib narsalar yaratdimki, u narsalarni ularning ko‘zlari ko‘rmagan, quloqlari eshitmagan va ularning nima ekanini hatto tasavvur ham qila olmaydilar…” Ulamolarning aytishicha, jannat ne’matlarining yerdagi ne’matlarga nomlanishi o‘xshaydi, xolos. Aslida esa ular butunlay boshqa ne’matlardir. Jannatdagi eng buyuk ajr – Alloh taoloning jamolini ko‘rishdir.

Yana olimlarimiz aytadilarki, imon ahllari jannatga faqat Alloh taoloning fazlu marhamati ila kiradilar.

Do‘zax imonsizlar va gunohkorlar tushadigan joy

Do‘zax gunohkorlarning joyi

Do‘zax – imonsizlar va gunohkorlar tushadigan joy. Inson Jannatning go‘zalliklarini tasavvuriga sig‘dira olmagani kabi do‘zaxning vahshatlarini ham ko‘z oldiga keltira olmaydi. Qur’oni karimning oyati karimalari va Payg‘ambarimizning hadisi shariflariga tayangan holda do‘zax haqida quyidagi tasavvurlarni hosil qilish mumkin:

Mehnat qilish haqida eng sara hadislar

  1. Do‘zax azoblari olov bilan cheklanib qolmaydi, u yerda sovuq va zulmat bilan azoblash bo‘ladi.
  2. Do‘zax otashi dunyo oloviga o‘xshamaydi. Do‘zax olovi odamni kulga aylantirib yubormaydi, o‘ldirmaydi, faqat azob beradi.
  3. Do‘zaxdan o‘lib ham qutulib bo‘lmaydi. Chunki Do‘zax ahllari o‘lmasdir.
  4. Do‘zax o‘z ahlini qattiq qichqiriq bilan uchqunlar otib, olovlar purkab kutib oladi.
  5. Do‘zaxda kofirlarni va gunohkorlarni jazolash uchun yana biz bilmagan turli qiynoqlar bor.
  6. Do‘zax ahllari Alloh taoloni ko‘rmaydilar.
  7. Do‘zaxdagi yeguliklar ochlikni va chanqoqni ketkazmaydi, aksincha, azob-uqubatlar keltiradi.
  1. Diyorbek:

    Mening fikirimcha bularning hammasi to`g`ri deb o`ylayman

    • Dilnavoz:

      Bu hadislarni hammasi to’g’ri deb o’ylayman.

    • Delbik:

      Ollohga beadat shukur, barchamizga Olloh jannatni nasib etsin, do’zax azobidan xalos aylasin.

    • Feruza:

      Assalomu alayko’m barchaga. Men ham to’g’ri deb o’ylayman.

    • Ozodjon:

      Alloh sizlardan rozi bo’lsin, maqola va malumotlar juda ajoyib ekan.

    • Marjona:

      Alloh sizlardan rozi bo’lsin ilohim!

    • Jumanazar:

      Assalomu alayko’m barchaga. Jannat va do’zax borligiga iymon keltiraman!

    • Feruza:

      Rahmat. Menga ham yoqdi. Allohim barchamizni gunohlarimizni kechirsin. Barchamizga jannat ahlidan bo’lish nasib qilsin, ilohim.

  2. Sarvinoz:

    Hammamizga Jannat nasib qilsn Allohim gunohlarimizni ozi kechirsin

    • Abdumo'min:

      Alloh sizlardan rozi bo’lsin Ilohim.

  3. Foydalanuvchi:

    Buni hammasi to’rg’ri bizga va yaqinlarimizga jannatdan joy nasib qilsin ilohim

  4. Odina:

    Raxmat insha’Allah bizga ham jannat nasib qilsin

  5. Odina:

    Menga juda yoqdi.Hudo hohlasa bizga ham jannat nasib qilsin

  6. Leila:

    Menga juda yoqdi, qani edi barcha inson zoti shularni barchasini bilsaydi, bizgayam Allohim o’z huzuridan yani Jannatdan joy bersin.

  7. Xurshida:

    Bu fikrlar to’g’ri hammasi, biz ham jannatga kira olishimiz orzuimiz!

  8. Shahrizoda:

    Inshallah hammamizga jannat nasib etsin Allohim!!!

    • Sulaymonov Shukurulloh:

      Sizga pokiza, aybini o’zidan qidiradigan, mard inson uchrasin, ALLOH barchamizni ul makon bilan siylasin.

    • Islombek:

      Iloyim barchamiz jannati bo’laylik. Hozir o’zi blaturib gunoh qilayotganlar, sizlardan iltimos o’z ohiratingizni o’ylang.

  9. O'g'iloy:

    Ollohim marxamati cheksiz, bizlarni xam jannat axlidan qilsin iloxim!

  10. Sharqiya:

    Juda ajoyib ma’lumotlar ekan. Hammamizga jannatdan joy nasib qilsin!

  11. Rizouddin:

    Ilohim Allohim barchamizni iymonimizni mustahkam qilsin, barchamizga ikki dunyo saodatini ato etsin Omin.

    • Xalida:

      Hammasini erinmasdan o’qib chiqtim, juda yoqdi hammamizga Allohim jannat eshigiga kirish nasib etsin!

    • R. S.:

      Jannatga kirish nasib qilsin INSHAALLOH 🤲

  12. Sarvinoz:

    Bu fikirlarning hammasi to’g’ri, bilib bilmay qilgan hatolarimizni Olloh o’zi kechirsin, hammamizga jannatga kirish nasib qilsin inshaolloh!

    • Firdavs:

      To’g’ri opajon men ham fikrlaringizga qo’shilaman mashaallah!

  13. Tursunoy:

    InshoAlloh barchamizni jannatga yetkazsin!

  14. Firdavs:

    Rahmat kerakli rivoyatlar uchun. Alloh hammamizga jannat ato etsin. Inshaaloh!

  15. Nigora:

    Alloh gunoxlarimizni kechirsin va jannat bilan siylasin… Omin…

  16. Okean:

    Alloh barchamizni gunohlarimizni kechirsin va o’zining jannatidan joy ato etsin…

  17. Rayyon:

    Ollohim bizga ham Firdavs jannatlariga kirishni nasib-u ro’z aylasin!

  18. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Alhamdullilah juda ajoyib hadislar bor ekan.

  19. Feruza:

    Alhamdullilah, nasib qilsin jannatga kirish, menga xam.

  20. Holida:

    Assalomu alayko’m, manga judayam yoqdi 👍 judayam tasirlanib oqidim. Ollohim xar bir bandasiga jannatlariga kirishni nasibu ro’zi aylasin, INSHAALLOH Omin, bilib bilmey qilgan xatolarimizni o’zi maxfirat aylasin, xamisha kechirimli bo’leylik.

  21. Jasurbek:

    Assalomu aleyko’m. Jannat sifatlari va ne’matlari shuningdek do‘zax azoblari xam ajoyib tarzda keltirilgan. o‘qib juda ta’sirlandim. Inshaallox Alloxim barchamizga jannatga kirishni nasibu-ro‘zi aylasin. Omin.

  22. Charosxon:

    Alloh buyuk zot, kuch va qudratda tengi yo’qdir!

  23. Saidmirzoxon:

    Assalom-u alayko’m ahli musulmonlar. Alloh hammamizni marhamati ila Jannatga kirishni nasib etsin! Do’zax azobidan qutqarsin. Payg’ambarimiz Muhammad S.A.V ga munosib ummat bo’lish nasib etsin.

  24. Foydalanuvchi:

    Alloh har birimizni qalbimizni isloh qilsin. Bir kitopda o’qigandim, agar boshingizga sinov kelsa ko’zlaringizni yuming va jannat sabrliklarniki deb uni o’ylang, in sha Alloh shu hadisni o’qigan va ilmiga amal qilib tarqatgan har bir insonga Alloh rahmati va Jannati nasib aylasin.

  25. Marjona:

    Allohning rahmati va Jannati har birimizga nasib aylasin.

  26. Sevinch:

    Alhamdulillah juda yaxshi hadis ekan.

  27. Zarina:

    Barchamiz Jannatga kiraolamiz, faqat ba’zi insonlarda hohish bor harakat yo’q. Do’zahga kirishga hohish yo’q lekin harakat ko’p. Bu insonlar safida bo’lib qolishdan Alloh asrasin.

  28. Dildora:

    Ilohim hammamizni jannatiy qilsin 🤲

  29. Dilnoza:

    Juda tushunarli va sodda berilgan. Alloh rozi bo’lsin.

  30. Mehrinisa:

    Assalomu aleyko’m. Hammamizni ilohim jannatiy qilsin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *